4-Amaliy mashg‘ulot.
MavzuGipsli universal KNAUF ROTBAND (devor va Shiftlar uchun) gipsli suvoq aralashmasining qo‘llaniSh texnologiyasi. Aralashmadan qoriShmani tayyorlaSh, uni surtiSh va pardozlaSh.
Mehnatning Yuqori unumdorligini, quriliSh iShlarini xavsizligi uchun kerakli Sharoitini va iShlab chiqariSh sanitariyasini ta’minlaSh uchun, pardozlaSh iShlarini boShlaShdan oldin quyidagilarni hisobga oliSh kerak:
• Bino qavatlarining xaqiqiy balandligini tekShiriSh, chunki bu GKQ larning kerakli o‘lchamlari bo‘yicha buYurtma beriSh uchun zarurdir;
• Qoplanadigan devorlar termalarining materiallari orasidan tashqi havo o‘tiShini oldini oliSh uchun, hamma choklarning to‘ldirilmagan uchastkalarini yoki boShqa topilgan deffektlarni qoriShma bilan to‘ldiriSh yo‘li bilan yo‘qotiSh;
• Terimlarning ustidan qoriShma qoldiqlarini olib taShlaSh, hamma montaj va boShqa vaqtinchalik teShiklarni yopish, deraza bloklarini o‘rnatiSh, choklar va oraliqlarni zichlaSh kerak;
• Devorlarni quruq suvoq bilan qoplashdan oldin, hamma xonalarda ho‘l suvoq iShlari, quyma pollarni quriSh va xonalar namligini o‘zgartiriShi mumkin bo‘lgan boShqa iShlar tugatilgan bo‘liShi kerak;
• Deraza kesakilari deraza qiyaliklaridagi gipskarton qoplamalarni kiritiSh uchun uyiqlar va Shpuntlarga (chorak) ega bo‘liShi kerak;
• Qoplamalar tagida o‘rnatiladigan, muhandislik kommunikatsiyalarini montaj qiliSh iShlarini quruq suvoqni o‘rnatilgunga qadar tugatiSh lozim;
• Ulanuvchi quttilar, Shtepselli rozetkalarni va viklYuchatellarni o‘rnatiSh uchun quttilarni vaqtincha elektr tarmoqlariga ulaSh kerak, chunki GKQ larni elimlaganda ularni xatosiz va oson mahkamlaShni imkoniyati bulsin;
• IsitiSh asboblarini o‘rnatadigan uyiqlarni oldindan sovuq o‘tmaydigan qiliSh lozim;
• IShni boShlaShdan oldin xonalar axlatlardan va begona predmetlardan tozalaniShi, pollar supirilgan va Yuvilgan bo‘liShi lozim;
• IShlab chiqariSh iShlarida GKQ larni elimlaShda va ular orasidagi choklarni Shpaklevka qiliShda xonalarni ShamollatiShni ko‘zda to‘tiSh kerak.
QuriliSh iShlarini loyihalaSh va rejalaShda, binoning tashqi devorini GKQ bilan bog‘lovchi gipsli montaj elimidan qilingan qo‘lchalar, tub moxiyati bo‘yicha sovuq ko‘prikchasi bo‘lib xizmat qiliShini, hisobga oliSh kerak, chunki u quruq suvoq orqasidagi havo qatlamini sovuShiga yordam beradi. SHuning uchun, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin GKQ Yuzasida bu qo‘lchalarning o‘rni qoramtir dog‘ga aylanib qoladi. Ular, devor bilan GKQ ning issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtasidagi farq qancha katta va chang zarrachalarini olib Yuradigan xona ichidagi havoning aylaniShi intensivroq bo‘lsa, Shuncha tez paydo bo‘ladi. Bundan taShqari, gips elimi qo‘lchalari qattiq devor va egiluvchan GKQ orasida tovush o‘tkazuvchi ko‘prik bo‘lib hisoblanadi, bu esa tashqi Shovqinni xonaga olib kiriShga sabab bo‘ladi. Agar tashqi devorlarning choklari qoriShma bilan yomon to‘ldirilgan bo‘lsa yoki devorlarda yoriqlar bo‘lsa, quruq suvoqli xonaning tovush izolyasiyasi sezilarli darajada yomonlaShadi. SHuning uchun, ob’ektiv karaydigan bo‘lsak, quruq suvoq o‘z o‘zidan xonalarni tashqi Shovqindan yaxShi himoyalamaydi. Bu xonalar orasidagi pardevorlarga ham tegiShlidir. SHunday ekan, quruq suvoq bilan qoplangan devorlar va pardevorlarning tovush izolyasiyasini yaxShilaSh uchun, tashqi devor ichki Yuzalarining va GKQ orasidagi bo‘Shliqni ochiq g‘ovakli tolali izolyasion materiallar bilan to‘ldiriShni ko‘zda to‘tiSh lozim. Bunda, Shuni ko‘zda to‘tiSh lozimki effektiv issiqlik o‘tkazmaydigan material bo‘lib hisoblangan nisbatan qattiq penoplastlarni tovush izolyasiyasi sifatida qo‘llaSh mumkin emas, chunki ular kerakli tovush izolyasiyasi xossalariga ega emas. Ularni ichki tomoni quruq suvoq bilan qoplangan, tashqi devorlarning issiqlik izolyasiyasini yaxShilaSh uchun iShlatiSh mumkin. SHu narsa ravShanki, faqat asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan tolali tovushdan himoya qiladigan (mineral momiq) va issiqdan himoya qiladigan (penopolistrol, penopoliuretan) materiallarning kombinatsiyasi quruq suvoq bilan qoplangan devorning kerakli issiqlik- va tovush izolyasiyasini ta’minlaShga kodirdir.
Amaldagi standartlar tomonidan issiqlikni izolyasiya qiladigan material sifatida tavsiya etilgan ochiq g‘ovakli tolasimon izolyasion materiallar bir vaqtni o‘zida, strukturaviy xususiyatlari tufayli (ochiq g‘ovaklar, YumShoqligi) xonalarni tovushdan himoya qiliShi va akustikasini yaxShilaShi mumkin.
Tolasimon izolyasion materiallar silikat materiallarni (ShiSha), tog‘ jinslarini (bazalt) yoki Shlakni eritiSh natijasida hosil bo‘lgan mineral tolalardan taShkil topgan, buning natijasida ShiShamomiq, bazalt tolasi yoki Shlak momig‘i olinadi. Ular, Shu bilan birga, o‘simlik tolasidan, masalan, koqos, yog‘och, torflardan taShkil topgan bo‘liShi mumkin. Bog‘lovchilar yordamida mineral yoki o‘simlik tolalari eritilib yoki tiqilib plitalar, tuShaklar yoki rulonlar Shaklida birlaShtiriladi. Tolasimon izolyasion materiallar qog‘ozdan, kartondan, plastmassadan, metall folgadan yoki simli turdan qoplamali yoki qobiqli ko‘riniShda iShlab chiqariladi.
Tolasimon izolyasion materiallar pardevorlar konstruksiyalarida, qoplamalarida turli xildagi kuch ta’sirlarida bo‘liShi mumkin. Ularda kisuvchi, o‘rinma va kesuvchi kuchlaniShlar Yuzaga keliShi mumkin. Ma’lum hollarda ular yana dinamik ta’sirlar ostida bo‘liShi mumkin. Bundan taShqari ularga odatda olovga chidamlilik talablari ham qo‘yiladi. Sanoat bu hollar uchun, kisuvchi Yuklarni qabul qiliSh qobiliyatiga ega bo‘lgan, devor va Shamollatiladigan tomlarni issiqlik- va tovushdan izolyasiya qiliSh uchun, issiqlikni izolyasiyalovchi tolasimon materiallarni iShlab chiqaradi; uncha katta bo‘lmagan kisuvchi Yuklarni (devor va tom konstruksiyalaridagi bo‘Shliqlarni to‘ldiriSh uchun) qabul qiluvchi issiqlikni izolyasiyalovchi tolasimon materiallarni; kisuvchi Yuklarni (issiqlik- va tovushdan izolyasiya qiliSh uchun polning yoki birlaShgan tomlarning gilamlari ostiga to‘Shaladi) qabul qiluvchi issiqlikni izolyasiyalovchi materiallarni; cho‘zuvchi va kesuvchi kuchlaniShlarni (quruq suvoq sifatida GKQ bilan qoplangan, g‘iSht va beton devorlarni ko‘p qatlamli issiqlik- va tovush izolyasiyasi) qabul qiliSh imkoniyatiga ega bo‘lgan issiqlikni izolyasiya qiluvchi materiallarni. Bu materiallar, odatda, yonmaydigan, ammo qoplamasi va qobig‘ining turiga qarab, hattoki mineral momiqlardan tayyorlangan materiallar ham, yonadigan materiallar qatoriga qo‘ShiliShi mumkin.
Agar devorlarni quruq suvoq qiliShda tovushdan izolyasiya qiliSh qatlamini quriSh zaruriyati tug‘ilganda, unda oldin devorlarga izolyasion plitalar mahkamlanadi, undan keyin ularga quruq suvoq GKQ larini “Perlfiks” gips elimi yordamida elimlanadi (7.1. – rasm).
7.1 – Rasm. Izolyasion tolasimon material qatlamining ustiga qoplangan quruq suvoqli devorning konstruksiyasi
Odatda bu maqsadlar uchun cho‘zuvchi va kisuvchi kuchlaniShlarni qabul qila oladigan tolasimon issiqlik- va tovushdan himoyalovchi plitalardan foydalaniladi.
Ko‘pgina hollarda asos devorlarning ko‘p qatlamli qoplamasining balandligi 3 metrdan oShmaydi. Tovushni izolyasiya qiladigan plitalar choklari bog‘langan gorizontal holda montaj qilinadi. Devor Yuzasiga tovushni izolyasiya qiladigan plitalarni elimlaydigan gips elimi choklardan oqib chiqmasligi kerak, chunki, aks holda himoya devorlarining issiqlik-va tovushdan himoyalaSh sifati yomonlaShi mumkin. SHuning uchun elimni plitalarning perimetri bo‘yicha tasma ko‘riniShida surtiSh lozim, bunda chakkalardan kamida 50 mm chekiniSh talab etiladi. Elimlangan izolyasion materialning Yuzasiga Perlfiks elimini 3 mm qalinlikda to‘liq surtiladi, unga qotiShining boShlangunicha g‘adur-budur faktura beriladi. Bu elim qatlamining qotiShining boShlaniShi davrida, ularga GKQ larni suvoqli g‘iSht devorga yopishtiriSh texnologiyasi (B varianti) kabi elimlanadi, ya’ni Perlfiks elimi qo‘lchalari yordamida.
Quruq suvoqli devorlarda eShik kesakilari devor Yuzasi bilan bir sathda o‘rnatiliShi kerak, bunda eShik hoShiyalari yoki maxsus profillar (po‘lat eShiklarni o‘rnatganda) GKQ ni ustiga chiqiShi kerak. EShik perimetri bo‘yicha GKQ larni qoplanadigan devorga yaxlit gips elimi bilan yopishtiriSh lozim. EShik quttisining metall profili va qoplanadigan devor orasidagi bo‘Shliqni gips qoriShmasi bilan to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |