4-amaliy mashg‘ulot 4-mavzu: O‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari. O‘zbek tilida tinish belgilari



Download 68,83 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2022
Hajmi68,83 Kb.
#571002
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-amaliy mashg'ulot

O‘zbek tilida tinish belgilari.
Tinish belgilari va ularning yozma nutqda qo‘llanishini o‘rganadigan bo‘lim punktuatsiya deb yuritiladi.
Nuqta. Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Tinch ohang bilan aytilgan darak, buyruq va undov (his-hayajon) gaplardan keyin: Oltin kuz fasli kirib keldi. Darslarni o‘z vaqtida tayyorlab yurgin. Koshki uning kuchi etsa.
2. Birinchi qismida nuqta, ko‘p nuqta, undov yoki so‘roq belgisi bo‘lgan ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan muallif gapidan so‘ng: "Men hozir jo‘nayman, - dedi u. – Siz esa yarim soatlardan keyin yo‘lga chiqing".
3. Qisqartirilgan ism va familiyalarning birinchi harfi yoki qismidan keyin: M.Ism. (Mirzakalon Ismoiliy)
4. Sanash yoki ayrim fikrning qismlarini ifodalagan va oy, kun, yillarni bir-biridan ajratish uchun qo‘llangan raqam yoki harflardan keyin: 27.09.2007 kabi.

D i q q a t ! Qavsga olingan manbadan oldingi gap oxiridagi tinish belgilari o‘z o‘rnida saqlanadi va qavsdan keyin hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi: Ketdi. (A.Q.) Shuningdek, sarlavhalardan keyin (darak gap bo‘lsa) nuqta qo‘yilmaydi.




So‘roq belgisi. 1. So‘roq belgisi so‘roq gaplardan keyin qo‘yiladi: Ishga tayyormisiz?
2. So‘roq gaplar bittadan ortiq bo‘lib kelishi mumkin: Bunday paytlarda so‘roq belgisi quyidagicha qo‘yiladi:
1) so‘roq gaplarning har biriga ahamiyat berish lozim topilsa yoki har qaysi so‘roq gap mazmuniga ko‘ra mustaqil bo‘lsa, har biridan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi: Qishloqlar qanday? Og‘aynilar yaxshi yurishibdimi?
2) agar so‘roq gaplar mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa, so‘roq belgisi eng so‘nggi so‘roq gapdan keyin qo‘yiladi: - Tag‘in mehmon boshlab keldingmi? Kim kelyapti: Savrimi, Rahbarmi, yo akangning bolalarini etaklab kelyapsanmi? (G‘ .G‘ .)
3. So‘z yoki ibora noaniq bo‘lsa, unda gumon ifodalansa, so‘roq belgisi qo‘yiladi: Bu ishlarning hammasini yarim soat (?) ichida bir o‘zi bajardimikin?

D i q q a t ! Ba’zan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplardan biri so‘roq gap shaklida, ikkinchisi esa uning izohi sifatida kelishi mumkin, bunday holatda ular orasiga vergul yoki tire qo‘yilishi mumkin: U ertaga keladimi, kelmaydimi, bu men uchun qorong‘i.


Undov belgisi. Undov belgisi quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Kuchli his-hayajonni ifodalagan gaplardan so‘ng: Yoshligimizda naqadar baxtiyor edik!
2. Buyurish, tilak, orzu ma’nolarini ifodalagan gaplardan so‘ng: Hoziroq bularni ko‘zimdan yo‘qot! Qani endi qush kabi osmonda parvoz qilsa!
3. Gap boshida kelib, kuchli his-hayajon ifodalagan undalmalardan, undov hamda ha va yo‘q so‘zlaridan so‘ng: Yo‘q! Rustam bunday qabihlikka bormaydi hech qachon! Azizlar! Sizni mustaqillik bayrami bilan tabriklayman!
Ko‘p nuqta. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Fikrning tugallanmaganligi, so‘zlovchining hayajonlanib yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko‘rsatish uchun: Agar hozir gapingizni to‘xtatmasangiz...
2. Ba’zan ko‘p nuqta so‘zlovchining o‘ylashi, mulohaza qilishini ko‘rsatadi: Bugun... bugun oldingizga o‘tsam bo‘ladimi?
3. Ba’zan kimningdir savolga javob bermay indamay turganini ko‘rsatish uchun ham ko‘p nuqta qo‘yiladi:
- Mendan rozimassiz, bilaman, kechirmaysiz...
- ...
4. Biror so‘z yoki gapning tushirilganini ko‘rsatish uchun: Bugun ettinchi bo‘limga kelib, ... fig‘ oni oshdi.(T.Malik)
Ko‘p nuqta, undov va so‘roq belgilarning birikkan holda kelishi. 1. So‘roq mazmuniga qaraganda his-hayajon kuchli bo‘lgan so‘roq gaplardan keyin undov va so‘roq belgisi birikkan holda (!?) qo‘yiladi: Go‘zallik olamni qutqarishiga kim ishonmaydi!?
2. Kuchli his-hayajon bilan berilgan savolni ifodalaydigan so‘roq gaplardan so‘ng so‘roq va undov belgisi birikkan holda qo‘yiladi: - A?! – Xonkeldieva turgan erida surat bo‘lib qoldi. - Direktorimiz-a?! (H.G‘ .)
3. Kuchli his-hayajon ifodalangan va mazmunan tugallanmagan gaplardan keyin undov belgisi va ko‘p nuqta birikkan holda (!..) qo‘llanadi: -Nafisa!.. Nafisaoy!.. – dedi Aziz o‘pkasi yumshab, ko‘zlariga qaynoq yosh keldi.(H.G‘ .)
4. Mazmunan tugallanmagan so‘roq gaplardan so‘ng so‘roq belgisi va ko‘p nuqta birikkan holda (?..) ishlatiladi: - Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun?...
Vergul. Vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Uyushiq bo‘laklar orasida:
1) bog‘lovchisiz birikkan uyushiq bo‘laklar orasida Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon – O‘zbekning chamani, bog‘u bo‘stoni. (G‘ .G‘ .) 2) takrorlanuvchi bog‘lovchilar bilan birikkan uyushiq bo‘laklar orasiga: U goh kulimsiraydi, goh chuqur o‘yga toladi. 3) zidlovchi bog‘lovchilar yordamida birikkan uyushiq bo‘laklar orasiga: Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. (P.Q.)
2. Undalmalarni ajratish uchun: Ertaga, azizim, toqqa jo‘naymiz.
3. Kirish so‘zlarni va tuzilishiga ko‘ra murakkab bo‘lmagan kirish gaplarni ajratish uchun: Xullas, ertaga shu erda yig‘iladigan bo‘ldilar. Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi.
4. Ha va yo‘q so‘zlarini gap bo‘laklaridan ajratish uchun: Ha, bu gapingiz to‘g‘ ri. Yo‘q, ertaga kela olmayman.
5. Gapning ajratilgan bo‘laklarini ayirib ko‘rsatish uchun: "Biz, yoshlar, ota-bobolarimiz qoldirgan bebaho merosni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz kerak".
6. Bog‘lovchisiz bog‘langan qo‘shma gaplarda: Eshik ochildi, ichkariga muzday havo yopirilib kirdi.
7. Va, ham, hamda, yoki (yolg‘iz kelgan) bog‘lovchilaridan boshqa bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma gaplarda: Hamma gapirdi, lekin u bir chekkada xomush o‘tirar edi.
8. Ergash gapni bosh gaplardan ajratish uchun: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi.
9. Muallif gapini ko‘chirma gapdan ajratish mumkin:
- Bugungi qilgan ezgu ishlarimiz, - dedi ota, - kelajak uchun mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
Nuqtali vergul. Nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1. O‘z ichida vergul bo‘lgan yoyiq uyushiq bo‘laklar orasida:

Download 68,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish