4-Laboratoriya mashg’uloti: Informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitishda didaktik tamoyillar



Download 185,41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.09.2021
Hajmi185,41 Kb.
#169650
Bog'liq
4-Laboratoriya mshguloti



4-Laboratoriya mashg’uloti: Informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitishda 

didaktik tamoyillar 

 

   Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko” - o‘qitish, “didaskol” - o‘rgatuvchi degan 

so‘zlardan  kelib  chiqqan.  “Didaktika”ning  so‘zma  -  so‘z  tarjimasi  ta’lim 

nazariyasini anglatadi. 

        Didaktik  tamoyillar  -  bu  ta’lim  jarayoni  qonuniyatlari,  mazmuni  va 

metodlarini  belgilab  beruvchi  o‘qitish  tamoyillaridir.  SHuning  uchun  ham 

o‘qituvchining  pedagogik  mahorati  va  ta’lim  oluvchining  o‘rganuvchanlik 

faoliyatini  bir  qolipga  solib,  belgilangan  maqsadga  erishishni  ta’minlaydigan 

qoidalar majmuasi ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini 

tashkil  etadi.  Didaktik  tamoyillar  nazariy  va  amaliy  ta’limida  maqsad,  mazmun, 

metodlar, tashkil etish shakllari, o‘qitish vositalari va usullari; mehnat va tarbiyaviy 

faoliyat; ta’limning turli bosqichlari hamda pedagogik va mehnat jarayonlari; ta’lim 

oluvchilarning jamoaviy rivojlanishi va har birining alohida rivojlanishi o‘rtasidagi 

aloqadorliklarni aks etiradi. 

         Umumiy  didaktika  o‘z  navbatida  ayrim  fanlarga  oid  usullar  bilan  juda 

mustahkam  bog‘langan  bo‘lib,  ularga  oid  ma’lumotlariga  tayanib  o‘qitishning 

umumiy  qonuniyatlarini  ochib beradi va  ayni  vaqtda  har  bir  o‘quv  fanini o‘qitish 

usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

          Xususiy didaktika - muayyan o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlari, usullari, 

vositalari,  shakllari  va  yo‘llarini  o‘rgatuvchi  metodika  (tadris)  fanlari  ham 

pedagogika  fanlari  turkumining  asosiy  sohalaridan  biri  bo‘lib  hisoblanadi. 

       Ta’lim metodi - bu ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarning aniq maqsadga 

erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir. 



        Ta’lim  sifati  -  bu  ta’lim  jarayonining  turli  qatnashchilarini  o‘quv  massasasi 

tomonidan  ko‘rsatilgan  ta’lim  xizmatlaridan  qoniqish  darajasi  yoki  ta’limda 

qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi. 

      Didaktik tamoyillar - bu ta’lim jarayoni qonuniyatlari, mazmuni va metodlarini 

belgilab beruvchi o‘qitish tamoyillaridir. 

       Ta’lim  vositalari  -  o‘quv  jarayonining  tashkil  etilishi  va  o‘tib  borishini 

ta’minlaydigan  xilma-xil  o‘quv  jixozlari,  o‘quv  qo‘llanmalari  va  boshqalar. 

       Malaka  -  avtomatlashgan,  o‘rganib  qolingan,  muayyan  usul  bilan  bexato 

bajariladigan harakatdir. 

         o‘qish - bevosita bajariladigan jarayon bo‘lib, uning yordamida odamlar butun 

hayotlari davomida yangi axborotlar oladi. 

         vosita  -  o‘quv  jarayonini  predmetli  qo‘llab  -  qo‘vvatlanishi.  Vositalarga 

o‘kituvchining jonli nutqi, keng ma’noda uning mahorati, darsliklar, sinf jihozlari 

va boshqalar. 

       “Didaktika”ning so‘zma - so‘z tarjimasi TA’LIM  NAZARIYASINI anglatadi.  



                                              

                                     Topshiriqlar: 

1. Didaktik tamoyillar va ularning tasnifi haqida ma’lumot bering 



2. Kompyuter qurilmalari haqida mavzu tanlab, dars ishlanmasi tayyorlang. 

Download 185,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish