4-amaliy mashg‘ulot mavzu: Amaliy (seminar) va laboratoriya mashg‘ulotlariga oldindan tayyorgarlik ko‘rish metodikasini o‘rganish



Download 15,42 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi15,42 Kb.
#662963
Bog'liq
4-amaliy mashg'ulot


4-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Amaliy (seminar) va laboratoriya mashg‘ulotlariga oldindan tayyorgarlik ko‘rish metodikasini o‘rganish.
Maqsad: o‘quv rejada ko‘zda tutilgan amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga oldindan tayyorgarlik ko‘rish zarurligi to‘g‘risida talabalarda tushunchani shakllantirish. Ishlab chiqarish korxonalarida turli materiallar yetishtirishda qo‘llaniladigan texnologik komplekslar, mashinalar va qurilmalar tuzilishi va ishlash asoslari bilan tanishtirish, ishlatilish ko‘lami, ularni hisoblash asoslari va muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Laboratoriya ishlari yoki amaliy mashgulot nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va mustaxkamlashga qaratilgan auditoriyadagi o‘quv mashgulotlaridir.
Seminar - (lot. seminarium - ko‘chirib o‘tkazish) - talabalarni mustakil ta’lim olish, musgaqil fikrlash va ijodiy tayyorlash uchun mo‘ljallangan, ularning fan bo‘yicha bilimlarini chukurlashtirinsh va kengaygirishga qaratilgan auditoriya o‘quv mashg‘ulotlarining turi.
Ta’lim dasturining ma’lum bir kismi tugallangach, odatda, baxorgi semestr yakunida malakaviy amaliyot o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar, masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy masala va misollar yechish uslubi va mustaqil yechish uchun masalalar keltiriladi.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, laboratoriya ishlarini bajaradi, amaliy mashg‘ulotda misol va masalalar yechadi. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, laboratoriya ishi va amaliy mashgulotlarda uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi, misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga berilgan vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.


Uy vazifalarini tekshirish va baholash laboratoriya va amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.




O‘QUV – LABORATORIYALARDAN FOYDALANISH
Institutning muxtasham binolari, undagi laboratoriya asbob - uskunalar sizlar uchun. Ularni asrab-avaylash talabalik burchingizdir. CHunki, xar biringiz shu dargoxda ta’lim olasiz. Ulardan sizgacha xam foydalanishgan, sizdan keyin ham foydalanishini unutmang.
Ta’lim muassasasidagi barcha jihozlar Sizning saviyangizni oshirishga karatilgan. Ko‘p laboratoriyalarda o‘rnatilgan asbob-uskunalar o‘qituvchilar va faol talabalar yordami bilan tayyorlangan.
Shuning uchun bu asbob va uskunalarni asrab-avaylashga, qo‘lingizdan kelsa, imkoniyatingiz bo‘lsa, Siz xam o‘z navbatida shunga o‘xshash asbob - uskunalarni tayyorlashda o‘z xissangizni ko‘shishga xarakat kiling.
Oliy ta’lim muassasalarida seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari talabalardan jiddiy mustaqil ishlash, o‘rganishni talab qiladigan o‘ziga xos o‘quv shakli hisoblanadi.
Amaliy va seminar mashg‘ulotlari o‘quv fanlarini chuqur o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Amaliy, seminar mashg‘ulotlari o‘quv fanlarini chuqur o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Amaliy, seminar mashg‘ulotlari davomida talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalar tarbiyalanadi. Bu mashg‘ulotlar talabalarni ko‘pchilik oldida hisob berish, doklad qilish, ma’lumotnomalar tayyorlashga o‘rgatadi, bir necha o‘quv adabiyotlari bilan ishlash, ularning mazmunini taxlil qilish, olingan materallarni umumlashtirish bo‘yicha malaka hosil qiladi. Bunday hususiyatlarning rivojnalishi talabalarning kelgusi faoliyatida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim talabalarga nafaqat aniq fanlarni o‘rgatadi, balki ularda mustaqil va ijodiy fikrlarni ham tarbiyalaydi.
Bunga esa, amaliy, se minar va laboratoriya mashg‘ulotlariga oldindan, jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim manbalardagi materiallarni tanqidiy o‘rganish orqali erishiladi.
Jumladan, seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rish o‘qishning boshqa shakllari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • Seminar mavzusiga oid ma’ruzani tinglash;

  • Seminar rejasi bilan tanishish va kerakli adabiyotlarni tanlash;

  • Kerakli adabiyotlarni o‘rganish va konspektlashtirish;

  • Seminarda chiqish uchun matn (doklad, tezis va h.k) tayyorlash;

  • Seminar mashg‘ulotida faol qatnashish.

Odatda, o‘qituvchi seminar mavzusi bo‘yicha ma’ruza darsida seminar mashg‘ulotida o‘rganiladigan masalalar mohiyatini to‘liq ochib bermaydi. U faqat mavzuning asosiy qoidalarini bayon qiladi, talabalar e’tiborini seminarda muhokama etiladigan masalalarni chuqurroq o‘rganish kerakligiga e’tiborni qaratadi. Adabiyotlardan qanday va qay tartibda foydalanish kerakligi, qachon konsulьtatsiyaga kelish mumkinligini tushuntiradi va talabalarga seminar mashg‘uloti rejasini tarqatadi.
Download 15,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish