20-rasm
Kontur effekti
Interactive Contour (konturni interaktiv tuzish) instrumenti belgilangan ob'ektga uning kontsentrik dublikatlarini tuzib beradi. Bu dublikatlar ob'ektning ichiga yoki tashqi tomoniga qo`yilishi mumkin. Ob'ekt originalining rangi qanaqa bo`lsa uning dublikatining rangi ham shunaqa bo`ladi. Dublikat soni va ular orasidagi masofani iteraktiv rejimda yoki Contour Steps (oreol qadami) va Contour Offset (oreol intervali) nomli tugmalar orqali tuzish mumkin. Atributlar panelida esa uchta kontur tiplaridan biri tanlanadi:
Bular To Center (markazga), Inside ( ichkariga) va Outside ( tashqariga) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |