4-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Til va terminologiya Reja



Download 28,95 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2022
Hajmi28,95 Kb.
#537475
  1   2
Bog'liq
4-amaliy


4-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Til va terminologiya
Reja:
1.O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2.Tilning lug‘at tarkibi. O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari.
3.Sohaviy lug‘atlarda terminlar.
4.Tezaurus haqida ma’lumot.
Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘ndalang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiytexnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda.
Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi. So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtayi nazardan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli:
1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi. Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Terminologik lug‘atlarni strukturalash va ularni ma’lumotlar bazasida loyihalash ahamiyatga ega. Mashina tarjimasida terminografiya alohida o‘rganilishi uning lingvistik ta’minotda asosiy qism ekanligini ko‘rsatadi. Mashina tarjimasida terminlarning alohida sohaviy lug‘atlari yaratilishi, tarjimaning sifatini oshiradi. Terminologiya hamisha o‘zgarib boruvchi soha bo‘lgani uchun rivojlangan davlatlarda bu yo‘nalish jiddiy tadqiq etilgan. Ammo o‘zbek tilshunosligida kompyuter terminografiyasi deyarli o‘rganilmagan. Terminografiyada quyidagi masalalar o‘rganiladi:
1) u yoki bu terminning ikkinchi bir tilda aynan mavjud bo‘lmasligi;
2) terminlarning so‘z birikmalari tarzida ifodalanishi;
3) matnning uslubini aniqlash va ilmiy terminlarning ma’nolarini uslubga ko‘ra o‘zgarishi;
4) muayyan soha doirasida bir leksemaning turli ma’noda qo‘llanilishi.
5) muayyan terminning bir necha sohada turli shaklda ifodalanishi Masalan, texnika sohasida qo‘llaniladigan inglizcha pin termini ot so‘z turkumi sifatida quyidagi ma’nolarga ega: barmoq, shtift, shpilka, shplint va h.k., shuningdek, ushbu leksema boshqa so‘z turkumi sifatida ham turli ma’nolar kasb etadi: hayotini buzmoq, so‘zidan ilib olmoq va h.k. Olimlar fan va texnikaga oid terminlarni standartlashtirishga oid fikrlarni beradilar. Muayyan terminning iste’molga kirib kelishida uning yaratuvchisi yoki ijtimoiy hodisalari ta’sirida ba’zi terminlarning o‘rniga boshqa birining qo‘llanish holatlarini inkor etib bo‘lmaydi. Lingvistik ta’minotda terminlar lug‘atining nisbatan to‘liq berilishi tarjima sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Download 28,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish