O‘zgarmas hajmda va o‘zgarmas bosimdagi issiqlik sig‘imi.
Gazsimon jismlarda issiqlik sig‘imi suyuq va qattiq jismlardagidan farq qilib, jismga issiqlik keltirilayotgandagi yoki undan olib ketilayotgandagi tashqi sharoitlarga ko‘p jixatdan bog‘liq bo‘ladi.
Issiqlik texnikasida o‘zgarmas hajmda (v–const) va o‘zgarmas bosimda (Р–const) boradigan jarayonlar katta ahamiyatga ega. Jarayonlar o‘zgarmas hajmda borgandagi issiqlik sig‘imi – izoxorik issiqlik sig‘imi Сvva o‘zgarmas bosimda
borganda esa izobarik issiqlik sig‘imi CPdeb ataladi. Gaz izoxoraviy isitilganda uning hajmi kengaymaydi. Binobarin, u tashqi kuchlarga qarshi ish bajarmaydi. Gaz izobarik isitilganda kengayib porshenga ta’sir etuvchi Рkuchni yongib, porshenni unga siljitadi, ya’ni ish bajaradi. O‘zgarmas hajmda va o‘zgarmas bosimdagi issiqlik sig‘imlarini tasviri 1.4-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |