Tadqiqotning maqsadi: Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad
turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr
mahsulini nuqt sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon
ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Ishdagi asosiy maqsad ona tili darslarida o‘tiladigan “Gap bo‘laklari”
mavzusini innovasion pedagogik texnologiyalar yordamida o‘qitish orqali
o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash. Gap bo‘laklari yuzasidan kengroq
bilimga ega bo‘lishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |