4. Marketing faoliyatini axborot ta’minoti Reja


Birlamchi va ikkilsmchi ma’lumotlar



Download 21,66 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2022
Hajmi21,66 Kb.
#887536
1   2   3
Bog'liq
4-мавзу

Birlamchi va ikkilsmchi ma’lumotlar.

Marketing xususidagi tо‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bо‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bо‘lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni tо‘plash manbalari tegishli tashkilotlarga taaluqli bо‘lish yoki bо‘lmasligiga kо‘ra, о‘z navbatida ichki va tashqi turlarga bо‘linadi.
Marketing faoliyatini tahlil qilishda balans, ekspertlar bahosi, axboratlarni guruhlash, iqtisodiy-matematik, statistik va boshqa usullardan foydalaniladi.
Guruhlash deganda о‘rganilayotgan tо‘plamni ta’lluqli belgilari bо‘yicha sifat jihatdan bir xil bо‘lgan guruhchalarga ajratish tushuniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda о‘rtachalarning mohiyatini tushuntirishga, bu о‘rtachadagi alohida birliklarning rolini kо‘rsatishga, о‘rganilayotgan kо‘rsatkichlar orasida о‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi. Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtai nazaridan guruhlashlar quyidagilarga bо‘linadi:
- tipologik guruhlash deganda tо‘plamni sifat jihatdan bir xil bо‘lgan guruhlarga ajratish tushuniladi;
- strukturali guruhlash deganda kо‘rsatkichning ichki tuzilishini, uning alohida qismlarining о‘zaro nisbatlarini о‘rganish maqsadida guruhlarga ajratish tushuniladi;
- analitik guruhlash deganda esa kо‘rsatkichlar о‘rtasidagi bog‘lanishlarni о‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlar tushuniladi. Analitik guruhlash asoslanadigan belgilar tavsifiga kо‘ra guruhlashlar sifat (belgi miqdoriy ifodaga ega bо‘lmaganda) va miqdoriy bо‘lishi mumkin.
Balans usuli asosan о‘zaro bog‘langan va tenglashtirilgan hamda jami о‘zaro teng bо‘lgan ikki guruh iqtisodiy kо‘rsatkichlarining proporsiyalarini aks ettirishga xizmat qiladi. Bu usul buxgalteriya hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan bо‘lib, marketing faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda ham ma’lum rolni о‘ynaydi. Balans usuli korxonani mehnat va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligini, xom ashyo, yoqilg‘i, materiallar, asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishda, shuningdek ulardan foydalanish zichligini tahlil qilishda foydalaniladi.
Marketing tadqiqotlari natijalarini tahlil qilishda shuningdek, ekspertlar bahosi usulidan ham foydalaniladi. «Ekspert» atamasi lotin tilidan olingan bо‘lib, «tajribali» degan ma’noni anglatadi. Ekspert baholash о‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • ekspertizaga tayyorlanish;

  • ekspertiza sо‘rovlarini о‘tkazish;

  • javoblarga asolanib, sо‘nggi xulosani chiqarish.

Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida kо‘proq: trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qо‘llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va tezkorligiga qо‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning tavsifiga kо‘ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.




  1. Download 21,66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish