Marketing tadqiqotlari о‘tkazishning turlari va usullari
Odatda, marketing tadqiqotlarining bir nechta turlari mavjud. Asosan uning ikkita: «kabinet» va «dala» kabi turlari bir-birlaridan ajratiladi.
«Kabinet» tadqiqotlari ikkilamchi ma’lumotlar tо‘plash maqsadida rasmiy bosma axborot manbalari asosida amalga oshiriladi. Bu kabi ishlar mavjud axborotni tartibga solish, keyingi marketing tadqiqotlariga zarur bо‘ladigan ma’lumotlar doirasini aniqlashda foydalaniladi, umumxо‘jalik konyunkturasi holati va ayrim bozorlar taraqqiyoti yо‘nalishlari, ayrim mamlakatlartdagi iqtisodiyot ahvoli, о‘rganiladigan masalalar bо‘yicha statistik ma’lumotlar tо‘g‘risida umumiy tasavvurlar beradi. «Kabinet» tadqiqotlari qimmatga tushmaydi va qiziqtirgan masalalar bо‘yicha g‘oyat qisqa muddatlarda javob olish imkonini beradi. Ularda iqtisodiy tahlil usullari: ekonometrika hamda matematik-statistika tarkibiy qismlari bilan uyg‘unlashgan holda EHMlar asosida qо‘llaniladi.
«Dala» tadqiqotlari bozorni о‘z joyida о‘rganishdan iborat, eng murakkab va qimmatga tushadigan, ammo tо‘liq axborot olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Birinchi navbatda bu usulning afzalligi bevosita yaqinlikda bozorning talablari, savda tartib-qoidalari, sotish usullari, narx va boshqa juda kо‘p shartlari bilan har tomonlama tanishish imkonini beradi.
Marketing tadqiqotlarini olib borishda quyidagi usullardan foydalaniladi: kuzatish, tajriba, tanlab tekshirish, ekspertlar bahosi, anketa-sо‘rov, sinama sotish va shaxsiy savdo-sotiq aloqalari.
Eng oddiy usul – kuzatishdir, ba’zida tadqiqotchi о‘rganilayotgan omil bilan bog‘liq bо‘lgan jarayonlarni bevosita kuzatib boradi.
Tajriba-eksperimentni о‘tkazishda kuzatish usulida umuman uchramaydigan nazoratni amalga oshirish mumkin, bu esa tanlab kuzatishga qaraganda razonga tushadi. Ammo, ushbu usul о‘ziga xos kamchilikka ega, bir о‘zgaruvchan kattalikni о‘lchash g‘oyat qimmatga tushishi mumkin, о‘zgaruvchan miqdorlar sonining kо‘pligi g‘oyat sermehnat bо‘lishi mumkin. Bunday hollarda ekspertlar bahosi usulidan foydalaniladi.
Marketing tadqiqotlarini olib borishda keng miqyosda anketa-sо‘rov usulidan ham samarali foydalaniladi.
Sinama sotish usullari bozor haqida zarur ma’lumotlar yо‘qligida, shuningdek firmaning bozorni har tomonlama о‘rganishga vaqti bо‘lmaganda tadqiq etilayotgan bozor uchun yangi va noyob tovarlarni sotishda qо‘llaniladi.
Shaxsiy savdo-sotiq aloqalari firma vakillari о‘rtasida о‘zaro borish-kelish, xalqaro yarmarkalar, auksion, tovar birjalarida va boshqalarda uchrashishlar natijasida qaror topadi. Shaxsiy savdo-sotiq aloqalari bozorni о‘rganishda kata ahamiyatga ega, chunki bunday muloqatlarda sotuvchi vakil sifatida xaridorning maslahatchisiga aylanadi.
Nazorat savollari:
Axborotlarni yig‘ishning zamonaviy tendensiyalari nimalardan iborat?
Marketing tadqiqotlarida bozor faoliyati bilan bog‘liqlikning mohiyati nimada?
Ma’lumotlar yig‘ish bо‘yicha tadqiqotlar rejasi qanday tuziladi?
Marketing tadqiqotlarini о‘tkazish usullari nimalardan iborat?
Marketing tadqiqotlari jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
Marketing tadqiqotlarining tarkibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |