Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mavzudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbatlarni esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar bolalarda axloqiy his-tuyg’uni tarbiyalash, axloqiy tasavvur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsadini ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy suhbatlarni o‘tkazish mumkin: «Xushmuomalalik haqida», «Do‘stlik va o‘rtoqlik haqida», «Salomlashish odobi», «Ovqatlanish qoidalari» va boshqalar. Axloqiy mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o‘qish, ko‘rgazmali materiallarni ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg’unlikda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |