JAVOBLAR:
1. Buyuk Ipak yoʻli Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli.
Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.
Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining
oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari
hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza
keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.
Ayni paytda, bozor munosabatlari o’zbek xalqi uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li – Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha SHarq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirishi lozim edi. Buesa oson ish emasdi. Zero, kommmunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida – 70 yil mobaynida xalq bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati chuqurlashgan edi.
2. O`tgan asrning 90-yillarini o`z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakat boshdan kechirgan davr-``O`zbek modeli``deb ataladi.
O’tgan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O’zbek modeli ikkita katta sinovdan o’tdi. Birinchi sinov – o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakat boshdan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri davom etayotgan pallada O’zbekiston postsovet maydonida birinchi bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi,sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan oshib ketdi.
3. ``O`zbek modeli ``samaradorligini Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi to`la tasdiqladi.
O’zbek modeli mamlakatimizning o’ziga xos taraqqiyot yo’lidir. Umuman, iqtisodiy rivojlanish modeli deganda iqtisodiyotni tashkil etish, rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar va amaliy faoliyatlar majmui tushuniladi. Bu tushuncha XX asrning 50-yillarida paydo bo’ldi. Bu davrda jahondagi ko’pchilik mamlakatlar istiqlolga erishib, milliy davlat qurish yo’liga o’tgan edilar. Har qanday jamiyatbir tuzumdan boshqasiga o’tar ekan, shubhasiz, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlashga harakat qiladi. Bu jarayonda o’zgalarning xato va yutuqlarini o’rganadi, ulardan tegishli xulosalar chiqaradi.
O’zbek modelining qaysi global yoki mintaqaviy model bilan uyg’unlashuvi tez va oson kechadi, degan savolning qo’yilishi ham bu vaqtda tabiiy edi. Bunda G’arb andozalari afzalmi yoki SHarq? Qaysi bozor qadriyatlari biz uchun qulay?
Masalaga yanada aniqroq yondashiladigan bo’lsa, XX asrning 90-yillari boshlarida O’zbekistonning oldida bir qator strategik rivojlanish yo’llari turganini ta’kidlamoq lozim. Ularni 4 yunalish – xom ashyo, agrar, industrial va xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha guruhlashtirish mumkin. Ulardan har biri jozibali, respublika uchun real iqtisodiy taraqqiyot modeli bo’lishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yo’lini tutish tabiiy boyliklarning yanada talon-toroj qilinishiga, o’z imkoniyatlarini tugatgan ekstensiv ishlab chiqarish omiliga yopishib olishga, aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal etishdan yuz burishga, sanoatning faqat muayyan tarmoqlarini rivojlantirishgagina zo’r berishga olib kelishi muqarrar bo’lardi. Agrar yo’l iqtisodiy taraqqiyot taqdirini agrosanoat majmui tarmoqlarini rivojlantirish asosiga qurishni taqozo qilar, aholining asosiy qismini qishloq xo’jaligi bilan band qilishga olib kelardi. Bunday taraqqiyot nisbatan qoloq, hozirgi zamon sivilizatsiyasidan ancha uzoqda bo’lgan mamlakatlar uchun xosdir. Industrial iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligini Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi to’la tasdiqladi. Taraqqiyotning xizmat ko’rsatish yo’nalishi ham O’zbekistonga qo’l kelishi tabiiy edi.
4.O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar Strateiyasi 5 ta ustuvor yo`nalishdan iborat.
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi.
Davlat rahbarining g’oyasi va tashabbusi bilan joriy etilgan, O’zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg’or demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o’rin egallashi asosiy maqsad etib belgilangan mazkur Strategiya mamlakatning yaqin istiqboldagi taraqqiyot yo’lining bosh ustuvor hujjati sifatida xalqaro jamoatchilik, nufuzli ekspert-mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari, siyosatshunoslar tomonidan yuqori baholandi.
Harakatlar strategiyasida O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi belgilab berilgan bo’lib, ularning har birida mamlakatda yangi bosqichdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini ta’minlashga oid aniq chora-tadbirlar o’z aksini topgan.
1. «Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish» deb nomlangan birinchi yo’nalishda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish nazarda tutilgan.
2. «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish» deb nomlangan ikkinchi yo’nalishda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish ishlarida samaradorlikni oshirish, sudlarni chinakam “Adolat qo’rg’oni”ga aylantirish yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, sud-huquq tizimida yangi yo’nalishdagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan.
3. «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo’nalishda milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solish, O’zbekistonga xorij investitsiyalarini keng jalb qilish, yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mamlakatning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yuksaltirish, umuman, mamlakat iqtisodini jadal rivojlantirish bo’yicha tegishli vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhim o’rin tutadi.
4. «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga qaratilgan.
5. «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish» deb nomlangan beshinchi yo’nalish doirasida esa, davlatning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga oid chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek, dunyoning barcha davlatlari, ayniqsa, birinchi navbatda, qo’shni davlatlar bilan o’zaro teng manfaatlarga asoslangan do’stona aloqalar va mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish kabi tinchlikparvar siyosatga tayangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |