2.2-rasm. 2.3-rasm.
2.4-jadval
I*i
|
2,5
|
1,7
|
1,0
|
0,9
|
0,8
|
0,7
|
0,6
|
0,5
|
ω *΄ei
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ω *ui
|
|
|
|
|
|
|
|
|
M*i
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yakori shuntlangan shemada rostlanadigan mehanikaviy tavsiflarining eng to’g’ri shakllari olinadi (2.4 va 2.5- rasmlar)
2.4-rasm.
Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning yakori shuntlangan shemasi (a) va Rsh=const va Rn=var bo’lganda shu shemadagi mos elektromehanikaviy (b) va mehanikaviy (v) tavsiflari.
2.5-rasm
Rn=const va Rsh=var bo’lganda elektromehanikaviy (a) va mehanikaviy (b) tavsiflari.
Ideal salt ishlashda qo’zg’atish toki nolga teng emas ya’ni Iko=0.
Iko=Ishо=(I-αsh΄)Us/Rn+Rk , (2.4)
Bu erda:
Αsh΄=Rsh/Rsh+Rn+Rk,
Ideal salt ishlash tezligi esa chegaralangan qiymatga ega bo’ladi:
ωоsh =αsh΄Uc/KФ(Iko), (2.5)
Tavsiflar quyidagi formula bo’yicha quriladi:
ω=ωоsh-(Rya+Rk+α΄Rn)/КФ(Iko) Iya , (2.6)
Uya=0 bo’lgandagi mehanikaviy tavsif dvigatelning yakor zanjiri qisqa tutashgandagi uning dinamik tormozlanishi rejimiga mos keladi. Dinamik usulda tormozlashni amalga oshirish uchun uning yakori zanjiri tarmoqdan uziladi va Rqo’sh tashqi rezistorga ulanadi. Qoldiq magnit oqimi hisobiga dvigatel o’z –o’zidan qo’zg’aladi va tezligiga bog’liq holda tormozlanish momentini oshiradi (2.6-rasm).
2.6-rasm. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning o’z-o’zidan qo’zg’alishi bilan dinamik tormozlanishi.
Teskari ulash yo’li bilan tormozlash rejimi mustaqil qo’zg’atishli dvigatelning shunday rejimida qayd qilingan shartlar ya’ni qismlardagi kuchlanish qutblarini almashtirish bilan amalga oshiriladi.
Teskari ulash yo’li bilan tormozlashda mustaqil qo’zg’atishli dvigatelda ko’rganimizdek, tokni chegaralash uchun yakor zanjiriga qo’shimcha rezistor ulanish lozim.
Bu rezistorning qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
RyaΣ=Us+КФ(Iяmaks)ωmaks/Iяmaks , (2.7)
ωmaks –teskari ulash rejimini amalga oshirishdagi boshlang’ich tezlik.
O’zlashtirishni tekshirish uchun savollar.
2-1. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatelning tezligini rostlash usullari haqida gapirib bering.
2-2. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatellarni tormozlash usullariga qiyosiy baho bering.
2-3. Ketma-ket qo’zg’atishli dvigatel qanday rejimlarda ishlashi mumkin?
2-4. Qanday sababga binoan ketma-ket qo’zg’atishli dvigatel tarmoqqa tok berib generator rejimida ishlashi mumkin emas?
2-5. Dvigatelning tabiiy tavsifi uchun va yakor shuntlangan shemasi uchun uning magnit oqimining tezligiga bog’lanishini tahminiy tasvirlang.
2-6. Nima uchun nagruzka katta bo’lgan zonada mehanikaviy tavsif shakli to’g’ri chiziqqa yaqinlashadi?
2-7. Yakor zanjiri shuntlangan shemalarda salt tezlikka ega bo’lishining fizikaviy sabablarini tushuntiring.
2-8. Nagruzka va ta’minlovchi kuchlanish o’zgarib turganida ketma-ket va parallel qo’zg’atishli dvigatellarning mehanikaviy hususiyatlarga qiyosiy baho bering.
2-9. Dvigatelning elektrmagnit momenti uning validagi momentdan nima bilan farq qiladi?
2-10. Parallel va ketma-ket qo’zg’atishli dvigatellarning ishga tushurish paytidagi prinsipial shemalarini chizib ko’rsating.
Adabiyotlar
V.I. Klyuchev, Elektr yuritmalari nazariyasi, M.:Energoatomizat, 1985y, 134-144 betlar.
Avtomatlashtirilgan elektryuritmalari asoslari, M.: M.G. Chilikin, M.M. Sokolov, V.M. Terehov, A.V. Shinyanskiy, -M.: Energiya, 1974, 63-78 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |