2-variant.
1. To`g`ri burchakli uchburchak gipotenuzasi 50 sm. Katta ketetning gipotenuzadagi proyeksiyasi 32 sm. Shu uchburchakning kichik katetini toping.
2. To`g`ri burchakli uchburchakning katetlari 5:6
kabi nisbatda, gipotenuzasi esa 122 ga teng. Gipotenuzaga tushirilgan balandlikni toping.
3. To`g`ri burchakli uchburchakning katetlaridan biri 12, gipotenuzasi esa ikkinchi katetdan 6 ga ortiq. Uchburchakning yuzini toping.
4. ABC uchburchak AB=3, CB=4 va bo`lsa, AC ning qiymatini toping.
5.
ABC uchburchakning AB,
BC va CA tomonlarida olingan M, N va P nuqtalar shu tomonlarni 1:2 nisbatda bo`ladi. Agar ABC uchburchakning yuzi S ga teng bo`lsa, MNP uchburchakning yuzini toping. 6.
7. Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi β ga, asosiga tushirilgan balandligi m ga teng. Uchburchakning yon tomoniga tushirilgan balandlikni aniqlang.
8. Teng yonli
trapetsiyaning yon tomoni ga, kichik asosi 4 ga teng. Uning diagonali yon tomoni va katta asosi bilan mos ravishda 30
0 va α burchak hosil qiladi. α burchakni toping.
9. Parallelogrammning tomonlari 12 va 5 ga teng. Uning katta tomoniga yopishgan burchaklarining bissektrisalari qarama-qarshi tomonni uch qismga ajratadi. Shu qismlardan eng kichigining uzunligini toping.
10.Ikkita o`xshash romblar tomonlarining nisbati 3 ga teng. Ularning yuzlarini nisbatini hisoblang.
11. Rombning tomoni 4 ga, yuzi 8 ga teng. Uning o`tmas burchagini toping.
12. Perimetri 2p ga, diagonallarining yig`indisi m ga teng bo`lgan rombning yuzini toping.
13. Parallelogrammning o`tkir burchagi 60
0 ga teng. Uning kichik diagonali katta tomoni bilan 30
0 li burchak tashkil qiladi. Parallelogrammning katta tomoni 20 ga teng. Uning yuzini toping.
14. Teng trapetsiyanning yon tomonini 5 ga , balandligi 4ga va katta asosi 9 ga teng. Uning o`rta chizig`ini toping.
15. Teng yonli trapetsiyaning asoslari 15 va 25 ga, balandligi esa 15 ga teng. Trapetsiyaning diagonalini toping.
16.ABC uchburchakning tomonlari nisbati mos ravishda AB:BC=5:4 ga teng.B burchak bissektrisasi uning yuznini mos ravishda 50 va S yuzalarga ajratadi. S-?
17.ABC uchburchakning tomonlari 13, 14, 15 ga teng bo’lsa uning balantligini toping. (eng katta)
18.Uchburchakning 2 tomoni mos ravishda 5, 6 ga teng ular orasidagi burchak esa 90
0 ga teng shu burchakka tegishli bissektrisa uzunlignini toping.
19.ABC
uchburchakning BB1 balantligi 8 ga AB tomoni 10 ga AC tomoni esa 16 ga teng bo’lsa BC tomoni uzunligini toping.
20.Balantligi 100 metr bo’lgan binoning soyasi 65 metr bo’lgan vaqtda bo’yi 1.3 metrli bolaning soyasi qancha bo’ladi.
21.Ikkita o’xshash uchburchaklarning yuzalari nisbati 4:9 kabi kichik uchburchakning balantligi 16 ga teng bo’lsa katta uchburchakning balantligi necha santimetr.
22.To’rtburchakning diognallari 6 va 8 ga teng va ular orasidagi burchak esa 45
o ga teng bo’lsa uning yuzini hisoblang.
23.To’gri to’rtburchakning diognali 10sm ga bir tomoni esa 6sm ga teng bo’lsa uning perimetrini toping.
24.Teng yonli trapetsiyaning yon tomoni 5 kichik asosi 6 ga katta asosi esa 12 ga teng bo’lsa uning yuzini hisoblang.
25.Trapetsiyaning asoslari mos ravishda 7 va 14 ga teng uning diognallari kesishish nuqtasida qanday nisbatta bo’linadi.
Mahg’ullotta qiying bo’lsa albatta jangda oson bo’ladi.
Tuzuvchi: Abdusamatov Ahrorbek