Tushunchalar
|
Mazmuni
|
Didaktik materiallar
|
Ular o’quvchilar tomonidan o’rganish uchun qo’llaniladi va amaliyot o’qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Ko’pincha o’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar hamdir. Ular ham o’qitish, ham o’rganish uchun ishlatiladi.
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, amaliyot o’qituvchisi tomonidan ularning tanlanishi va dars yoki instruktaj maqsadiga moslashtirilishi anglashiladi.
|
О‘quv taqdimoti
|
Dars jarayonida taqdimotlar ko‘rgazmali qo`llanma sifatida foydalaniladi. Taqdimotga qo`yilgan asosiy talablarni ko`rib chiqamiz.
Multimediyali taqdimot mazmuniga qo`yilgan talablar:
-taqdimot mazmuni darsning maqsadi va vazifalariga mos kelishi;
-qabul qilingan imlo, tinish belgilari, qisqatirish va matnni kiritish qoidalariga amal qilish;
-ma`lumotlarni taqdim etishda aniq va ishonchli faktlarga asoslangan bo`lishi va bu borada xatolarga yo`l qo`ymaslik;
-slayddagi matnni qisqa va aniq bo`lishi;
-slayddagi har bir matnli ma`limot qismi mazmuni mantiqan tugallangan bo`lishi;
-bayoning qisqaligi va matnning axboriyligining yuqoriligi;
-ma`lumotning slaydda joylashuvi (ma`lumtolarning gorizatal joylashishi afzaldir, ma`lumotlarning muhim qismi slaydning o`rta qismida joylashuvi muhim; agar slaydda surat bo`lsa u holda matn uning pastki qismida joylashish maqul bo`ladi, matn chekka qismlarini tekislash zarur) ma`lumotni jalb qiluvchi va o`zgacha bo`lishi o`quvchi e`tiborini tortadi.
|
Standart
|
Ma’sul tashkilot tomonidan ma’qullangan standartlashtirish bо‘yicha amalga oshirilgan aniq faoliyat natijasi. Standartlashtirish mutaxassislarni tayyorlashga ma’lum talab va sifatni kafolatlaydi.
|
О‘quv dastur
|
O‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan о‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini о‘zida mujassamlashtiruvchi meyoriy hujjatdir.
|
Pedagogning metodik ishi
|
Pedagoglarning metodik ishlari juda muhim ahamiyat kasb etadi. Yakka tartibdagi metodik ish butun о‘quv jarayoniga tuzilgan reja bо‘yicha olib boriladi. Unda о‘qituvchi instruktor о‘z pedagog mahoratlarini va о‘z bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida yakka tartibdagi metodik topishiriqlari nazarda tutiladi. Ularga quyidagilar kiradi: mavzular bо‘yicha ma’ruzalar tayyorlash; о‘quv dasturning eng qiyin mavzulari bо‘yicha metodik kо‘rsatmalar tuzish; anchagina mehnat qilinishi talab qilinadigan muammoli izlanish ishlarini belgilaydi. Bu topshiriqlar har bir pedagog uchun majburiy minimum hisoblanadi.
|
О‘quv reja
|
О‘quv rejalarini ishlab chiqishda bо‘lg‘usi xaydovchilarda shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining о‘rganilayotgan о‘quv fanlari miqdoriga va о‘rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborda tutmoq lozim. Bо‘lg‘usi mutaxassislarning bilim va kо‘nikmalarining shakllanishini, har bir fanni bosqichma-bosqich о‘rganishlari chuqurligi, qulay va muqimligini ham nazarda tutishi kerak bо‘ladi.
|
О‘quv predmeti
|
Dastur о‘quv predmetining mazmuni, uni tahsil oluvchilar tomonidan о‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, tartibi, axborot manbalarini о‘zida mujassamlashtiruvchi meyoriy hujjatdir.
|
Texnologik xarita
|
Ta’lim dasturlarini belgilangan darajadagi sifat va natijaviylik bilan amalga oshirish uchun zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlanganligi;
Har bir o‘qituvchining o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlanganligi;
|
Toifa bо‘yicha о‘qish muddati
|
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda avtomototransport vositalarini boshqarishni о‘rgatish bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun о‘quv yuklamasining hajmi har bir toifa bо‘yicha alohida tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan о‘quv rejasi va fanlarning о‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turli toifalarning о‘quv rejalari, toifalarga qо‘yilagan talablardan kelib chiqqan xolda ta’lim standarti va О‘zbekiston Respublikasi Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun asosida tuziladi.
|
Standartlashtirish tamoyillari
|
Standartlashtirish mutaxassislarni tayyorlashga ma’lum talab va sifatni kafolatlaydi.
|