kichik yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 1 kV va undan katta hamda 10 kV va undan kichik bo‘lgan kuchlanishlar kiradi, va ular ko‘pchilik elektr energiya iste’molchilari uchun mo‘ljallangan;
o‘rta yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 35 kV va undan katta hamda 110kV va undan kichik bo‘lgan kuchlanishlar kiradi, va ular elektr stansiyalar, havo elektr uzatish yo‘llari hamda nimstansiyalarni elektr tarmog‘i uchun mo‘ljallangan;
v) katta yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 220 kV va undan katta hamda 750kV va undan kichik bo‘lgan kuchlanishlar kiradi, va ular issiqlik, gidro hamda atom elektr statsiyalar bilan bosh taqsimlovchi nimstansiyalarni havo elektr uzatish yo‘llari orqali bog‘laydi;
g) super yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 1 MV va undan katta hamda 5÷30 MV kuchlanishlar kiradi. ular elektrofizik apparatlarda qo‘llaniladi. Jumladan, katta yuqori kuchlanishli va elektrostatik tezlatgich, siklotron kabi qurilmalarda, elektron, proton, bir va ko‘p zaryadli ion, zaryadlangan klastr va dielektrik parchalarga juda katta tezlik hamda kinetik energiya beradi.
Yuqori kuchlanish texnikasidagi kuchlanishlarning turi va shakliga qarab quyidagicha sinflanadi:
-kichik chastotali yuqori kuchlanish, bu 15 Gs dan 50 Gs gacha bir yoki uch fazali sinusoidal kuchlanishdir;
-sanoat chastotali yuqori kuchlanish, bu 50 Gs yoki 60 Gs chastotali bir yoki uch fazali sinusoidal kuchlanishdir;
-katta chastotali yuqori kuchlanish 50Gs dan katta 8000Gs gacha chastotali sinusoidal kuchlanishdir;
-super chastotali yuqori kuchlanish 10 kGs dan boshlab 2000MGs, ya’ni 2 GGs chastotali sinusoidal kuchlanishdir;
-impulsli yuqori kuchlanish, bu turli impuls shakliga, masalan eksponenta, «П» shaklga, har xil front va ta’sir etish uzunligiga ega bo‘lgan, yashin va kommutatsiya o‘takuchlanishi kabi, kuchlanishdir;
-doimiy yuqori kuchlanish, bu to‘g‘rilangan doimiy tokli yoki doimiy kuchlanishdir;
-elektrostatik yuqori kuchlanish, bu izolyatsiyalangan elektrodda elektr zaryadini yig‘ilishi natijasida hosil bo‘lgan kuchlanish bo‘lib, elektrostatik generator hamda tasmali yoki diskli Van de Graaf generatorida elektrofizik apparatlplar uchun olinadi.
Elektr energiyani katta masofaga uzatish va uni taqsimlashda yuqori kuchlanishdan fodalanish samaralidir. Katta quvvatni uzatishda YuK ning qo‘llanishi elektr tokining kamayishi va uzatuvchi simlarning ko‘ndalang kesimini kichrayishi hisobiga simlar og‘irligini yengillatilish va noyob elektr o‘tkazuvchan materialni tejab qolinish ta’minlanadi. Yuqori kuchlanishni qullash izolyatsiya sifatini oshiradi. Elektr ener- giyaning quvvatiga kundan kun talabning ortishi elektr qurilmalarining quvvatini kattalashishiga olib kelmoqda. Jumladan, gidrogeneratorlar
quvvati 500 600 MVt va turbogeneratorlar 1200 MVt dan oshgan.
Nominal kuchlanishlarning standart qiymatlari. Elektr qurilmalarning izolyatsiyasi uzoq muddat, ya’ni birnecha o‘nlab yillar davomida, tinimsiz ishchi kuchlanish ta’siri ostida bo‘ladi. Qurilma fazalari orasidagi o‘rtacha kuchlanish nominal kuchlanish deyiladi. Elektr tizimlaridagi nominal kuchlanishlar tartibi va tizim neytralining holati, eng katta ishchi kuchlanishlari va eng katta faza kuchlanishlarining qiymati 1-jadvalda keltirilgan.
Ekspluatatsiya jarayonida elektr qurilmadagi kuchlanish nominal kuchlanishdan farq qilishi mumkin. Bunga kuchlanishning iste’molchi elementlaridan o‘tayotgan tok hisobiga tushishi va manba kuchlanishini rostlash hisobiga ko‘tarilishi kuzatiladi. Ammo, elektr tarmog‘ining istalgan nuqtasida kuchlanish 1-jadvalda keltirilgan eng katta ishchi kuchlanishdan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |