4. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash masalasi alohida o‘rin egallashini nazarda tutib Prezident I.Karimov shunday deydi: «Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi».
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi axborot sohasini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashda ham yangi bosqichni boshlab berdi. O‘tgan yillar davomida ushbu sohada keng qamrovli islohotlar, ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada axborot vositalari faoliyatiga oid mukammal huquqiy baza yaratilganligini va u insonlar uchun axborot olish sohasida erkinlik va huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynayotganligini alohida qayd etish zarur.
Avvalo, mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan ommaviy axborot vositalari erkinligi va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishihar kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga, hamda o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga egaekanligi haqidagi me’yorlarni izchillik bilan va to‘laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilishini qayd etish zarur.
SHu ma’noda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‘xtalib: ―Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi... ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur me’yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo‘ldi‖, deb ta’kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish izchil va tizimli tarzda amalga oshirib borilganligini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillarda mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida bosma nashrlar soni ko‘paydi, xususiy gazeta va telestudiyalar tizimi yuzaga keldi.
Ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotining muhim elementi:
Fuqarolarni ular uchun ahamiyatli voqealar haqida dolzarb va ishonchli axborot bilan ta’minlaydi
SHaxsni ijtimoylashuviga xizmat qiladigan ma’rifiy, ta’lim va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi
Ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi mavjud muammolar haqida jamoatchilik fikrini umumlashtirish va ifoda qilishda ishtirok etadi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tanqid va nazorat qiladi.
OAV fuqarolik jamiyatida turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida muloqat vositasi hamda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilish quroli hamdir
Ommaviy axborot vositalari jamiyatni uyushtirish, jipslashtirish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish imkoniyatiga ega.
5. Davlat o‘z xizmatlarini elektron vositalar orqali taqdim etish yo‘li bilan o‘z sa’y-harakatlarini oddiy fuqarolar hayoti sifatini yaxshilashga qaratayotganidan dalolat beradigan misollar ko‘p.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda bu sohada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2003 yilning sentyabr oyida respublikamizda elektron hukumatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan Hukumat portali ishlab chiqildi va www.gov.uzmanzili bilan internet tarmog‘ida joylashtirildi.
Bugun davlat organlari tomonidan o‘z faoliyatiga axborot tizimi hamda resurslarini joriy qilish bo‘yicha jadal olib borilgan ishlar natijasida 320 dan ortiq davlat axborot resurslari va 465 dan ziyod davlat axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2013 yilda joriy etilgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qiluvchi 250 turdan ortiq davlat xizmatlari elektron shaklda ko‘rsatilayotir. O‘tgan davr mobaynida ulardan 380 mingdan ziyod aholi masofadan turib foydalangan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama etishda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash maqsadida maxsus portal faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Unda ayni paytga kelib, foydalanuvchilar tomonidan 73 ta davlat organining 237 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha 350 dan ortiq taklif va mulohazalar bildirilgan. Bu esa qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda davlat interaktiv xizmatlari soni 1088 taga etdi. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 438 taga ko‘pdir. Mamlakatda interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida soliq (soliq.uz) va statistik hisobotlar (stat.uz)ni elektron shaklda topshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlari ulushi 100 foizga etdi.
2015 yilning 6 yanvaridan my.gov.uz.da «Normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi» yo‘lga qo‘yildi. U orqali qonun hujjatlarini internet orqali muhokama qilish mumkin. Hozirgacha YAgona portalda 131 ta qonun hujjati muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, shulardan 19 tasi muhokama jarayonida, 104 tasining muhokamasi yakuniga etgan, 8 ta hujjat loyihasi tasdiqlangan. Qonun hujjatlari loyihasini baholash jarayonida 282 fikr qoldirilgan bo‘lib, ularning 81 tasiga javob berilgan.
Axborot bilan bu kabi erkin tanishish hamda undan foydalanish tabiiy ravishda fuqarolarda siyosat va boshqaruvda muntazam ishtirok etish uchun keng imkoniyat yaratadi. Bu o‘rinda elektron hukumatga nisbatan muammolarning nafaqat navbatdagi amaliy echimi, amal qilib turgan tuzilmalar va ijtimoiy munosabatlarni modernizatsiya qilish, balki davlatni boshqarishning yangi usuli sifatida ham qaraladi.
6. Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. «Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo`lgan huquqiy me‘yorlarning nechog`liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o`z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo`lib, o`ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir». Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro`yobga chiqadi.
Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo`lib, eng avvalo o`zida jamiyat a‘zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o`rni beqiyosdir. O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir.
Erkin saylovlarni o`tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og`ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Birinchi Prezident I.A.Karimovning e‘tiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o`zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo`ladi.
7. Mamlakatimiz hozirgi zamon saylov huquqi xalq hokimiyatini yaqqol namoyon qiladigan muhim konstitutsiyaviy institutdir. O`zbekiston saylov qonunchiligi erkin demokratik saylovlar o`tkazish bo`yicha xalqaro saylov andozalari majmuini tashkil etuvchi xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan prinsiplari va normalariga to`la mos keladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasida ta‘kidlanganidek, yurtimizda «xalqaro huquqning umum e‘tirof etilgan qoidalari ustunligi» tan olinadi.
Ma‘lumki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy shug`ullanadigan masalaga aylandi. Hozirgi paytda dunyoda insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta‘minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o`tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud
Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (1948 yil) 21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro paktning (1966 yil) 25-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risida xalqaro konvensiyaning 5-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risida BMT deklaratsiyasining (1963 yil) 6-moddasida mustahkamlab qo`yilgan.
Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o`zida 145 davlat parlamentlarini birlashtirgan va, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi ham a‘zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta e‘tibor qaratadi. 1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov prinsiplari to`g`risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi45. Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir xalqaro prinsiplar va normalarga amal qilishga da‘vat etadi.
8. O`zbekistonda saylov tizimini isloh etilib, bir mandatlilikdan ko`p mandatli saylov tizimiga o`tilishi fuqarolarga siyosiy erkinliklarini, huquqlaridan atroflicha foydalanish imkoniyatini berdi. Jamiyat hayotini isloh etishga, shakllangan eski tizim o`rnida tamomila yangi siyosiy qadriyatlarni qaror topishga shart-sharoitni vujudga keltirdi.
Bu insonlar ongi, tafakkurida jamiyat siyosiy hayotiga qarashda yangicha yondoshuvga, "totalitar ong va tafakkurni" barham topib borishiga muhim turtki bo`ldi. Fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma-xil demokratik institutlar bilan bevosita bog`liq. SHu nuqtai nazardan yondashganda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vazifalari o`zgarayotganligini kuzatamiz.
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, "Yangi sharoitda davlatning, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining g`oyat muhim vazifasi siyosiy partiyalar, nodavlat, ijtimoiy strukturalar, fuqarolik jamiyatining endigina paydo bo`lib kelayotgan xilma-xil institutlari bilan ishlash va hamkorlik qilishning yangidan-yangi shakllarini izlab topishdan iboratdir".
Fuqarolarning davlat hokimiyatini boshqarishda ishtiroki, demokratiyaning ikki asosiy ko`rinishi orqali, ya‘ni bevosita va vakolatli tarzda amalga oshirib boriladi. Bevosita demokratiyada barcha saylash yoki saylanish huquqiga ega bo`lgan fuqarolar saylangan yoki tayinlangan rasmiy vakillar vositachiligisiz jamiyatni boshqarish ishlariga, qonunlar ishlab chiqish, qabul qilishda qatnashishlari mumkin. Bu jarayon tashkiliy jihatdan qaraganda reallikni, bugungi voqeylikni aniq hisobga olishni taqazo etadi. Bugungi siyosiy voqeylikda uni hayotga tadbiq etish o`zining muhim amaliy jihatiga ega. Davlatning bosh strategik vazifalarini ishlab chiqishda, mamlakat oldida turgan eng dolzarb vazifalarga nisbatan umumxalq fikrini, munosabatlarini aniq ifodalash lozim bo`lganda, murojaat etiladi. Xalq o`zining xohish-irodasini ifodalaydi.
Shu nuqtai-nazardan yondoshganda xalqning davlat hokimiyati va jamiyatni boshqarishda ishtirokining tub mohiyati, xalq tomonidan uni idora etish bo`lib, oliy hokimiyati xalq qo`liga topshiriladi va xalq uni bevosita yoki erkin saylovlar orqali amalga oshiradi. Demokratik jamiyat qurish vazifalari davlat hokimiyati faoliyatini, mansabdor shaxslar bilan fuqaro o`rtasidagi munosabatlarni, ularni bir-birlariga nisbatan mas‘uliyatini bog`lagan holda amalga oshirishni taqoza etadi. SHuning uchun ham, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2 moddasida "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamiyat va fuqarolar oldida ma‘suldirlar" deb yozib qo`yilgan.
9. O`zbekiston Respublikasining Jamoat birlashmalari to`g`risida‖gi Qonunida ham fuqarolarning birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: Inson huquqlari to`g`risidagi Umumiy deklaratsiyaga, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo`yiladi‖. Mazkur Qonunda jamoat birlashmasi‖ tushunchasiga ta‘rif ham berilgan: O`z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro`yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.‖ Ko`rinib turiptiki, jamoat birlashmalariga berilgan ta‘rif ko`pchilik tomonidan e‘tirof etilgan Vikipediya‖ lug`atida keltirilgan ta‘rifga to`la mos keladi va ta‘kidlash joizki, bizning qonunimizda jamoat birlashmalariga berilgan ta‘rifning bir qator jihatlari Vikipediya‖dagidankengroq va mustahkamroqdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
Do'stlaringiz bilan baham: |