MODERN
12. XX asrda Fransiya, Angliya, Belgiya, Gollandiya, GDR, GFR,
Amerika me’moriy, tasviriy va amaliy-bezak san’ati.
Modern uslubining paydo bo‘lishi va jaxon san’atiga ko‘rsatgan ta’siri.
Qadimgi davr musiqa madaniyati.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida musiqaning paydo bo‘lishi.
Umumiy sharH. Musiqa - insoniyat erishgan taraqqiyotni aks
ettiruvchi ko‘zgu. OHang jiHatidan rivojlangan musiqa chuqur
tuyg‘ular va fikrlar ifodasi. Musiqiy tizimlarning vujudga kelishi.
Musiqiy cholg‘ularning takomillashuvi. Nota yozuvining ixtiro etilishi.
Mavzular, janrlar va obrazlar doirasining kengayishi.
Ko‘hna madaniy uchoqlar. Ko‘hna musiqiy madaniyatlar.
2-Bob SHarq va O‘rta er dengizi mamlakatlarining qadimiy
musiqa madaniyati.
2.1 Qadimgi SHarq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy tuzumi
sharoitida madaniyat va san’atning rivojlanishi.
Qadimgi Misr. Xalq musiqiy-she’riy san’ati. Saroy va ehrom
musiqiy-she’riy san’ati. Qadimgi Misr drama-misteriyalar.
Ommaviy marosimlarda musiqaning o‘rni. Musiqiy cholg‘ular.
SHumer-Bobil musiqa madaniyati. Musiqiy-she’riy san’atning
ijtimoiy hayotdagi roli. Saroy va ehrom musiqasi. Xalq musiqasi.
Epos bilan bog‘liq dramatik tomoshalar.
Qadimgi Xitoy musiqa madaniyati. Musiqaning ijtimoiy hayotdagi
mavqe’i Xitoy xalq musiqasi. Xitoy musiqasining xususiyatlari.
Saroy va ehrom musiqasi. Pentatonika. Musiqiy cholg‘ular.
Qadimgi Xitoy tarixiy-falsafiy manbalarida musiqa masalalari.
Qadimgi Hindiston musiqa madaniyati. Folklor (qahramonlik eposi).
Kasbiy musiqa. Lirika. Musiqali teatr. Saroy va ehrom musiqasi.
Qadimgi Hind musiqasining xususiyatlari. Notatsiya. «SHruti tizimi».
Musiqiy cholg‘ular. Qadimgi SHarq musiqasiga xos umumiy jihatlar.
Antik dunyo (Qadimgi YUnoniston va Rim) musiqa madaniyati.
Qadimgi yunon badiiy madaniyatining xususiyatlari. Qadimgi yunoy
musiqa-poetik madaniyati manbalari. Gomer davri musiqiy-poetik
madaniyati. Mavjud nota yodgorliklarining ta’rifi. Badiiy ijodiyotning
asosiy shakllari: mifologiya, uyinlar, teatr, lirika (xor, yakka ashula).
«Satir» dramasi va xorovodli komediya. Ellinistik davr musiqa madaniyati.
Qadimgi Rim madaniyatining umumiy ta’rifi. Musiqaning ijtimoiy
hayotdagi mave’i. Pantomim. Rim imperiyasi musiqa madaniyati markazlari.
Antik musiqiy madaniyat xususiyatlari. Antik dunyo mutafakkirlari
asarlarida musiqa estetikasi va nazariyasi. Musiqiy tizimlar.
Antik musiqa madaniyatning san’atining keyingi taraqqiyotiga ta’siri.
2.2 O‘rta asrlar musiqa san’ati.
Umumiy sharh. Feodalizm davridagi Ovruponing ijtimoiy, madaniy
va badiiy hayotiga umumiy tavsif. O‘rta asr adabiy obidalari.
Musiqa san’ati rivojlanishida cherkovning ahamiyati.
Musiqa san’atining cherkovdagi o‘rni. Grigorian xorali. Gimnlar.
Messalarning kelib chiqishi. Mazkur davr xalq musiqasi, uning
g‘oyaviy-obrazli mazmuni. O‘rta asr sharoitida xalq musiqasi ijrochilari.
Trubadurlar, truverlar, minnizingerlar ijodi, shakl va janrlari.
Uyg‘onish davri musiqa san’ati.
Ovrupo uyg‘onish davri ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotining ziga
xos xususiyatlari. Uyg‘onish davri musiqa san’atiga xos jihatlar.
Milliy musiqa maktablarining shakllanishi. Uyg‘onish davridagi
musiqiy-nazariy va musiqiy-estetik qarashlar. Italiya, Farangiston,
Ispaniya, Niderlandiya, Olmoniya, CHexiya va Polsha kabi
mamlakatlarning ijtimoiy hayotida musiqaning o‘rni. Mazkur
davrda ijtimoiy fikr, fan, adabiyot va san’atning yuksalishi.
Kompozitorlar ijodidagi mavzu va obrazlar. Uyg‘onish davri musiqa
janrlari tasnifi.
XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida opera san’ati.
XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida yangi janr va shakllarning
paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Major-minor sistemasi,
gomofon-garmonik uslublarning qaror topishi. XVII asrning oxiri
XVIII asrning boshlarida opera yaralishining estetik asoslari.
Musiqiy teatrning rivojlanishi. Italiya (Florensiyadagi Barii tugaragi,
Venetsiyada K. Monteverdi ijodi, Neapolitanda A. Skarlatti ijodi),
Farangiston (J. B. Lyulli va J. F. Rama ijodlari), Angliya
(Persell va D. Pepush ijodi), Olmoniya
(G. SHyuts ijodi, Gamburg maktabi) kabi mamlakatlarda opera
maktablarining musiqiy qarashlari.
XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida cholg‘u musiqasi
san’ati.
XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida milliy cholg‘u musiqa maktablarining
rivojlanishi, umumiy qonuniyatlarining tavsifi. CHolg‘u musiqasi
taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Italiya (J. Freskobaldi, A. Korelli,
D. Tartini, A. Vivaldi, A. Skarlatti ijodi), fransuz
(F. Kuperen, J. F. Rama), ingliz (U. Berd), olmon (D. Bukstexude)
cholg‘u musiqa maktablariga xos asosiy janr va shakllar.
G. F. Gendel (1685-1759) - XVIII asrning buyuk kompozitori.
Ijodiy yo‘li. Musiqiy tilining o‘ziga xos jihatlari. Gendel ijodida
opera va oratoriyaning tutgan o‘rni. «Samson» (1743) oratoriyasi.
CHolg‘u musiqasi. Gendel ijodining tarixiy ahamiyati.
S. Bax (1685-1750) - buyuk almon klassik kompozitori.
Ijodiy yo‘li. Musiqasining g‘oyaviy-obrazli, falsafiy mazmuni.
Bax asarlarida islohotchilik nishonalari. Baxning vokal cholg‘u ijodi
(N-moll Messasi). Organ musiqasi (Xoral prelyudiyalari).
Klavir musiqasi (tokkata, fantaziya, syuita, konsert). Bax
ijodida kichik polifonik turkum («YAxshi temperatsiyalangan klavir»).
Bax ijodining tarixiy ahamiyati.
K. V. Glyuk (1714-1787) ijodi. Glyuk opera islohotining
ijtimoiy va g‘oyaviy asoslari. Uning Ovrupo opera san’ati
yo‘nalishlari va o‘zaro kurashdagi o‘rni. Glyuk islohotining tarixiy
ahamiyati. Opera islohotining prinsiplari: librettoga munosabat,
so‘z va musiqa nisbati, musiqali dramaturgiya musiqa bilan
dramatik harakat qorishmasi sifatida. Ovrupo musiqali teatrining
rivojlanishida Glyuk musiqali dramalarining ahamiyati.
Vena klassik maktabi.
Demokratik konsert tajribasining qaror topishi. Konsert
tashkilotlarining poydo bo‘lishi. XVIII asr ikkinchi yarmida
Avstriya cholg‘u musiqasi. Vena yirik musiqa markazi, Klassik
simfonizmning yuzaga kelishi va qaror topishi. Simfoniyaning
tuzilish negizlari. Sonatali-simfonik turkumning tuzilishi. Simfonik
orkestrning shakllanishi va sonatali-simfonik janrlarning turli
milliy madaniyat sharoitlarida shakllanishi. Vena klassik maktabining
tarixiy ahamiyati.
Gaydn (1732-1809) - Vena klassik maktabining yorqin namoyandasi.
Kompozitorning klassik sonata vo simfoniyaning rivojidagi roli. Gaydn
ijodiy merosining umumiy tavsifi. Xalq maishiy manbalari olmon, avstriya,
vengr, chex folklori bilan aloqasi. Musiqasining obrazli xususiyatlari,
janr jihatdan xilma-xilligi. Gaydn simfonik uslubining tavsifi. Uning
dasturli simfonizmi («Tong», «Oqshom» sillfoniyalari, «Parij» va
«London» simfoniyalari turkumi). Kompozitornning oratoriya ijodi
(«Yil fasllari» oratoriyasi). Ijodida kvartet va sonata klassik shakllarining
qaror topishi. Gaydn ijodining tarixiy ahamiyati.
V. A. Motsart (1756-1781) – musiqa madaniyatining daho ijodkorlaridan.
Motsartning ijodiy yo‘li: davrlar. Ijodiy merosiga umumiy tavsif. Motsart
musiqasining uslubiy xususiyatlari. Ijodiy merosining janr jihatdan
xilma-xilligi. Sonatali-simfonik turkimning rivojlanishida Motsart
ijodining ahamiyati. Motsartning simfonik ijodi (№40,41 «YUpiter»
simfoniyalari misolida). Motsartning opera ijodi («Figaroning uylanishi»,
«Sehrli nay»). Motsart ijodida kantata-oratoriya janrlari («Rekviem»).
Motsart ijodida kvartet, sonata va konsert shakllari. Motsart ijodining
tarixiy ahamiyati.
L. Betxoven (1770-1827) - jahon musiqa madaniyatining buyuk
hodisalaridan biri. Betxoven dunyoqarashining shakllanishida
ozodlik harakatining o‘rni. Ijodining ijtimoiy-falsafiy asoslari,
grajdanlik mavzusi. Betxoven musiqasida vorislik va novatorlik.
Kompozitorning ijodiy yo‘li: davrlar. Asarlariga tavsif.
Sonatali-simfonik turkumning rivojlanishida Betxovenning ahamiyati.
Simfonik ijodi: islohotchilik belgilari; dramaturgiya, shakl, musiqa
tilining o‘ziga xosligi. Fortepiano sonatalari. Kompozitorning opera
va vokal ijodi. Betxoven ijodining olamshumul ahamiyati.
|