Tanishuv amaliyoti muddati – 4 hafta:
№
|
Qilinadigan ishlar mazmuni
|
Kunlar
|
1
|
Korxonaga talabaning qabul qilinishi
|
1
|
2
|
Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish
|
1
|
3
|
Korxona tarixi to’g’risida va uning strukturasi, korxonaning boshqaruv tizimi
|
1
|
4
|
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ularning xarakteristikalarini o’rganish
|
2
|
5
|
Korxonadagi iqtisodiy ahvol, mahsulot tannarxi va hokazo
|
2
|
6
|
Korxonada qo’llanilgan yangi texnologiyalar, mahsulot sifati va uning unumdorligini oshirish uchun qilinadigan ishlar
|
4
|
7
|
Kafedra tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish
|
3
|
8
|
Alohida berilgan topshiriqlarni bajarish
|
3
|
9
|
Yordamchi sexlar faoliyatini o’rganish
|
4
|
10
|
Hisobot yozish va himoya qilish
|
2
|
|
Hammasi
|
24
|
Tanishuv amaliyotning mazmuni
Talabalar tanishuv amaliyotni o’tish o’zlari egallayotgan ish joylari bilan bog’liq bo`lgan barcha vazifalarni bajarishlari kerak hamda korxonada ishlab chiqarish jarayonining tashkil qilinishi; korxonani va ishlab chiqarish sexlarini boshqarish strukturasi; xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari; ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini oshirishga va metallni tejash rezervlarini aniqlashga (ilg’or texnologik jarayonlarni joriy qilish, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, standartlash va unifikatsiyalashtirishni takomillashtirishga.) qaratilgan tashkiliy-texnikaviy tadbirlar: tez moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish elementlari (raqamli dasturli boshqariladigan stanoklar, ishlov beruvchi markazlar, kompleks avtomatik liniyalar, robotlashtirilgan texnologik komplekslar); brigadir va usta (master) larning huquqlari va burchlari; ishlab chiqarish jarayonida sexlarning o’zaro bog`langanligi; texnikaviy nazorat tizimi bilan tanishishlari kerak.
Talabalarni ishlab chiqarish korxonalarni faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, asosiy sexlarning ishlab chiqarish texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi texnologik jixozlarni o’rganish, elektr va suv bilan ta’minlash bo’limlari, chilangarlik va ta’mirlash ustaxonasi, omborxonalar, korxonaning markaziy laboratoriyasi, nazorat qiluvchi va o’lchov asboblari bo’limi, boshqa xo’jalik shahobchalarining vazifalari va ishi bilan yaqindan o’rganish zarur.
3. Talaba korxonada ishlab chiqarish jarayonida qurilma kuzatuvchisi sifatida ishtirok etishi lozim.
Talabalar amaliyot o`tilayotgan korxonalar tarixi va asosiy mahsuloti, sexlarda ishlab chiqariladigan mahsulot turi, qo`llaniladigan texnologik jarayonlar bilan bevosita tanishadi.
Zavod tarixi. Zavodning va alohida muhim sexlarning tashkliy-ishlab chiqarish strukturasi (jadval shaklida va izohi). Zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlar. Ishlab chiqarish turi. Asosiy mahsulot ishlab chiqarish yillik dasturi va rivojlanish istiqbollari. Zavod sexlari faoliyati, vazifalari, sexlarning o’zaro bog`liqligi. Moddiy-texnik ta'minotni tashkil qilish. Ombor xo’jaligi, sexlararo transport, sex ichki transporti. Mahsulot sifatini tekshirish bo`limi faoliyati bilan tanishish, xavfsizlik texnikasi va sexlarning zavod territoriyasida joylashish tartibiga ham e'tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |