«Kurort
» so„zi nemis tilidan olingan bo„lib, u
«davolanadigan joy»
ma‟nosini anglatadi.
Diniy turizm halqlarning o„z diniga bo„lgan hurmati va e‟tiqoti nuqtai nazaridan muqaddas
qadamjoylar, shaharlar, qabriston va aziz sanalgan maskanlarga ziyorat qilishdir.
Sport turizmi - sport o„yinlariga, musobaqalarga va sport musobaqalari o„tkaziladigan
mintaqaga yoki mamlakatga sportchilar bilan birgalikda muhlislarning tashrifi demakdir. Qayd
etish joizki, hozirgi paytda turizmning bu tarmog„i katta daromad manbai sifatida tez o„sib
bormoqda.
Tanishuv turizmi keng qamrovli bo„lib, sayyohlikning barcha tarmoqlari bilan
chambarchas bog„liq. Turizmning bu tarmog„ida sayohat paytida sayyoh yangi joylar bilan
tanishish, ko„rish bilan ma‟naviy zavq oladi. Shuning uchun yuqoridagi turizmning funksional
turlaridan barchasida asosan bu tarmoqning bevosita ishtirok etishi xarakterlidir.
Turizm Butunjahon turistik tashkiloti (UWTO) ta‟biri bo`yicha, nafaqat iqtisodiy, balki bir
vaqtning o„zida ijtimoiy, madaniy, ekologik va siyosiy hodisa hisoblanadi.
Ijtimoiy turizm – insonparvarlik maqsadlarini aks ettiradi, bu maqsadlar esa insonlarni
sog„lomlashtirishga, ularning madaniy va o„quv–ta‟lim manfaatlarini qondirishga qaratilgan.
Shuning uchun bozor sharoitida tijorat turizmini turizm tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyatini
taraqqiy ettirish asosida turizmning asl rolini esdan chiqarmaslik zarur – bu insonga xizmat
qilish, uni ma‟naviy boyitish, uning tafakkurini oshirish va sog„lig„ini mustahkamlashdir.
Xalqaro turizm – xalqlar o„rtasidagi iqtisodiy aloqalar shakllaridan biri sifatida
takomillashib bormoqda, u davlatlar o„rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarga jiddiy
ta‟sir o„tkaza boshladi. Xalqaro turizm - turizmning yetakchi sohasidir, uning rivojlanishi
servisning ichki infratuzilmasining rivojlanishiga va ko„rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga
bog„liqdir.
Rekreatsiya geografiyasi dam olish, hordiq chiqarish, sog„liqni tiklash, tabiat go„zalligidan
zavqlanib, ruhini ko„tarishga qaratilgan faoliyat majmuini o„z ichiga oladi. Rekreatsiya so„zi
polyakcha «rekrasia» – dam olish, lotincha «rekratio» - sog„liqni tiklash demakdir. Binobarin,
uzoq muddatga mo„ljallangan rekreatsion faoliyat turizmga mos keladi va shu nuqtai nazardan
ham turizm geografiyasi an‟anaviy rekreatsion geografiyaning bir qismidir. Rekreatsion turizm
bevosita sog„liqni tiklash (sanatoriya, kurort, pansionat va h.k) bilan ham bog„liq. Bizningcha,
turizm geografiyasi bilan rekreatsiya turizmi bir biri bilan aloqador tushunchalardir. Chunki,
rekreatsiya geografiyasi kishilar sog„lig„ini tiklash, sog„lomlashtirish, dam olish paytida turistik
ekskursiyalar uyushtirilib, ularning sayohatlarga chiqishi bevosita turizm bilan bog„lanib ketadi.
Chunonchi, «ekskursiya» lotincha – safar-sayohat (muzeylarga, tarixiy yodgorliklarga, tabiat
qo„yniga va h.k) qilish ma‟nosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |