14. AMALIYOTNI O’TISH KUNDALIK DAFTARNI TUTISH VA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI Amaliyot davrida bajarilgan ishlarni muntazam yozib borish va o’zining ishini rejalashtirish maqsadida talabalar kundalik daftar tutishlari shart. Bu daftarga kun bo’yi bajarilgan ish har kuni yozib boriladi. Daftar grammatika va orfografiya qoidalariga binoan tuzilishi, savodli, husnixat bilan yozilishi kerak. Kundalik daftarda korxona va institutdan tayinlangan amaliyot rahbarining davriy tekshirganliklari haqida belgilar bo’lishi lozim. Kundalik daftarsiz, hisobot himoyaga qabul qilinmaydi
Hisobot qisqa yozilgan va eskizlar, sxemalar, chizmalar jadvallar bilan to`ldirilgan bo`lishi kerak. Hisobot standart A4 formatli varaqlarning bir tomonidan DS 2. 105-79 standartiga muvofiq yoziladi. Amaliyot bo’yicha hisobot titul varag’ining shakli ilovada keltirilgan. Titul varaqdan so’ng amaliyot topshirig’i varaqasi, so’ngra hisobotning mundarijasi keltiriladi
Rasmlari va sxemalari qalam bilan alohida varaqlarda bajarilishi kerak. Rasmlar raqamlar bilan belgilangan va zarur bo`lgan yozuvlar bo`lishi kerak. Rasmlardagi yozuvlar chizma shriftlari bilan, matnda yozilgan harflar va sonlar o`lchamiga teng bo`lishi kerak.
Hamma jadvallarning raqamlari va sarlavhalari bo`lishi kerak. Hisobot quyidagilarni o`z ichiga olishi zarur: titul varag`i, mundarijasi foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati, ilovalar (zarur bo`lgan hollarda).
Hisobot varaqlari (betlari) nomerlanadi. Birinchi varag`ida (titul varag`i) bosh raqami qo`yilmaydi. Agar hisobotda rasmlar va jadvallar alohida varaqlarda bo`lsa ularni ham umumiy raqamlashga kiritish kerak.
Ilovalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ham varaqlarning umumiy raqamlanishiga kiradi. Amaliyotning oxirida hisobot korxona va kafedra tomonidan tayinlangan rahbarlar tomonidan tekshiriladi. Hisobotga amaliyot o`tganligi to`g`risida zavoddan tayinlangan rahbar tomonidan taqriz ilova qilinadi.
Institut va zavod ma`muriyati tasdiqlagan dasturga muvofiq hisobot yozib boriladi va undan tashqari sex boshlig`ining imzosi bilan kundalik daftari ham to`ldiriladi.
Talabaning o’zi ishlagan zavod, uchastka va konstruktorlik byurosi bo’limida ishni tashkil qilish darajasi to’g’risidagi shaxsiy fikri. Amaliyotni o’tish sharoitini yaxshilash bo’yicha takliflar.
Amaliyot tugagandan keyin hisobot talaba ta`lim olayotgan mutaxassislik kafedrasiga beriladi. Talaba hisobotni komissiya oldida himoya qiladi. Komissiya esa kafedra tomonidan tuziladi.. Komissiya tarkibiga kafedra mudiri, amaliyot rahbari va amaliyot o`tkazilgan fanlar bo`yicha etakchi o`qituvchilar kiradi.
Hisobotni topshirish muddati – o`qish jarayonining birinchi haftasi hisoblanadi. Amaliyot dasturini bajarmagan, bajargan ishi to`g`risida qoniqarsiz taqriz olgan yoki himoyadan qoniqarsiz baho olgan talabani institutdan chetlashtirilishi haqida masala ko`rib chiqiladi.