O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO‘LIMI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM KAFEDRASI
SIRTQI TA’LIM SHAKLI BOSHLANG‘ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH TA’LIM YO‘NALISHI
4-KURS _____-GURUX TALABASI
TURDIYEVA GULSHANOYNING
“ONA TILI”
fanidan
“2 – sinf o‘qish dasturiga Xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rgatish” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: ______________________________
Qo‘qon – 2022
MUNDARIJA:
KIRISH
I. BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI ORQALI O‘QUVCHILAR TAFAKKURINI O‘STIRISHNINIG NAZARIY ASOSLARI.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini tashkil etish va ularda DTS
talablari
Boshlangich sinflarda xalq og‘zaki ijodining nazariy asoslari
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI
IJODI ORQALI O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH YO‘LLARI
2.1 Boshlangich sinflarda xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy
ahamiyati
2.2.Ertak, maqol matnini o‘qitishda interfaol ta’lim
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayotida bo‘lgani kabi ta’lim sohasida ham ko‘plab o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining to‘qqiz yillik tizimga o‘tkazilishi, kasb-huhar kollejlari va akademik litseylarning tashkil etilishi buning yaqqol dalili bo‘ldi. Shu bois Respublikamizda ko‘plab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qurilib ishga tushirildi. Shu bois hozirgi kunda yoshlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun zaruriy chora-tadbirlar belgilanib, muayyan ishlar amalga oshirildi.
Har bir inson umri davomida xalq o‘g‘zaki ijodidan bahramand bo‘lib ulg‘ayadi. Bolaligida ertak eshitib katta bo‘lmagan odam bu dunyoda yo‘q desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki har bir odam dunyoga kelgach, turli darajadagi ertak, rivoyat, afsonalarni eshitadi va aynan o‘shalar orqali dunyoni o‘rganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini o‘rganishga yordam beradi. Shu ma’noda o‘zbek xalq og‘zaki ijodining tur va janrlarini o‘rganish, ular ustida ishlash va ularning turli davrlarda turli ijtimoiy vazifani bajarishini o‘rganish adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biridir.
Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun esa uning g‘oyaviy-badiiy va janr xususiyati, poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo‘ladi. Xalq og`zaki ijodini o‘rganishda bunday kompleks yondoshuv uning jonli og‘zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yaratish, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liq ayrim hodisalarning aks etishi darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar tizimida turgan o‘rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohidaalohida tadqiq etishni talab etadi.
Folklor asarlarda o‘z aksini topgan dunyoqarash, qadriyatlar yosh avlodni har tomonlama bilimli, ma’naviy jihatdan yetuk etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Zero, xalq og‘zaki ijodi ma’naviy taraqqiyotning asosiy tarixiy ildizlaridandir. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz. Shunday ekan, xalqimizning qalb qo‘ri, yuksak aql-zakovati bilan asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o‘tkazib kelingan folklor namunalarini ham o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |