4-Amaliy mashg’ulot: O’lchash o’zgartgichlari konstruksiyalari.
O'lchash o'zgartgichi-o'lchanadigan kattalikni qabul qilish va uni avtomatik qurilmaning keyingi elementlariga uzatishga qulay signalga aylantirish uchun mo'ljallangan har qanday avtomatik rostlash sistemasining asosiy elementiga aytiladi.
Datchik tushunchasini o'zgartkich tushunchasidan farqlash zarur. O'zgartkich bir tipdagi energiyani boshqasiga konvertatsiyalaydi (yangi, boshqa holat, sifatga aylantirish, o'zgartirish), datchik esa tashqi ta'sirning har qanday tipidagi energiyasini elektr signaliga aylantiradi. O'zgartkichga misol bo'lib, akustik to'lqinlarni shakllantirish uchun elektr signalni o'zgaruvchan magnit maydoniga konvertatsiyalaydigan ovoz kuchaytirgich xizmat qilishi mumkin. Bu o'rinda gap qandaydir tashqi axborotni qabul qilish to'g'risida bormaydi (shuni qayd qilish lozimki, agar ovoz kuchaytirgich kuchaytiradigan qurilmaning kirishiga ulansa, u xuddi mikrofon kabi ishlaydi. Bu holda uni akustik datchik deb atash mumkin). O'zgartkichlar shuningdek, yuritmalar funksiyasini ham bajarishi mumkin. Yuritmani datchikka qarama-qarshi qurilma sifatida ta'riflash mumkin, chunki u elektr energiyasini, qoidaga ko'ra, noelektr energiyaga aylantiradi. Yuritmaga misol bo'lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradigan elektromotor xizmat qila oladi.
O'lchash o'zgartgichlari mexanik va elektrik signali bo'lishlari mumkin. Mexanik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarida o'lchanadigan kattalik mexanik signalga, elektrik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarida esa elektrik signalning biror turiga aylantiriladi. Elektrik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlarining mexanik chiqish signalli o'zgartgichlarga nisbatan afzalligi ularning distansion o'lchashi, chiqish signalining oson kuchaytirish mumkinligi, chiqish signallini rostlash va boshqarish uchun ishlatilishi hamda kichik xatolikka ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Avtomatik rostlash sistemasida ishlatiladigan elektrik chiqish signalli o'lchash o'zgartgichlari parametrik va generatorli turlariga bo'linadi. Har qanday fizik tabiatga ega bo'lgan o'lchanadigan kattalikni elektr zanjirning biror bir parametriga (rezistor qarshiligi R, cig'im S, induktivlik L) aylantiradigan o'zgartgichlarga parametrik o'zgartgichlar deyiladi.Bu elementlar asosan har xil o'lchash sxemalariga (masalan, ko'priklar, potensiometrlar, logometrlar) ulanib chiqishida o'lchanadigan kattalikka bog'liq kuchlanish o'zgaradi. Parametrik o'zgartgichlar uchun kuchlanish manbai ishlatish talab qilinadi.
Generatorli o'zgartgichlar deb, o'lchanadigan kattalikni bevosita elektr yurituvchi kuchga aylantiradigan o'lchash o'zgartgichlariga aytiladi. Bu guruh o'zgartgichlar uchun kuchlanish manbaini ishlatish talab qilinmaydi.
O'zgartgichlar o'lchash bloki va elektron qurilmadan tuzilgan. Har xil kattaliklar o'zgartgichlar unifirsirlangan elektron qurilmaga ega bo'ladi. O'lchanayotgan kattalik o'lchash blokini kamerasiga beriladi va sezgir element deformatsiyasiga chiziqli o'zgartirilib, o'lchash blokida joylashtirilgan tenzorezistor va tenzoo'zgartgichlarni elektrik qarshiligini o'zgarishiga aylantiriladi.
Datchik - bu tashqi ta'sirlarni qabul qiladigan va elektr signallarini o'zgartirish bilan ularga reaksiya ko'rsatadigan qurilmadir.
Tashqi ta’sir atamasidan keng foydalaniladi, shu sababli uni to'g'ri talqin qilish lozim bo'ladi. Tashqi ta'sir deganda obyektning miqdoriy tavsifi, uning qabul qilish va elektr signallariga qayta shakllantirish zarur bo'ladigan xossalari va xususiyatlari tushuniladi. Ba’zi bir kitoblarda ushbu maqsadlar uchun xuddi shunday qiymatga ega bo'lgan o'lchanadigan kattalik atamasidan foydalaniladi, biroq bu atamada sensor funksiyasining miqdoriy tavsifiga urg'u beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |