4 i-bob. Web saytlarga bo’ladigan hujumlar va ularning turlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#700109
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
I bob Web saytlarga bo’ladigan hujumlar va ularning turlari

2.3.
 
Web saytlardagi uchraydigan qo’chimcha hujumlar va ularga 
qarshi samarali metodlar 
Kompyuter tizimlarida klassifikatsiyalash orqali hujumlarni yanada kichik 
turlarga ajratishimiz mumkin. Buni eng ko’p tarqalgan turlar bo’yicha guruhlash deb 
hisoblash ham mumkin. Ular quyidagilardan iborat: 

Sendmail: Sendmail – juda eski dastur, uning tarihi davomida zaifliklar 
mavjud bo‘lgan Sendmail – murakkab dasturlarda barcha hatoliklar bartaraf 
etilmasligining isboti, ishlab chiqaruvchilar yangi imkoniyatlar qo‘shib 
boradilar. Buning natijasida yangi zaifliklar vujudga keladi. Sendmailga 
qarshi qilingan hujumlar masofadan suqilib kirish, lokal suqilib kirish 
shuningdek masofadan kompyuterni bloklash turlariga kiradi. 

ICQ: - bu turli xil ko‘p sonli imkoniyatlarga ega onlayn muloqot dasturi,
nomi "I-Seek-You." (men sizni izlamoqdaman) iborasining qisqartmasidan 
olingan. Hozirda 26 millionga yaqin foydalanuvchilar tomonidan 
foydalaniladi. O‘tgan yilda ICQ bir nechta hujumlar amalga oshirilgan, 
hujum qiluvchiga o‘zini do‘st qilib ko‘rsatishga va «shifrlangan» trafikni 
deshifrlashga imkon berdi. Keyin hujum qiluvchi uni do‘st hisoblovchi 
inson bilan ICQ da muloqotni boshlardi va unga ICQ orqali troyan 
dasturlarini yuborar edi. 


29

Smurf: Smurf o‘ljaning “ping” giga javob paketlari bilan to‘ldirib tashlash 
uchun mashinalarning “ping” paketlarini qayta ishlovchi tarmoqdan 
foydalanadi. Bu hujum turini kuchaytirgich deb tassavur qilish mumkin
o‘ljaga tarmoq orqali keluvchi paketlar orqali hujum qiluvchiga kompyuter 
ishini anonim bloklash imkonini beradi. 

Teardrop: Teardrop Windows 7 va Linux OTli kompyuterlarni, paketlarni, 
fragmentlashni bajaruvchi tarmoq drayverining tarmoqosti dasturidagi 
hatolikdan foydalanib to‘liq bloklaydi

IMAP: IMAP foydalanuvchilarga pochta serveridagi elektron xatlarini olish 
imkonini beradi. Oxirgi yili IMAP serverining dasturiy ta’minoti ishlab 
chiqarilgan edi, unda masofadan turib hujum qiluvchiga mashina ustidan 
to‘liq boshqaruvni qo‘lga olish imkonini beruvchi hatolik mavjud bo‘lgan. 
Bu zaiflik juda xavfli, chunki ko‘plab pochta serverlarida zaif IMAP 
dasturiy ta’minoti foydalaniladi.

Back Orifice: Back Orifice – bu troyan oti, foydalanuvchiga masofadan 
turib Windows XP OTli kompyuterni qulay grafikli interfeys yordamida 
boshqarish imkonini beradi.

Netbus: Netbus Back Orifice ga o‘xshash, Windows XP va Windows 7 
OTga hujum qila oladi. 

WinNuke: WinNuke TCP protokoli orqali mahsus “muhim ma’lumot” 
paketini yuborish yo‘li bilan Windows XP li kompyuter ishini to‘liq 
bloklaydi. 

Nmap: Nmap – tarmoqni skanerlash uchun takomillashgan vosita. Bundan 
tashqari, Nmap bir nechta protokollar yordamida skanerlashni amalga 
oshirishi, yashirin rejimda ishlashi va masofadagi operatsion tizimni 
avtomatik identifikatsiya qilishi mumkin. 


30
Yuqorida keltirib o’tilgan hujum turlaridan ham himoyalanishning bir nechta 
usullari mavjud . Ya’ni ularni ham to’liq bo’lmasada, bartaraf etish mumkin. Bunda 
quyidagi keltirilgan metodlardan foydalaniladi. 
Dasturlar uchun qayta tuzatishlarni tezlikda o‘rnatish (Patching). Kompaniyalar 
ko‘pgina dasturlarni kamchiliklarini bartaraf qilish uchun o‘zgartirishlar ishlab 
chiqishadi, ulardagi kutilmagan hatoliklar oqibatlarini yo‘q qilish maqsadida. Agar 
dasturga tuzatishlar kiritilmasa, oqibatda hujum qiluvchi bu xatoliklardan foydalanishi 
va kompyuteringizga suqilib kirishi mumkin. Tizim administratorlari o‘zlarining 
asosiy tizimlarini himoyalash uchun ulardagi dasturlarga tuzatishlarni tezkorlik bilan 
amalga oshirishlari zarur. Tuzatishlar tez-tez amalga oshirilishi sababli tarmoqdagi 
barcha xostlardagi dasturlar uchun tuzatishlarni o‘rnatish qiyin. 
Viruslar va troyan otlarni aniqlash. Yaxshi antivirus dasturi har qanday tarmoq 
xavfsizligini oshirish uchun almashtirib bulmaydigan vosita. Ular kompyuter ishini 
nazorat qiladilar va ulardagi zararli dasturlarni aniqlaydilar. Ular bilan bog‘liq bo‘lgan 
yagona muammo, maksimal samaradorlikga erishish uchun ular tarmoqdagi barcha 
kompyuterlarda o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. Barcha kompyuterlarga antivirus 
dasturlarini o‘rnatish va muntazam antivirus bazasini yangilab borish ancha vaqt talab 
qiladi. Foydalanuvchi o‘zi mustaqil yangilanishlarni amalga oshirishni o‘rganishi 
zarur, bunda doimo ularga ishonish zarur emas. Bundan tashqari pochta serviriga 
keluvchi elektron xatlarni skanerlash tavsiya qilinadi. 
Shifrlash. Hujum qiluvchilar muhim bo‘lgan joylarga suqilib kirib tarmoq 
trafigini kuzatishadi va undan foydalanuvchi nomi va parolini ajratib oladilar. 
Shuning uchun masofadagi parol bilan himoyalanuvchi kopyuterga ulanish 
shifrlangan bo‘lishi zarur. Bu ulanish internet orqali yoki muhim server bilan 
bog‘langan hollarda juda muhim. TCP/IP paketlarni shifrlash uchun bir qancha bepul 
dasturlar mavjud (SSH). 
Zaif joylarni skanerlash. Zaif joylarni skanerlash dasturi bu, kompyuterlarni 
aniq bir hujum turiga zaifligini topish uchun tarmoqni skaner qiladi. Skanerlar 


31
kompyuterlarni u yoki bu zaiflikga tekshirishda foydalanish uchun zaif joylar 
haqidagi katta ma’lumotlar bazasiga ega. 
Xavfsizlik jihatidan kompyuterlarni to‘g‘ri sozlash. Yangidan o‘rnatilgan 
operatsion tizimli kompyuterlar hujumlarga zaif hisoblanadi. Buning sababi 
operatsion tizim o‘rnatilgan boshlang‘ich holatda, odatda barcha tarmoq vositalariga 
xavfsizligi ta’minlanmagan holda ruhsat beriladi. Bu hujum qiluvchiga dasturlar 
asosida hujum qilishni amalga oshirish uchun ko‘plab usullardan foydalanish 
imkonini beradi. 
Urush e’lon qiluvchilar (war dialer). Foydalanuvchilar o‘z kompyuterlarga 
kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishga ruhsat berib tashkilot tarmoq xafsizligi 
vositalarini aylanib o‘tadilar. Foydalanuvchi ishdan ketishidan oldin modemni yokadi 
va kompyuterdagi dasturni mos holda sozlab qo‘yadi, shundan so‘ng u modem orqali 
uydan qung‘iroq qilib korporativ tarmoqdan foydalanadi. Urush e’lon qiluvchilar 
kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlovchi kompyuterni qidirish uchun foydalanishi 
mumkin.
Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar (security advisories). Xavfsizlik buyicha 
tavsiyalar – bu ogohlantirishlar, kompyuter jinoyatchiligiga qarshi kurashuvchi 
guruhlar tomonidan nashr qilinuvchi va dastur ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
ko‘proq aniqlangan zaif joylar haqidagi ma’lumotlardir. Tavsiyalar odatda o‘qishga 
kam vaqt talab qiluvchi lekin juda foydali ana shu zaiflik tufayli bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan eng muhim tahdidlarni ta’riflaydi. Ta’riflar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdid 
va zaif joyni bartaraf qilish uchun aniq tavsiyalar olish imkonini beradi.
Hujumlarni aniqlovchi vositalar (Intrusion Detection). Hujumlarni aniqlovchi 
tizimlar kompyuter hujumlarini tez aniqlaydi. Ular ichki tarmoqdan bo‘ladigan 
hujumlarni aniqlash uchun tarmoqlararo ekrandan sung o‘rnatilishi mumkin. Yoki 
tarmoqlararo ekranga bo‘ladigan hujumni aniqlash uchun tarmoqlararo ekrandan oldin 
o‘rnatilishi mumkin. 


32
Tarmoq topologiyasini aniqlovchi vositalar va port skanerlari. Ushbu dasturlar 
sizning tarmog‘ingiz qanday qurilganini va unda qanday kompyuterlar ishlayotganini 
to‘liq ko‘rsatib beradi, shuningdek har-bir kompyuterda ishlayotgan barcha 
jarayonlarni ko‘rsatib beradi. Hujum qiluvchi bu vositalarni zaif kompyuter va undagi 
dasturlarni aniqlashda foydalanadi.
Xavfsizlik bilan bog‘liq hodisalarni tergov qiluvchi guruh. Xar bir tarmoqda 
qanchalik xavfsizligidan ka’tiy nazar xavfsizlik bilan bog‘liq kandaydir hodisa ro‘y 
beradi. Tashkilot hodimlari oldindan turli-xil vaziyatlarda nima qilish kerakligini 
bilishlari zarur. Muhimi oldindan quyidagi holatlarni aniqlab olish zarur – qachon 
tartibni himoya qiluvchi organlarni chaqirish, qachon kompyuter jinoyatchiligiga 
qarshi kurashuvchi guruh xodimlarini chaqirish, kachon tarmoqni internetdan uzish 
zarur. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish