4-Kurs Imf Talabasi Ro’ziyev Jo’rabekning Hayot Faoliyati Favsizligi Fanidan 1-Mavzu Yuzasidan Savollargaga Javoblari



Download 22,77 Kb.
Sana23.07.2021
Hajmi22,77 Kb.
#126260

4-Kurs Imf Talabasi Ro’ziyev Jo’rabekning Hayot Faoliyati Favsizligi Fanidan 1-Mavzu Yuzasidan Savollargaga Javoblari

1. Aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashga doir hujjatlar to’g’risidagi fikrlaringiz?

2. Meyoriy texnikaviy hujjatlarga nimalar kiradi?

3. Huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi

4. O’zbekiston Respublikasi FVV faoliyatini tashkil etish masalalari

to’g’risidagi qarori qachon qabul qilingan?

5. FVV ga qanday huquqlar berilgan?

Javoblar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi PQ–3190-son qarori bilan tasdiqlangan Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengashga Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash vazifasi yuklandi.

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi zarur choralarni ko‘rishga mas'ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tarkibida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini muvofiqlashtirish sho‘'basi tashkil etilishi hamda sho‘'baning asosiy vazifalari belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida yuridik shaxs tuzmagan holda Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etiladi. Jamg‘arma, jumladan, ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratadi, respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohasiga raqamlashtirilgan texnologiyalarni joriy etish, seysmik chidamli qurilish bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtiradi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetini «Muhandislik seysmologiyasi» ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini «Seysmologiya va seysmometriya» ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yuzasidan bazaviy oliy ta'lim muassasalari etib belgilanmoqda.

Turin politexnika universiteti qoshida Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik laboratoriyasi tashkil etiladi.

3. Normativ-huquqiy hujjatlar — vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning umummajburii koʻrsatmasi. Ularda huquq normalari (qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma va boshqalar) oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar. Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbaidir. OʻzRning 2000 yil 14 dek.da qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga koʻra, "... umummajburii davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar. deb hisoblanadi". Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar OʻzRda Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish hukuqiga ega. Normativ-huquqiy hujjatlarh. ning asosiy belgilari quyidagilar: vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqa-riladi, aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi; Normativ-huquqiy hujjatlar. ni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi mahsuli boʻlib hisoblanadi; Normativ-huquqiy hujjatlar. ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida mujassamlantiradi; Normativ-huquqiy hujjatlar. rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon qilingan joyi va h.k.; Normativ-huquqiy hujjatlar. yuridik kuchga ega.

Normativ-huquqiy hujjatlar.ga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: Normativ-huquqiy hujjatlar. loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi; Normativ-huquqiy hujjatlar. loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin; Normativ-huquqiy hujjatlar.ni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tan-lovlar eʼlon qilishga haqlidir; va-zirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining Normativ-huquqiy hujjatlar. loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashti-rib turish OʻzR Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi; Normativ-huquqiy hujjatlar.ning matni loʻnda, oddiy va ravon tidda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar,.da uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari va shahrik. koʻrsatilishi mumkin.

N.-q.h. agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar. amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar.ning amal qilishi OʻzR fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek, OʻzR hududidagi chet ellik yuridik shaxslar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

4. Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash bo’yicha Respublika markazi 1992 yili tashkil etilib, 1996 yilgacha faoliyat ko’rsatgan.

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 1995-yil 16 avgust kuni Favqulodda Vaziyatlar Vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etilgan bo’lib, mazkur farmon bo‘yicha vazirlikning vazifalari quyidagicha belgilangan:

- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma'naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta'minlash;

- O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish;

- Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xo`jaligi ob'ektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, shuningdek aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish;

- Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zahira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish va hokazo.



Tashkiliy tuzilishi

  • Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi

  • Tezkor boshqarma

  • Profilaktika boshqarmasi

  • Qutqaruv kuchlari boshqarmasi

  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va maʼlumotlar boshqarmasi

  • Fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi

  • Moliya boshqarmasi

  • Moddiy texnik taʼminot boshqarmasi

  • Kapital qurilish boshqarmasi

  • Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi

  • FV oldini olish harakat tizimi boshqarmasi

  • Kadrlar boshqarmasi

  • Ishlar boshqarmasi

  • Tibbiyot boshqarmasi

  • Xalqaro hamkorlik boʻlimi

  • Yuridik boʻlim

  • Qamchiq dovoni maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi

  • Girometeorologiya markazi

  • Seysmologiya markazi

  • Tez harakat qilish Respublika markazi

  • Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi

  • Davsuvxoʻjaliknazorat

  • Markaziy baza

Download 22,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish