4-e guruh talabasi baxronov farruxning ma`naviyatshunoslik fanidan bajargan


Milliy ma’naviyatni demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalalari



Download 68,68 Kb.
bet2/3
Sana18.04.2020
Hajmi68,68 Kb.
#45595
1   2   3
Bog'liq
manaviyat kurs ishi


3. Milliy ma’naviyatni demokratik tamoyillar bilan uyg’unlashtirish masalalari.

Yuksak ma’naviyatga, pokiza axloqqa, demokratiya tamoyillariga tayangan milliy g’oyalar jamiyatni taraqqiyotga etaklaydi. Milliy g’oya xalqning ko’nglidagi orzu-umidlarni, maqsad va intilishlarni nazariy tarzda ifoda etadi. Millatning tub manfaatlari, uning o’z o’tmishiga bergan bahosi va kelajakka ishonchi milliy g’oyada o’z aksini topadi.

O’zbekiston xalqining milliy g’oya, teran zaminga, tarixiy ildizlarga ega bo’lsa ham, tizim sifatida mustaqillik sharoitida shakllandi va rivojlanmoqda. Binobarin, milliy g’oya mustaqillikni mustahkamlash, qadriyatlarni yuksaltirish omili va mezoni bo’lib maydonga chiqmoqda. Milliy g’oya yangi davr qadriyatlarini, erkin jamiyat axloqini yaratishga nazariy asosdir. Ma’lumki, axloqiy fazilatlar xalqning o’z-o’zini idora qilish, jamiyatning yuksalishini ta’minlash, barkamol shaxsni voyaga etkazish omili sifatida shikllangan va avloddan-avlodga o’tib kelmoqda.

Vatanga va millatga, o’z madaniyati va mentalitetiga, o’ziga va atrofdagilarga munosabatlar axloq doirasiga kiradi. Vatanparvarlik va xalqparvarlik – eng yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlardandir. Milliy g’oyada Vatan ravnaqiga, uning gullab-yashnashi, ozod va obod bo’lishiga ustuvorlik berilgan. Hozirgi dunyoda mehnatsiz farovonlikka erishgan xalq yo’q. Rivojlangan tuzumlar, davlatlar va millatlar taraqqiyot cho’qqisiga faqat samarali, ijodiy, tinimsiz mehnati bilan ko’tarilgan. Mehnatsevarlik – ham shaxsiy, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatga aylangan. Milliy g’oya bu qadriyatga alohida baho beradi, uni buyuk kelajakning ishonchli garovi deb e’tirof etadi.

Mehnat – inson faoliyatining eng muhim turi, hayot kechirishning asosiy shartdir. Lekin mehnatga munosabat, uning roli va ahamiyati turli davr va doiralarda turlicha talqin etilgan. Aksariyat odamlar yaxshi yashash uchun zarur boyliklarni mehnatdan topishga harakat qiladilar. Bular uchun mehnat hayotiy ehtiyojga aylangan. Ba’zi yurtlarda, mehnat qilishga zaruriyati va ishtiyoqi bor qancha odamlar ishsizlikdan azob chekadilar. Ayrimlar esa, ishyoqmaslik va tekintomoqlik domida yuradilar.

O’zbekistonda mehnat qilish huquqi Konstitutsiya bilan qonunlashtirilgan, halol mehnat har bir fuqaroning muqaddas burchiga aylangan, mehnatkash insonni qadrlash ma’naviy yuksaklik ifodasi deb tan olingan. Mehnat va uning ne’matlarini qadrlash, ilmu-urfon, ma’rifatga intilish, kasb-hunar egallash kabi fazilatlar hamma millatlarda, shu jumladan o’zbek xalqida ham yuksak e’tiqodga aylangan. Mehnatsevarlikning aksi bo’lgan ishyoqmaslik, dangasalik, loqaydlik o’tkir tanqid tig’i ostiga olingan.

Ta’lim-tarbiya masalasi insoniyat paydo bo’lgandan to hozirgacha dolzarb bo’lgan va bo’lib qoladi. Xalqimiz bu borada ham o’ziga xos falsafa, betakror merosga ega. Zardushtiylikning asoschisi Spitama shunday deb yozgan: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishi va so’ngra yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin».

O’zbek xalqiga xos azaliy qadriyatlardan biri – sabrdir. Abdulla Avloniy ta’biri bilan aytganda, «Sabr deb boshimizga kelgan balo va qazolarga chidamli bo’lmoqlikni aytilur... Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdur». Qur’oni karimda: «Allohu ma’ as-sobiriyn», ya’ni xudo sabrlilar bilan birgadir» deyilgan. Xalqimiz «Sabr qilsang – etarsan murodga» deb bejiz aytmagan. Sabr bilan bog’liq va unga yaqin tushunchalar – qanoat, toqat, chidam, bardosh kabilardir. Sabr qilish – uzlatga chekinish, harakat va faollikni susaytirish, nuqsonlarga murosasoz bo’lish degan ma’noni anglatmaydi. Sabr-bardosh, milliy g’oya ruhida talqin qilinsa - qat’iyat va chidam bilan mehnat qilish, qiyinchiliklarni engish, nafsni jilovlash, xasratdan yiroqlashish demakdir.

O’zbek xalqiga xos bo’lgan, boshqa tillarga tarjima qilish mushkul bo’lgan qadriyatlar –savob, muruvvat, sahovat andisha kabilardir. Savob, garchi kelib chiqishi diniy bo’lsa-da, lekin chin dunyoviylik kasb etgan, xalqning iymon- e’tiqodidan chuqur o’rin olgan tushunchadir. Savob axtarish, savob ishlar va beminnat yaxshilik qilish – ma’naviyatning yuksak belgisi, eng xalqchil qadriyatdir. Islom Karimov xalq falsafasidan kelib chiqib, «savob ishni har kim, har vaqt qilishi kerak», deb ta’kidlaydi.

Mehr va muruvvat – insoniylikning ajralmas belgilaridir. Mehr tushunchasiga muhabbat, sadoqat, oqibat kabi tushunchalar hamohang bo’lib, bularning har birida xalq donishmandligi va milliy qadriyatlar o’z ifodasini topgan. Muruvvat esa, sahovat va rahmdillikni, o’zgalarga shafqatli bo’lishni, qo’li ochig’lik va bag’ri kenglikni anglatadi.

O’zbekistonda 2017 yilni « Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb nomlanishi, bozor munosabatlari rivojlanayotgan hozirgi davrda bu axloqiy qadriyatlarning ahamiyat oshib borayotganidan dalolat beradi.

Milliy g’urur va or-nomus, dastavval, har bir inson uchun zarur bo’lgan uyat, hayo, ro’y-xotir, andishadan boshlanadi. Xalqimiz uyat-andishani qanchalik e’zozlasa, andishasizlik, betga choparlik, behayolikni shunchalar qoralaydi.

Halollik – insoniyat yaratgan eng olijanob axloqiy fazilatlardan biridir. Qadimgi rivoyatlarda xarom-xarishdan xazar qilmagan, axloqsizlik va razolat domiga tushgan qabila va qavmlar bo’lganligi, bular halokatga muhkum etilganligibayon qilingan. Injilda Sodom va Gomorrani Parvardigor aynan xarom ishlari uchun jazolagani aytilgan.

Halollik jamiyat hayoti va inson turmushining hamma jabhalarida o’z aksini topadi. Vatanga va millatga munosabatda ham, siyosat va iqtisodda ham, mehnat va rohatda ham halollik, to’g’rilik bo’lishi ma’naviyatdan dalolat beradi. Ovqatlanish va kiyinishda, muomala va munosabatda poklik, halollik ustuvor bo’lishi lozim.

Odillik va haqiqatparvarlik, rostlik va to’g’riso’zlik, jamiyatda ustuvor bo’lgan, I.Karimov aytganidek, «butun hayotimiz va faoliyatimizning bosh g’oyasi» bo’lgan adolat va haqiqatning namoyon bo’lishidir. Tarixda adolatsizlik, haqsizlik, munofiqlik hukm surgan davrlar ko’p bo’lgan. Abdulla Avloniy: «Adolat deb boshqalarning mol va nomusini rioya qilmakni aytilur. Har bir millatning taraqqiy va taoliysi, davlat va hukumatlarning uzun yashamog’i adolatga bog’lidur. Adolatdan ayrilgan podshohlarning davlatlari yo’q bo’lub, tarix sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaga bilgulidir», deb uqtirgan. Insonning jamiyatdagi o’rni, qadr-qimmati, erkinligi – hozirgi jamiyatimizda adolat mezoni bo’lib hisoblanadi. Adolatga intilish xalqimiz ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyatdir. Adolatparvarlik g’oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi lozim. Milliy g’oya kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borishning ma’naviy omili – adolatdir, deb talqin qiladi.

Milliy qadriyatlar o’tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «o’tmishning qoldig’i» degan tamg’alar bosilgan edi. Bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg’ubor odatlar ham shu tahqirdan qutula olmadi. Mustamlakachilik siyosati soxta qadriyatlar, begona munosabatlarni zo’rlab kiritishga urindi. Xalqimizning ruhi va tabiatiga zid bo’lgan – ichkilikbozlik va giyohvandlik, behayolik va andishasizlik illatlari ildiz ota boshladi. Milliy ma’naviy qadriyatlarni himoya qilish millatchilik deb baholandi.

O’zbekistonning mustaqilligi ma’naviy qadriyatlarni yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Milliy g’oya bu qadriyatlarni yanada yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag’ishlangan, 2015 yil 7 dekabr kuni O’zbekistonni birinchi Prezidenti Islom Karimov ma’naviy tahdidlarga, «universal demokratiya», erkinlik va egotsentrizm niqobi ostida yurtimizga kirib kelayotgan zararli oqimlarga yana bir bor e’tiborni qaratdi12.

Ma’naviyatning muhim qismi, balki uning yuragi bo’lgan milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’usini kuchaytirish, ongli yashash huquqini qo’ldan bermaslik, raqib falsafasini engish uchun uni yaxshi bilish, sabab va oqibatni to’g’ri o’rniga qo’ya olish kabi masalalar ma’naviyat sohasidagi muhim vazifalar deb belgilandi. Buzg’unchi g’oya va falsafaning eng zararli, yoshlarni o’z ona yurtiga mehrini so’ndirishga qaratilgan turi kosmopolitizm g’oyasidir. Vatansizlik g’oyasining yoyilishi ma’naviy sohadagi eng jiddiy xatar deb hisoblansa to’g’ri bo’ladi. Kosmopolitizm – (yunoncha so’z bo’lib «kosmopolites» – dunyo fuqarosi ma’nosini bildiradi) - butun er yuzini yagona vatan deb, shaxsning o’z tug’ilgan yurtiga, xalqiga, davlatiga bo’lgan mehri, sadoqati, himoyatini siyqalashtiruvchi oqim. Vatansizlik, vatanning buguni va ertangi kuniga befarqlik, mustaqilligini qadrlamaslik kabi zararli g’oyalar kosmopolitizmga tayanadi va undan oziq oladi. Patriotizmning aksi va inkori sifatida yuzaga kelgan kosmopolitizm tarixan turli shakllarda namoyon bo’lgan. Qaysi erda hayot oson kechsa va qay makonda qorin to’q bo’lsa, o’sha joyni vatan tutish, vatan boy bo’lsa sevib, boshiga kulfat tushganda uni tark etish, o’z yurti qolib, o’zga makonlarga suqlanib qarashlar – bular bari vatansizlik ko’rinishlaridir.

Vatansizlik g’oyasi mafkuraviy kurash arsenalida eng xavfli qurollardan biri qisoblanadi. O’z yurtidagi hayotdan qoniqmaydigan toifa va kimsalar har bir jamiyatda bor. Ozgina targ’ibot, xorijdagi «farovon hayot» reklamasi milliy g’oya ruhida tarbiyalanmagan bunday kimsalarda avval vatanga nisbatan befarqlik, asta sekin nafrat uyg’otishi mumkin. Vatanga munosabatning spektri juda keng bo’ladi: bir tomonda unga cheksiz muhabbat, beqiyos sadoqat joy olgan. Sof vijdonli, iymon-e’tiqodli insonlar Vatanni shunday sevadilar. Muhammad payg’ambarimiz (SAV) aytganlaridek, «Vatanni sevmoq – iymondandir». Vatanga munosabatning ikkinchi qutbi, qarama-qarshi tomoni – vatanfurushlik, Vatanga xiyonat qilishlikdir. O’zbekistonda begunoh odamlarning qonini to’kkan terrorchi guruqlar va ularning raqnamolari shunday vatanfurushlar toifasiga kiradi.

Demokratiyani keng yoyish shiori, aslida demokratiyaga zid ravishda uni eksport qilish rejasi ostida qanday maqsad va manfaatlar yashiringanligi xolis fikrli va sof vijdonli odamga sir emas. Asosiy muddao – o’z me’yor, o’z falsafa, o’z aqidalarini boshqalarga majburlab singdirishdir.

Insoniyat tarixida barcha bosqinlar, qonli urushlar buzg’unchi mafkuralar asosida sodir bo’lgan, mafkuraviy, ma’naviy va ruhiy ta’sir ko’rsatish vositalarini qo’llash orqali olib borilgan, tajovuzkorlikni yoqlaydigan, qirg’in va bosqinlarni, odamlar va butun boshli xalqlarni o’ldirishni oqlaydigan mafkuralarni yaratish va jamiyatdagi shunga moyil qatlamlar orasida keng yoyishga harakat qilingan. Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm g’oyalari tarixda ham, hozirgi davrda ham eng mash’um rol o’ynamoqda, shakli o’zgarib, jinoyatkorona faoliyati qabihlashib borayotgan bo’lsada, mohiyati - yovuzlik, maqsadi - notinchlik, ijtimoiy xavfi o’ta jiddiyligicha qolmoqda.

Xalqaro terrorizm XIX asrdayoq vujudga kelgan. Siyosiy terrorizmni faqat

islom dini bilan bog’lash mutlaqo noto’g’ri ekanligi haqidagi ogohlantirish (Islom Karimov) bunday buzg’unchi g’oyalarga qarshi kurashda muhim metodologik asos bo’lishi kerak.

Etnik va millatlararo ziddiyatlarni kuchaytirish, bu sohada konflikt va urush- janjal chiqarishdan manfaatdor bo’lgan kuchlar hali ham borligini hisobga olinsa, O’zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o’rtasida totuvlikni barqaror qilinganligi mustaqillik yillarida erishilgan eng katta yutuqlardan biridir. Jamiyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan ma’naviy tahdidlar - «universal demokratiya», erkinlik va egotsentrizm niqobi ostida kirib kelayotgan zararli oqimlar tarzida namoyon bo’lmoqda. Buzg’unchi g’oya va mafkuraning eng zararli, yoshlarni o’z ona yurtiga mehrini so’ndirishga qaratilgan turi kosmopolitizm, ya’ni vatansizlik g’oyasidir. Demokratiyani keng yoyish shiori, aslida demokratiyaga zid ravishda uni eksport qilish rejasi ostida g’arazli maqsad va manfaatlar yashiringanligini yoshlarga atroflicha va ishonarli tushuntirish eng dolzarb vazifadir.

Ma’naviyatni asrash, boyitish, kelajak avlodlarga uni yanada pokiza va bezarar etkazish hozirgi avlodning, ayniqsa yoshlarning muqaddas burchi ekanligini birinchi yurtboshimiz Islom Karimov ko’p marotaba ta’kidlagan. Ma’naviyati yuksak xalq engilmas bo’ladi. Binobarin, millatning kuchi uning sonida, yoki faqat iqtisodiy, harbiy salohiyatida yohud oltin zahirasida ham emas. Milliy g’ururi baland, ruhiyati kuchli, o’z qadrini biladigan xalq hech kimga qaram bo’lmaydi.

Keyingi yillarda ma’naviyat sohasi g’oyaviy kurash maydoniga aylana boshladi. Ochiqdan-ochiq va ba’zan yashirin mafkuraviy xurujlar kutilgan natijani bermagani ayon bo’lgach, geosiyosiy kuchlar diqqat-e’tiborni ma’naviyatga qaratayapti. «Erkin va farovon hayotni yuksak ma’naviyatsiz qurib bo’lmaydi» maqolasi «Xalq so’zi» gazetasida 2005 yil 7 yanvar kuni chop etildi. Ushbu falsafiy maqolada ma’naviy tahdidlar haqida jiddiy mulohazalar bayon etildi. Bunda terrorizm va aqidaparastlik xavfi bilan bir qatorda endi xalqimiz, ayniqsa yoshlar ma’naviyatiga ham xurujlar zo’rayayotgani ta’kidlanadi. Ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan muqaddas islom dinining mohiyatini buzib ko’rsatish, turli makkorona yo’llar bilan yoshlarimiz ongiga yot va begona tushunchalarni singdirish, azaliy qadriyatlarimizga zarba berishga qaratilgan bunday xatarli oqim kuchayib bormoqda. «Bu xavf, - deb yozadi M.Saidov, - zamonaviy qurol-aslaha bilan qurollangan, ochiq kurash olib boradigan armiya emas, bamisoli kuchli seldek yo’lida uchragan narsani yo’q qilib, tinimsiz bostirib kelayotgan bo’tana bir oqimdir»13.

Ma’naviyatga chetdan bo’ladigan salbiy va o’ta salbiy ta’sirlar bor va bo’ladi. Yakin kelajakda bu xavf-xatarlar kamayadi, deb faraz kilish soddadillik, jinoyatkorona beparvolik bo’lar edi. Tashqi ma’naviy tahdidlarni to’xtatish, ta’qiqlash, ixotalash oson emas. Xalqni axborotning «temir qafasi» ichida saqlash mumkin emas, hatto zararlidir.

Asosiy masala – har qanday tashqi g’oyaviy, axlohiy ta’sirga nisbatan o’ziga xos «ma’naviy elak» shakllantirishdadir. Odamlarning o’zi har bir axborotni, yangilik va bilimni aql tarozusida tortib, ma’naviyat elagidan o’tkazib, yaxshi- yomonni ajratib olsin. Hozirgi davrda O’zbekistonga nisbatan xalqaro terrorizm tomonidan haqiqiy qo’poruvchilik harakatlari avj oldirilmoqda. Bu qo’poruvchilik harakatlari orqasida katta kuchlar borligi ayon. Ularning maqsadi, - Prezidentimiz ta’kidlaganidek, - xalqimizning tinchligini buzish, qo’rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchini so’ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarga zarba berishdan iborat.

Shu o’rinda aytish joizki, terrorchilik mafkurasi boshqa dinlarni inkor etish mafkurasi asosida shakllanadi. Bunga bir paytlar tinchlikni targ’ib qiluvchi tashkilot sifatida maydonga chiqqan, bugunga kelib eng ashaddiy terrorchilar, qotillar va zo’ravonlarni etkazib beradigan tashkilotga aylangan «hizbut-tahrir» ni misol qilib keltirish mumkin. Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Shu sababli ham bizning ishonchimiz komilki, avvalambor, terrorchilar tomonidan yoshlarning ongiga singdirib, ularni g’ayri qonuniy ishlarga tortadigan yovuz mafkuralarga qarshi keskin kurash olib borish kerak»14.

«Milliy ma’naviyatimizni va ma’naviy o’zligimizni tahdidlardan himoya qilish uchun milliy istiqlol g’oyasidan samaraliroq va kuchliroq vosita yo’q. Shu masalada milliy istiqlol g’oyasining juda muhim funktsiyasi, ya’ni milliy va ma’naviy o’zlikni himoyalash kabi muhim funktsiyasi namoyon bo’ladi. Milliy g’oya ana shu funktsiyani bajarish uchun esa yoshlar va aholi ongiga faqat bilim, tasavvur sifatida emas, ishonch va e’tiqod sifatida shakllanishi lozim.»15 O’zining falsafasi, o’z me’yor va mezonlarni «jahon standarti» darajasiga ko’tarib, boshqalarga zo’rlab singdirishga urinishlar ayrim xorijiy davlatlar va siyosiy kuchlar hatti-harakatida yaqqol namoyon bo’lib bormoqda. Iqtisodiy salohiyat, texnika va texnologiya sohasidagi ilg’orlik, o’z holicha ma’naviy sohada ham rahnamolikka asos bo’la oladi, degan xato fikrlar tarqalmoqda, aniqrog’i tarqatilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Islom Karimov universal demokratiya modeli yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, «biz demokratik jamiyat barpo etish maksadi sari qadamlarimizni ... xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan manzilga bosqichma-bosqich rivojlanish yo’li bilan etib borish uchun qo’ymokdamiz. Va ana shu yo’limizdan aslo qaytmaymiz»16, deb qat’iyat bilan ta’kidladi. Shu asnoda tashqi kuchlarning ichki ishlarga aralishishi, erkinlik va demokratiya niqobi ostida «rangli» inqiloblar tayyorlashga urinishi, mafkuraviy va ma’naviy xurujlar qilib, bunga zamin hozirlashi keskin qoralandi.

Binobarin, ma’naviyatni pasaytiruvchi, ichdan emiruvchi illat va nuqsonlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish muhim tarbiyaviy va mafkuraviy vazifa bo’lib qolaveradi. “Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat” nomli ma’ruzasida Islom Karimov muhim bir masalaga diqqatimizni qaratdilar. “...Oldimizga qo’ygan marralarga erishish yo’lidagi muammolar, qiyinchiliklar va etishmovchiliklar, joylarda yo’l qo’yilayotgan xato va nuqsonlar, uchrayotgan to’siq va g’ovlar, sodir bo’layotgan jinoyatlar haqida oshkora gapirish, bu to’g’rida odamlarga haqqoniy va xolis axborot etkazishda biz hamon zaif bo’lib kelmoqdamiz”. Xorijdagi do’stlarimiz ham, muxoliflarimiz ham o’rgansa arziydigan zalvorli fikr. Ushbu masalaning mavzuga aloqador qismi – “Yoshlar va siyosiy madaniyat” masalasidir. Mamlakat siyosiy hayotida yoshlar o’rni va rolining oshib borishi – avvalgi va hozirgi asrning eng muhim xususiyatlaridan biri ekanligi shubhasiz. O’sib kelayotgan, mustaqil hayotga qadam qo’yayotgan yosh avlodning siyosiy ongi va madaniyati, siyosiy faolligi va etukligi shu yurtning qudratini, barqarorligi va istiqbolini belgilab beradi.

O’zbekistonda amalga oshirilgan siyosiy o’zgartishlar, ikki palatali Parlamentning ta’sis etilishi, saylov oldi va saylovlarda barcha aholining faol va talabchan ishtiroki bu borada qo’lga kiritilgan jiddiy yutuqlar sarasiga kiradi. Ayni paytda, tezkorlik va asosli tarzda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar quyidagilardir:

• mamlakat miqyosida mavjud siyosiy partiyalar qoshida tashkil etilgan turli nomdagi yoshlar tashkilotlariga yoshlarni kengroq jalb qilish;

• yoshlarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishda, ularni ish bilan ta’minlashda, ijodiy ish bilan shug’ullanishlarida, xorijiy tillarni o’rganishlari uchun, Oliy o’quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik ko’rishlari, kasb tanlashlari va boshqa muammolarni xal etib borishda ularni o’z partiya tashkilotlari qoshidagi maxsus qanot tashkilotlarga jalb qilish;

• yoshlarni Vatanga muxabbatli, sadoqatli qilib tarbiyalashda muxim o’rin tutgan uning tarixini o’rganish uchun respublikamizning tarixiy joylari bo’ylab sayohatlar uyushtirish;

• yoshlarni ma’naviyatli qilib tarbiyalash uchun milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhidagi joylar, folklor asarlar, ularni asrab kelayotgan millat vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;

• milliy mentalitetimizga xos ravishda, etim-esirlarga, ojizlar, nogironlarga muruvvat ko’rsatish ruhida yoshlarni tarbiyalash uchun “Qariyalar uylari”, “Mehribonlik uylari”, kasalxonalar, nogiron mahalladoshlarga imkon qadar mehribonlik, muruvvat yurishlari va uchrashuvlarini tashkil etish;

• kasb tanlash, mehnat va uning mashaqqati ortidagi shon-shuhratni anglab etish maqsadida mehnat qahramonlari, o’z kasbining ustalari, shoirlar, yozuvchilar, san’atkorlar, ishchilar, dehqonlar, siyosiy arboblar, olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va hokazolar.



Xulosa. Xulosa qilib aytganda Milliy ma’naviyatning demokratik tamoyillari mavzuini tadqiq qilish asosida quyidagi xulosalarga kelindi: Islom Karimov asarlari asosida kelib chiqadigan uchta muhim metodologik xulosa milliy ma’naviyatni falsafiy tahlil etish uchun e’tiborga loyiq:

birinchidan, ma’naviyatni shakllantiradigan omillar, ma’naviyatni yuksaltirish mezonlarini chuqur tahlil qilish zarur;

ikkinchidan, urf-odat va an’analar ma’naviy meros va kundalik mezon sifatida yuksak ma’naviyatni shakllantiradi;

uchinchidan, aynan shu urf-odat, marosim va an’analar avlodlar vorisligini ta’minlaydi, ma’naviyatni saqlash va turli tashqi tahdidlardan himoya qilishga xizmat etadi.

Milliy ma’naviyat juda serqirra, serjilo ijtimoiy hodisa bo’lib, o’z rivojlanish qonuniyatlariga, o’zining ustuvor yo’nalishlari, takibi va tartibi, tamoyil va mayllariga egadir. Millatni va shaxsni ruhan poklanish va qalban ulg’ayishga chorlaydigan yuksak ma’naviyat o’z holicha shakllanib qolmaydi, buning uchun milliy tarbiya, g’oyaviy-siyosiy ta’sir, mafkuraviy immunitet zarur. Milliy ma’naviyatdagi eng ezgu, olijanob g’oyalar, axloqiy qadriyatlar, sermazmun marosim va odatlar jahonda ustuvor bo’lgan umumdemokratik tamoyillarga mos keladi. Binobarin, jamiyatni demokratlashtirish jarayonini ma’naviy poklanish va yuksalishsiz, ma’naviyatni yanada rivojlantirishni esa, jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishdan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi.

Demokratik jamiyatni barpo etishning tamoyillari, dunyo tan olgan, e’tirof etgan, barcha uchun umumiy bo’lgan o’z yo’riqlari mavjud. Bularga qo’yidagilar

kiradi: bevosita fuqaroning o’z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi,

ozchilikning ko’pchilikka buysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy

kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqliligi, davlat va jamiyat

boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylash va saylanish huquqi va boshqalar. Bular deyarli barcha mamlakatlar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qat’iy belgilab qo’yilgan demokratiyaning umumiy tartib- qoidalaridir.

Ayni paytda, demokratiyani hayotga joriy qilishda xalqning milliy ehtiyojlari, turmush tarzi, axloqiy mezonlaridan kelib chiqib yondashish kerak. Hamma xalqlar uchun demokratiyani birday joriy qilishning bir xil qolipi bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun demokratiyaning g’arb va sharqonaligi haqidagi qarashlar yuzaga kelib chiqqan. Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi.

Demokratiyani joriy etishning bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan, odamlar ongi va qalbi orqali amalga oshirish kabi o’zbekona tamoyillari mavjud. Milliy ma’naviyatni demokratiya bilan uyg’unlashtirish siyosiy tizim sub’ektlaridan hisoblangan institutlar - davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, nodavlat va jamoat tashkilotlarini mustahkamlash va rivojlantirish

jamiyatni demokratlashtirish jarayoni bilan bog’liq, zero uning izchilligi va samaradorligini ta’minlash - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Ushbu tashkilotlar faoliyatining kengayishi orqali aholining siyosiy va huquqiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni ta’minlaydigan mexanizmlarni shakllantirish pirovardida ma’naviyatni yuksaltirishga ham ijobiy ta’sir o’tkazadi.

Hozirgi globallashuv davrida o’zining falsafasi, o’z me’yor va mezonlarni

«jahon standarti» darajasiga ko’tarib, boshqalarga zo’rlab singdirishga urinishlar ayrim xorijiy davlatlar va siyosiy kuchlar hatti-harakatida yaqqol namoyon bo’lib bormoqda. Iqtisodiy salohiyat, texnika va texnologiya sohasidagi ilg’orlik, o’z holicha ma’naviy sohada ham rahnamolikka asos bo’la oladi, degan xato fikrlar tarqatilmoqda.

Islom Karimov universal demokratiya modeli yo’q va bo’lishi ham mumkin

emas, «Biz demokratik jamiyat barpo etish maqsadi sari qadamlarimizni...

xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan manzilga bosqichma-bosqich rivojlanish yo’li bilan yetib borish uchun qo’ymoqdamiz. Va ana shu yo’limizdan aslo qaytmaymiz»17, deb qat’iyat bilan

ta’kidladi. Shu asnoda tashqi kuchlarning ichki ishlarga aralishishi, erkinlik va

demokratiya niqobi ostida «rangli» inqiloblar tayyorlashga urinishi, mafkuraviy va

ma’naviy xurujlar qilib, bunga zamin hozirlashi keskin qoralandi. Demokratiyani

keng yoyish shiori, aslida demokratiyaga zid ravishda uni eksport qilish rejasi

ostida g’arazli maqsad va manfaatlar yashiringan.

Geosiyosiy markazlar buyurtmalarini bajaradigan jurnalistlar O’zbekistonda

demokratiya tanqisligini «isbotlashga» urinib, oiladagi va mahalladagi muhitni,

urf-odatlarimiz va eng asosiysi qadriyatlarimizni soxtalashtirishga urinishadi.

Mahalla – o’zbek xalqining buyuk kashfiyoti, dunyodagi jami xalqlar andoza va o’rnak olsa arziydigan qadriyatidir. Ayrim xorijiy taftishchilar mahalla haqida

noo’rin tanqidlarni yozadilar. Ma’naviy qadriyatlarimiz ichida ajnabiy muxoliflar tomonidan demokratiyaga zid deb tanqid qilinadigan yana bir qadriyat – or-nomus, iffat, sharm-hayo masalasidir.

Yuqorida olib borgan tahlilimiz o’zbek milliy ma’naviyati qadim-qadimdan

o’ziga xos xalqparvar va insonparvar tamoyillarga asoslanganini, hozirgi zamon

demokratik printsiplariga ham mutlaqo mos kelishini isbotlaydi. Demokratik islohotlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi tub siljishlar ma’naviyat sohasini

yanada rivoyulantrishga, jamiyat va inson ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.


Download 68,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish