Qoʻshkoʻpir tumani – Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1936-yil 17 aprelda tashkil etilgan. 1962-yil 14 dekabr Da Xiva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1966-yil 9 yanvarda qayta tashkil etilgan. Shim. dan Shovot, shim.-sharq va sharqdan Urganch tumanlari, janubdan Xiva tumani, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,54 ming km2. Aholisi 128,7 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qoʻshkoʻpir), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Kenagas, Oqdarband, Xonobod, Xosiyon, Shixmashhad, Yangilik, Oʻzbekyop, Oʻrtayop, Qatagʻon, Gʻozovot, Hadra, Hayrobod)(NEZAXOS mahallasi) bor. Tuman markazi — Qoʻshkoʻpir shaharchasi.
Qoʻshkoʻpir - Xorazm viloyati Koʻshkoʻpir tumaniaat shaharcha (1983-yil dan), tuman markazi. Xorazm viloyatining gʻarbida, Gʻozovot kanali boʻyida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansi-yasi — Urganch (27 km). Q.dan Urganch shahrigacha 27 km. Aholisi 42,8 ming kishi (2017). Q.da paxta tozalash, silikat gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari va mik-rofirmalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona, poliklinika, dorixonalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Q.dan Urganch, Xiva shaharlari va boshqa tuman markazlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Mundarija
1 Tabiati
2 Aholisi
3 Xoʻjaligi
4 Maorifi, matbuoti va tibbiy muassasalari
5 Manbalar
Tabiati
Tuman hududi, asosan, tekislik. Iqlimi keskin kontinental. Qishning eng sovuq oyi (yanvar)da oʻrtacha temperatura —5°, eng past temperatura —32°. Yozning eng issiq oyi iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, eng yuqori temperatura 42°. Vegetatsiya davri 192 kun. Yillik yogʻin 50–100 mm. Tuman hududini kesib oʻtgan Kattakoʻl, Dovdon, Dovudkoʻl magistral kollektorlari va ularga tutashgan kollektor — drenaj shoxob-chalari ishlab turibdi. Tuprogʻi oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, turangʻil, yulgʻun; yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon uchraydi.
Aholisi
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, eroniy, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 239 kishi. Shahar aholisi 16,9 ming kishi (2005). Qishloq aholisi 111,8 ming kishi.
Xoʻjaligi
Tumanda paxta tozalash, silikat gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, tikuvchilik va gilamchilik sexlari ishlab turibdi. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar va boshqa faoliyat koʻrsatadi.
Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashtan. Dehqonchilik, chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, balikchilik ham rivojlangan. 1 ijara xoʻjaligi, fermer xoʻjaliklari, 1 aksiyadorlik jamiyati, "Qushkoʻpir parranda", "Qoʻshkoʻpirpilla" masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, "Qoʻshkoʻpir-asalarichilik" jamoa korxonasi bor (2005). Jami 27,7 mint ga ekin may-donnint 13,3 ming gektariga paxta, 5,3 ming gektariga gʻalla, 370 gektariga kartoshka, 800 gektariga sabzavot; shuningdek, poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2005). Mevazor, tutzorlar bor.
Qoʻshkoʻpir tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 54,5 ming^Qoramol (shu jumladan, 22,9 ming sigir), 55,1 ming qoʻy va echki, 163 ming parranda boqiladi (2005). Asalarichilik va pil-lachilik bilan ham shugʻullaniladi.
Maorifi, matbuoti va tibbiy muassasalari
Tumanda 55 umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 35 tarmogʻi, madaniyat uylari, 15 madaniyat muassasasi, madaniyat va istirohat bogʻi (2005). stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi (430 oʻrin), poliklinika, tugʻruqxona, 4 tish davolash poliklinikasi punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 216 vrach aholiga xizmat koʻrsatadi (2005). Qoʻshkoʻpir tumani markazi Qoʻshkoʻpir shaharchasidan Xiva, Urganch va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼ-moriy yodgorliklardan Imorat bobo meʼmoriy majmuasi (14—18-asrlar) saqlangan. 1941-yildan "Hayot koʻzgusi" tuman gaz. chop etilad.
Do'stlaringiz bilan baham: |