Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar, ularning ahamiyati.
Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag’lari va ularning xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini qo‘llash hisobga olinayotgan ob’ektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va iste’mol hossasi fark qiladi. Masalan, hisob ob’ektlari: og’irlik birligida (gramm, kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr); uzunlik birligida (santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi.
Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish, ularning miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi.
Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi.
Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog’liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni 2 guruhga ajratish mumkin:
-ichki foydalanuvchilar (boshqaruvchilar);
-tashqi foydalanuvchilar (sub’ektdan tashqaridagilar).
Ichki foydalanuvchilarga quyidagilar kiradi:
- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ma’muriyati - faoliyatni boshqarish va uning oldida turgan maqsadlarga erishish uchun to‘liq javobgar bo‘lgan shaxslar. Ular boshqaruv qarorlarini qabul qilishda byudjetlashtirish, xarajatlarni hisobga olish, mahsulot tannar-xini kalkulyatsiya qilish, segmentar hisobotlarini tuzish va trans-fert baholarni shakllantirish, tezkor boshqaruv axborotlaridan foydalanadilar.
- mulkdorlar - ular qo‘yilgan o‘z sarmoyalari bo‘yicha dividendlari miqdorini oshirishdan manfaatdor bo‘ladilar. Moliyaviy hisob va hisobot ularga o‘zlari tomonidan qo‘yilgan mablag’lardan xo‘jalik sub’ekti rahbariyati samarali foydalanishni baholash imkonini beradi.
- su’bekt xodimlari va xizmatchilari - ularni ish haqi, nafaqa va turli ijtimoiy hizmatlar bilan ta’minlash salohiyatini baholash imkoniyatini beradigan axborotdan manfaatdordirlar.
Tashqi foydalanuvchilarga mol yetkazib beruvchilar, alohida bo‘linmalar, xaridorlar va mijozlar, qarz beruvchilar va kreditorlar, investorlar, soliq tashkilotlari, bank, moliya tashkilotlari va statistika kabi boshqa guruhlarni kiritish mumkin. Tashqi foydalanuvchilar uchun yillik moliyaviy hisobotlar ochiq bo‘lishi kerak. SHu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g’risida»gi qonunning 20-moddasiga ko‘ra, aktsiyadorlik jamiyatlari, sug’urta kompaniyalari, banklar, fond birjalari, investitsiya fondlari va boshqa shunga o‘xshash xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g’riligi auditorlar tomonidan tasdiqlangandan keyin, kelgusi yilning birinchi mayiga qadar yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishlari shart.
Ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan hisob axborotining mazmuniga qo‘yiladigan talablardan kelib chiqib, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi tizimi ikki turga ajratildi: moliyaviy va boshqaruv hisobi.
Tashqi ma’lumot iste’molchilarini qo‘yidagilar qiziqtiradi:
- korxona aktiv va passivlari tarkibi;
- uning likvidligi;
- o‘z va qarzga olingan mablag’lar;
- aktivlarning aylanish tezligi;
- sotilgan mahsulot va hamma aktivlarning rentabelligi;
- mulk egasida qoladigan sof foyda;
- agar hissadorlik kompaniyasi bo‘lsa, dividend to‘lash miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |