4. budjet tashk1lotlarida qo‘llaniladigan sintetik va analitik hisob registrlari



Download 25,06 Kb.
bet4/6
Sana31.12.2021
Hajmi25,06 Kb.
#268606
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4. budjet tashk1lotlarida qo‘llaniladigan sintetik va analitik h

2.4. Daromadlarning analitik hisobi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlarga

kelib tushgan daromadlar va aniqlanmagan tushumlar summalarining

analitik hisobi ≪Daromadlar≫ kitobida (5-shakl) olib boriladi. Uning

≪mundarija≫ qismida, mazkur budjetga kelib tushadigan daromadlarning

barcha turlari, ya’ni budjet tasnifining bo‘limi, bobi va paragrafi,

daromadning har bir turining to'liq nomi va kitobda daromadning u yoki

bu turiga berilgan kitob varaqlarining raqami ko‘rsatiladi.

Davlat budjeti daromadlarining analitik hisobi asosida, bu hisob

qaysi moliya organiga yuklatilganligidan qat’iy nazar, budjet daromadlari

tasnifi yotadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti va mahalliy budjetlar

daromadlarining analitik hisobini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Moliya vazirligi va mahalliy (viloyat, shahar, turnan) moliya organlari

35

amalga oshiradi. Analitik hisob daromadlaming har bir turi bo‘yicha



alohida-alohida budjet daromadlari tasnifining har bir bo‘limi bo‘yicha

olib boriladi.

Memorial-order va kelib tushgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarga

asosan bu kitobning ≪Kredit≫ ustuniga, har bir daromad turi

uchun belgilangan qatorlar bo‘yicha yozuvlar qilinadi. Davlat soliqlari

va daromadlaridan ortiqcha ajratilgan summalar ushbu kitobga alohida

qator bo‘yicha yoziladi. Noto‘g‘ri yoki ortiqcha tushgan daromadlar,

≪Debet≫ ustunida xronologik tartibda yoziladi. Bu yozuvda memorialordeming

tartib raqami, daromadlaming bo‘limi, bobi, paragrafi

hamda summasi ko‘rsatiladi. Oy tugashi bilan ushbu operatsiyalar bir

xil alomatlarga ega bo‘lgan daromadlaming qaytarilgan summalari

bo‘yicha operatsiyalar debet ≪Oy bo‘yicha jami≫ ustunining tegishli

qatorlarida, har bir daromad turi bo‘yicha qaytarilgan umumiy

summalar tartiblashtiriladi, so'ngra joriy oy bo‘yicha, yil boshiga va

040-≪Budjet daromadlari≫ subschyoti bo‘yicha jami hisoblab chiqiladi.

Qaytarilayotgan summa mazkur daromad turi bo'yicha yil boshidan

buyon tushgan tushumlardan oshib ketgan hollarda (masalan, tugagan

yil uchun qayta hisoblashlar bo‘yicha yil boshida qaytarilganda) hosil

bo‘lgan manfiy qoldiq ≪Yil boshidan jami≫ ustuniga qizil siyoh bilan

yoziladi. Aniqlanmagan tushumlar summasi ≪Daromadlar≫ kitobiga

(5-shakl) 041-≪Aniqlanmagan tushumlar≫ subschyoti bo‘yicha yoziladi.

Kitobning bir varag‘idagi qatorlar soni oylik operatsiyalarni yozish uchun

yetarli bo'lmasa, u holda olingan daromadlar alohida turlari bo‘yicha

kitobning keyingi varaqlaridan foydalaniladi.

Mamlakat respublika budjeti daromadlarining kundalik analitik

hisobini yuritish bank muassasalariga yuklatilgan. Bank muassasalari

budjet daromadlari tasnifining hamma bo‘linmalari bo‘yicha

respublika budjeti daromalarining analitik hisobini olib boradi va har

oyda respublika budjetiga tushgan daromadlar haqida hisobotni tuzib,

0 ‘zbekiston Respublikasi Moliyavazirligigataqdimetadi. 0 ‘zbekiston

Respublikasi Moliya vazirligida 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy

banki hisobotiga asosan, tugagan oyning budjet tasnifining hamma

bo‘linmalari umumiy jami bo‘yicha ≪Daromadlar va xarajatlar hisobi

uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar≫da (5-mf-shakl) tugagan oy

uchun daromadlarni analitik hisobi olib boriladi. ≪Daromadlar va

xarajatlar hisobi uchun har oylik vedomost(yoki kitob)lar≫ (5-mfshakl)

asosida memorial-order tuziladi, so‘ng ≪Bosh-jurnal≫ kitobiga

(1-shakl) yoziladi.




Download 25,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish