4 - D A R S I S H L A N M A S I.
Dars o’tish vaqti ______________ 6-sinf Mavzu: hujjatlarning asosiy parametrlari
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga hujjat,sahifa,shrift,abzas parametrlari haqida ma’lumot berish
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish
c) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga kompyuter savodxonlik elementlarini shakllantirish
Dars tipi: kombinatsiyalashgan aralash dars
Dars jihozi:
konspekt va darsliklar
ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar
EHM va texnika vositalari
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar:
1. O’quvchi bilishi kerak: Matn muharririning vazifalari va imkoniyatlarini
2. O’quvchi bajara olishi kerak: Darslikning 20-betidagi 1-11 savol va topshiriqlarni
Darsning borishi:
1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).
2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.
2.Savol – javob kartochkalari
3.Test
Vazifa: darslikdagi.4-$ ni o’qish, 20-betdagi 10-11-mashq
Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.
Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.
O’qituvchi:
Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I
Hujjat parametrlari
Hayotimizni turli-tuman hujjatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Inson tug'ilishi bilan unga tug'ilganlik haqida guvohnoma yoziladi, salomatlik varaqasi ochiladi va hokazo. Uyda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to'lov kvitansiyasi, biror mavzuda tayyorlangan referat yoki insho ham shular jumlasidandir. Bu ro'yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ularbir-biridan faqat mazmuni bilan emas, balki boshqa jihatlari bilan ham farq qiladi. Birinchi navbatda ko'zga tashlanadigan farq — hujjatlarning o'lchamida. Turli hujjatlar turli o'lchamdagi qog'ozga yozilganini ko'p kuzatgansiz. Bundan tashqari, matn yozilganda sahifaning chap, o'ng, yuqori va pastki qismidan turlicha masofa qoldiriiadi. Turli hujjatlarda satrlar orasidagi masofa ham har xil bo'lishi mumkin. Rasmiy hujjatlarda bu kabi cheklanishlar juda ko'p uchraydi.
Matn protsessorian yordamida hosil qilingan matn hujjat deb yuntilishi avvalgi darslarda aytib o'tilgan edi. U rasmiy hujjat bo'iishi shart emas.
Matn protsessorian da tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa parametrlari va matn parametrlari (shrift, abzas) belgilab olinadi. Ular hujjatlarning parametrlari deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |