Tarmoqni loyihalashda tarmoq aloqa liniyalarining kerakli uzunligi ham muhim rol o'ynaydi. Masalan, masofalar juda uzoq bo'lsa, qimmatbaho uskunalar kerak bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, masofaning oshishi bilan aloqa liniyalarini tashqi elektromagnit parazitlardan himoya qilishning ahamiyati keskin ortadi. Tarmoqning tuzilishi deganda tarmoqni qismlarga (segmentlarga) ajratish usuli hamda shu segmentlarni bir-biriga bog'lash usuli tushuniladi. Korxona tarmog'iga kompyuterlarning ishchi guruhlari, bo'limlar tarmoqlari, magistral tarmoqlar, boshqa tarmoqlar bilan aloqa vositalari kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |