4- semestr topshiriq javobi 1


siyosiy partiyalarning maqomini



Download 59,97 Kb.
bet3/3
Sana16.07.2021
Hajmi59,97 Kb.
#121404
1   2   3
Bog'liq
4- semenar topshiriq javobi

siyosiy partiyalarning maqomini, ularning fuqarolik jamiyati hayotidagi roli va o‘rnini belgilab beruvchi quyidagi eng muhim me’yorlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

- fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqi;

- fuqarolarning kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi;

- demokratik prinsiplar asosida siyosiy partiyalarni tashkil etish va faoliyat yuritish kafolati;

- siyosiy partiyalarning turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi;

- partiya faoliyatidagi cheklovlar: konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati ta’qiqlanadi;

- siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etishi va saylovchilarning xohish-irodasini shakllantirishda ko‘maklashadi.

Ko‘pgina boshqa demokratik mamlakatlar singari O‘zbekistonda ham siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlarni ilgari suruvchi, saylov yakunlari bo‘yicha parlamentda va mahalliy hokimiyat vakillik organlarida o‘z vakillariga ega bo‘luvchi hamda ularga partiyaning doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etish va dasturiy ustuvorliklarini amalga oshirish uchun amaliy imkoniyatlar yaratuvchi asosiy institut hisoblanadi.Shunday ekan, fuqarolik jamiyati instituti hisoblanuvchi siyosiy partiya, birinchi navbatda, vakillik demokratiyasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

- saylovlarda fuqarolarning ongli va faol ishtirokini ta’minlash;

- turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida vositachilik qilish;

- o‘z elektoratining tegishli manfaatlarini himoya qiluvchi konsepsiya, loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va ilguri surish.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishlari uchun partiyalarga qonunchilikda quyidagi huquqlar belgilangan:

- o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish; - saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;

- qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;

- partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;



10. Маmlаkаtimiz sаylov tizimi xаlqаro huquqning umume'tirof этилган qoidаlаri, rivojlаngаn demokrаtik dаvlаtlаrning bu borаdаgi ilg`or tаjribаsi vа xаlqimizning milliy mentаlitetini inobаtgа olgаn holdа shаkllаntirilgаn bo`lib, fuqаrolаrgа dаvlаt ishlаrini boshqаrishdа bevositа hаmdа o`z vаkillаri orqаli erkin hаmdа ixtiyoriy ishtirok etish uchun teng shаroitlаrni kаfolаtlаydi. Sаylov tizimi - demokrаtik jаmiyat siyosiy tizimining muhim qismi bo`lib, fuqаrolаrning sаylаsh vа sаylаnishdаn iborаt huquqini аmаlgа oshirish jаrаyonidа yuzаgа kelаdigаn ijtimoiy munosаbаtlаr yig`indisini аnglаtаdi. Ushbu tushunchа dаvlаtning sаylаb qo`yilаdigаn orgаnlаrini shаkllаntirish tаrtib-tаomillаrini hаm o`z ichigа qаmrаb olаdi. Xаlqаro tаjribаdа sаylov tizimining mаjoritаr, proportsionаl vа аrаlаsh turlаri fаrqlаnаdi. Mаmlаkаtimiz sаylov tizimi O`zbekiston Respublikаsi Konstitutsiyasi, "O`zbekiston Respublikаsi Prezidenti sаylovi to`g`risidа"gi, "Xаlq deputаtlаri viloyat, tumаn vа shаhаr kengаshlаrigа sаylov to`g`risidа"gi, "Fuqаrolаr sаylov huquqlаrining kаfolаtlаri to`grisidа"gi, "O`zbekiston Respublikаsi Mаrkаziy sаylov komissiyasi to`g`risidа"gi, "O`zbekiston Respublikаsi Oliy Mаjlisigа sаylov to`g`risidа"gi, "Fuqаrolаr yig`ini rаisi (oqsoqoli) vа uning mаslаhаtchilаri sаylovi to`g`risidа"gi qonunlаrdа mustаhkаmlаb qo`yilgаn. Bugungi kunga kеlib saylov qonun hujjatlarida saylov tizimi, mohiyati, saylash va saylanish huquqi, saylovchilarni tashkil etish, o`tkazish, ovoz bеrish natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolotlari, saylovlarni moliyalashtirish va shu kabi o`ta muhim masalalarni huquqiy tartibga solish mеzonlari aniq bеlgilab qo`yildi. Sаylov qonunchiligi milliy kаdriyatlаrimiz vа dаvlаtchilik tаriximiz аsosidа, fuqаrolаrning siyosiy huquq, erkinligi vа mаnfааtlаrini tа'minlаsh hаmdа xаlqаro huquqning umume'tirof etilgаn tаmoyillаri vа rivojlаngаn xorijiy dаvlаtlаrning ilg`or tаjribаlаrini inobаtgа olgаn holdа ishlаb chiqilgаn.

11. 1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy saylov tizimimizni yaratilishiga asos soldi. Jumladan, uning 7-moddasida ―Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir‖, ―O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy qoidalarning belgilanishi konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari sifatida mustahkamlandi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqi Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko`ra, ―O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini-o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida ―Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o`zlarining demokratik yo`l bilan saylab qo`yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar‖, deb belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 77-moddasida O`zbekistonda saylovlar ko`ppartiyalik asosida o`tishi ko`zda tutilgan.

Eng asosiysi, Konstitutsiyada saylov tizimi prinsiplariga bag`ishlangan maxsus bobning mavjudligi O`zbekistonning saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim qadam bo`ldi. Uning XXIII bobi ―Saylov tizimi‖ deb nomlanib, 117-moddada ―O`zbekiston Respublikasining fuqarolaridavlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o`z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi‖ deyilgan muhim konstitutsiyaviy tamoyillar o`z aksini topdi.



O`zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda saylovlarning mustahkam o`rnini belgilash maqsadida Konstitutsiyaga alohida ―Saylov tizimi‖ deb nomlanuvchi XXIII bobni kiritilishi, bir tomondan saylov tizimining asosiy prinsiplarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi saylov huquqi bo`yicha umumiy tan olingan xalqaro andozalarga rioya qilinishini kafolatlasa, ikkinchi tomondan, mazkur konstitutsiyaviy qoidalar saylov qonunchiligini yaratishda poydevor vazifasini o`tadi. O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar turmush darajasini taraqqiy etgan davlatlar darajasiga ko’tarish, mamlakatimizni jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashidan iboratdir. Fuqarolik jamiyati muayyan hududda yashovchi, erkin va ozod kishilardan iborat aholi, millat va xalqning yashash tarzini anglatadi. Fuqarolik jamiyati demokratiyaga asoslangan davlatchilik sharoitida shakllanadigan va rivojlanadigan ijtimoiy muhitdir. Fuqarolik jamiyati shunday ijtimoiy muhitki, bunda fuqarolar o’zaro hamkorlik asosida ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qonuniy ravishda o’zlari qondirib boradi. Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi: birinchisi – xususiy mulkchilik. Rivojlangan demokratik davlatlarda aholining aksariyati xususiy mulk egalari hisoblanadi. O’rta mulkdorlar sinfi – jamiyat umumiy aholisining ko’pchiligini tashkil qiladi. Binobarin, xususiy mulk – fuqarolik jamiyati shakllanishi va funksionallashuvining dastlabki va muhim asosi sanaladi. Fuqarolik jamiyati amal qilishining ikkinchi muhim omili erkin bozor iqtisodiyotidir. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitidagina xususiy tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mumkin. Fuqarolik jamiyatining uchinchi muhim belgisi quyidagilardan iborat: har qanday demokratik davlat fuqarolarning ehtiyojlari va manfaatlarini yuqori darajada qondirib borishni nazarda tutadi. Ammo hozirgi zamonning o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida davlat tashkilotlarining fuqarolar ehtiyojlari va manfaatlarini aniqlash, ulardan xabardor bo’lish imkoniyati tobora qiyinlashib bormoqda. Bu muammoni bartaraf etishning yagona yo’li – davlat tashkilotlarining jamiyat hayotini boshqarib borishdagi ko’plab funksiyalarini bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlar, birlashmalarga ya‘ni fuqarolik jamiyati institutlariga o’tkazish hisoblanadi.

12 O’zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining o’rni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar – ko’ngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar, jamg’armalar va b.)ning faoliyatini o’zida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat hayotining barcha sohalarida faoliyat ko’rsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, o’z navbatida, fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko’rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar bo’yicha markazlar, jamg’armalar, assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar bo’lib, ular, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta‘minlashda muhim rol o’ynaydi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o’tib borish jarayonida, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy manfaatlarini, qiziqishlarini qondirib borishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalarining roli kattadir.

13. Fuqarolik jamiyatiga yaqinlashgan sari boshqaruvning ko’plab funksiyalari davlat tasarufidan o’z-o’zini boshqaruv tizimiga o’tib boradi. Aholining turli qatlamlari, ayrim olingan shaxs muayyan nodavlat va jamoat tashkiloti orqali jamiyat boshqaruvida faol qatnashadi. Shu asnoda jamiyat o’zini o’zi boshqarib boradi. Bu jarayonda qaysidir shaxs, hokim yoki rahbar xohish-irodasi, hukmronligi yoki muruvvati bilan emas, balki demokratiyaga asoslangan, fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, dunyoqarashi ustuvor bo’ladi va har qanday ijtimoiy faoliyat asosini tashkil qiladi. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga a‘zo bo’lgan kishilar, shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amal qilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati, o’tkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi. Hozirda, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat a‘zolarining manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni ta‘minlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyati institutlari o’z mohiyatiga ko’ra, fuqarolarning o’zligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda o’zini o’zi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir. Fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko’rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari o’z mohiyatiga ko’ra davlat muassasalaridan farq qiladi. O’zbekiston Respublikasining ―Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida‖gi Qonuni 2-moddasida ―nodavlat notijorat tashkiloti‖ tushunchasiga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―Nodavlat notijorat tashkiloti – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari (a‘zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir‖ 1 . ―Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma‘rifiy maqsadlarga erishish, ma‘naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi‖

14. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko’rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari 3-sektor deb ham yuritiladi. 1-sektor davlatga qarashli bo’lgan muassasalar(masalan, umumta‘lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta‘lim muassasalari kabilar shular jumlasidandir), 2-sektor esa turli ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari(masalan, birlashmalar, kichik va o’rta biznes, hususiy korxonalar shular jumlasidandir), hisoblanadi. Bunga yirik sanoat korxonalaridan tortib o’rta va kichik korxonalar, kichik, o’rta biznes va tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi turli xususiy korxona va tashkilotlar kiradi. Nodavlat va jamoat birlashmalari o’zini o’zi boshqarish organlari sifatida fuqarolar manfaatlarini himoya qiladi. Kishilar o’z qiziqish va manfaatlarini individual holda emas, balki fuqarolik institutlari orqali amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o’z manfaatlarini qonun ustuvorligiga asoslangan tarzda himoya qila olsagina hayotdan qoniqib yashaydi, o’zi yashayotgan jamiyatni adolatli deb biladi. Bugungi kunda O’zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyilining ijtimoiy hayotning barcha sohalarida to’liq amal qilib borishida nodavlat va jamoat birlashmalarining roli beqiyosdir. Aynan mana shu nodavlat va jamiyat tashkilotlari O’zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishining asosi bo’lib xizmat qiladi. Shu bois, Prezident Islom Karimov: ―Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda aholining turli ijtimoiy guruhlari va keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etadigan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat tashkilotlar, erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‗lmaydi,‖ 3 – deb bejiz aytmagan. Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan ko’rinib turibdiki, nodavlat va jamoat tashkilotlarining faoliyati jamiyatda qanchalik yuqori darajada bo’lsa, fuqarolarning ulardagi ishtiroki qanchalar faollashsa, shunga mos ravishda ijtimoiy adolat tamoyillari ham to’laroq amal qilib boradi.

15. Fuqarolik jamiyati institutlari esa o’zlarining mohiyatiga ko’ra, davlat tashkilotlaridan farq qiladi va ularga ijtimoiy konstruktivlik, ya‘ni jamiyat oldida turgan vazifalarni hal etishga yo’nalganlik xosdir. Bunday jamoat tashkilotlari ma‘lum bir ijtimoiy makon – jamiyatda tashkil topadi. Bu esa ularning ushbu hududning tarkibiy qismi, instituti ekanligini anglatadi. Modomiki, jamiyat tub o’zgarishlarga yuz tutgan ekan, fuqarolik jamiyati institutlari ushbu jarayonlardan chekkada tura olmaydi. Shu ma‘noda, ular jamiyat muammolarini bartaraf etishda faol ishtirok etadi. Ularning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:  milliy qadriyatlarimizni dunyo hamjamiyatiga targ’ib qilish;  yurtimizga qarshi qaratilgan, jamiyatimiz hayotiga tahdid soluvchi buzg’unchi, yot g’oyalar, g’oyaviy va axborot xurujlari, ularning ortida turgan kuchlarning g’arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da‘vat etish, diniy ekstremizmga qarshi kurashish yuzasidan olib boriladigan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarda faol ishtirok etish;  yangidan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan, chetdan g’arazli maqsadlar bilan hayotimizga suqilib kirishga yo’naltirilgan turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi aholining turli qatlamlari o’rtasida targ’ibot tashviqot ishlarini olib borish;  yoshlar ijodini rag’batlantirishga, rivojlantirishga qaratilgan faoliyat ko’rsatish;  kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’zda tutilgan asosiy maqsadlar, yoshlar orasida komil axloq, o’zaro insoniy munosabatlar, mehr-muruvvat, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglikni keng targ’ib etish, ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy ishlarini olib borish;  Aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda jismonan baquvvat avlodni tarbiyalashga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;  Vatan ozodligi yo’lida kurashib, jon fido qilgan buyuk ajdodlarimizning ibrati, o’tmish saboqlari, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar tahlili asosida odamlar qalbida milliy g’urur va hech qachon hech kimga qaram bo’lmaslik tuyg’usini kamol toptirish kabilar shular jumlasidandir
Download 59,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish