Borland C++da modular. Modul - bu, biror-bir dastur. Modullar standart konstruksiyasiga ega. Object Pascalda modul tuzilmasi umumiy holda quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Unit < Modul nomi>
Interfase
……………….
Implementation
……………….
Initialization
……………….
Finalization
……………….
End.
Borland C++ tizimini ishga tushirgandan keyin modul tuzilmasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
Unit unitl;
Interface
Uses
Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms, Dialogs;
Type
TForml = class(TForm) Private
{ Private declarations }
Public
{ Public declarations }
end;
Var
Forml: TForml;
Implementation
{$R *.dfm} End.
Interface - modulning interfeysi, ya'ni, dastur va boshqa modullar uchun ochiq (ko'rinarli) qismining boshlanishini bildiradi. Bu qismda o'zgarmaslar, kattaliklar tiplari, protsedura va funksiyalar aniqlanib ko'rsatilgan bo'ladi, lekin ularning butun ko'rinishi keyingi yopiq qismda beriladi.
Implementation - modulning dastur va modullar uchun yopiq, ya'ni ko'rinmaydigan qismining boshlanishini bildiradi. Bu yerda interfeys qismida aniqlangan protsedura va funksiyalar yana bir marta ko'rsatilishi shart (ularning sarlavhalari bir xil bo'lishi kerak).
Initsializatsiya qismi Begin yozuvidan keyin boshlanadi, agar bu qism mavjud bo'lmasa Begin ham bo'lmaydi. Bu qismda boshqaruvni asosiy programmaga o'tkazishga qadar bajarilishi kerak boigan operatorlar ro'yxati joylashadi.
Misol tariqasida ikki sonning eng katta va eng kichigini topish modulini yaratish dasturini qaraymiz. Quyidagi dastur Min(x,y) va Max(x,y) funksiyalarini o'z ichiga olgan.
Unit Study;
Interface {Interfeys qism}
Function Min(x,y:Integer):Integer;
Function Max(x,y:Integer):Integer;
Implementation {Yopiq qism}
Function Min(x,y:Integer):Integer;
Begin
If x<=y Then Min:=x Else Min:=y;
End;
Function Max(x,y:Integer):Integer;
Begin
If x>=y Then Max:=x Else Max:=y;
End;
{Initsializatsiya qismi mavjud emas} End.
Bu modul kompilyatsiya qilinib Study.tpu fayl nomiga ega bo'lishi kerak. Undan dasturda foydalanish uchun dastur bosh qismida Uses Study qatorini yozish kerak bo'ladi.
Turbo Pascal tizimida quyidagi biblioteka modullari mavjud:
System — standart protsedura va funksiyalarni o'z ichiga olgan bo'lib, bu modul avtomatik ravishda aktivlashtirilgan boiadi.
Dos — Ms Dos operatsion tizim imkoniyatlaridan foydalanuvchi protsedura va funksiyalarni o'z ichiga olgan.
Crt — monitor ekrani va klaviatura bilan ishlash imkoniyatini yaratuvchi protseduralar to'plamini o'z ichiga olgan.
Graph - har xil monitor videoadapterlarini qo'llagan holda kompyuter grafik imkoniyatlaridan foydalanuvchi ko'plab protseduralar to'plamini o'z ichiga oladi.
Printer — printer bilan ishlovchi kichik modul.
Do'stlaringiz bilan baham: |