8. Hikoyaga mos, chiroyli sarlavha toping.
Antibiotik tanada 3 kun davomida yashab, uni bakteriyalardan tozaladi. Qatiq va boshqa yeguliklar bilan birga foydali bakteriyalarning katta oilasi tanamizga kirib kela boshladi. Tanadagi hayot yana o‘z iziga tushib ketdi. Hamma avvalgidek xursand yashay boshladi. Xush kelibsiz!
Sekin-asta foydali bakteriyalar qaytib keladi. Bo‘shab qolgan tanani yana to‘ldira boshlashadi.
Nega qatiq yoki yogurt?
Chunki ular foydali bakteriyalar bilan to‘la. Yaxshi bakteriyalarning
qaytishini tezlatish uchun doktor qatiq yoki yogurt yeyishni maslahat berdi.
O
9. Qaysi so‘zlar to‘g‘ri yozilgan? Daftaringizga ko‘chirib yozing.
Ozodalik qoidalari.
Mikro‘b Milyon Million Mikrob Mikrasko‘p Mikroskop
Ba’zi so‘zlar aytilganidek yozilmaydi. Bunday so‘zlarni mavzular davomida o‘rganib, yodda saqlab borishingiz kerak.
Mikroblardan himoyalanish uchun qoidalar ishlab
chiqing.
Qoidalarni qog‘ozga yozib, xonangizga yopishtirib
qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |