Bajardi : Amirov O. 1)pedagogik testlar 2)anketa o’tkazish-pedagogik tadqiqot metodi sifatida 3)ta’limning amaliy natijalarini baholash vositasi sifatida kurs ishi va kurs loyihasini o’rni va o’tkazish tartiblari Test turlari
Yopiq test
Ochiq test
Moslik test
Izchil test
Yopiq va ochiq testlar - Yopiq test - test sharti savol yoki vazifa, topshiriq va qisqa javoblardan iborat tuzilib, ko’pincha javoblardan bittasi to’g’ri, qolganlari to’g’rijavobga o’xshashroq bo’ladi. Yopiq testda bir necha to’g’ri javob bo’lishi ham mumkin. Yopiq test deb atalishining boisi shundaki, tekshiriluvchi qo’yilgan shartga (savolga) o’z javobini bera olmaydi, u testda keltirilgan javoblardan birini, o’zicha to’g’ri deb hisoblanganini tanlashi, belgilashi mumkin. Ochiq test - talabaga o’z xoxishiga ko’ra javob berish imkoniyatini yaratadi. Ochiq testlar, odatda, bitta asosiy so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan jumladir.
anketa o’tkazish-pedagogik tadqiqot metodi sifatida - Anketa (fransuzcha “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Bu metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi: 1) ochiq turdagi savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar).Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur
Осуществимые решения
Решение №1
- Anketaning kirish qismida sotsiolog tadqiqot o`tkazayotgan ilmiy tadqiqot yoki uning guruhi, ilmiy tashkilot manzilgohi, tadqiqotning nomi va maqsadi, anketani tuzuvchining ismi-sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt va respondentga berilgan savollarga qay tarzda javob qilish usuli, va nihoyat, to`ldirilgan anketani kimga va qaerda topshirish yo`llari va lo`nda bayon etiladi. Bu muqaddimaning ahamiyati shundan iboratki, respondent, odatda, kirish qismidan dastlabki ma`lumotlarni oladi va tayyorgarlik ruhiga ega bo`ladi.
Решение №2
- Ikkinchi qismda respondentning o`ziga xos pasporti aks etadi. Bunda respondentlar ijtimoiy-demografik xarakteristikasiga oid savollar bo`lishi nazarda tutiladi. Ko`pincha respondent shaxsiga oid savollar anketaning oxirgi qismida keltiriladi. Bunga sabab qilib, ayrim sotsiologlar anketa boshlanishida shaxsga oid savollarning berilishi bir jihatdan odob va axloq qoidalariga muvofiq emas, deb hisoblashsa, ikkinchi jihatdan bunday savollar respondentni cho`chitib yuborishi va maqsadga xizmat qiluvchi ob`ektiv va to`g`ri javoblar olishga halaqit berishi mumkin, deb ta`kidlashmoqda.
Решение №3
- Anketaning so`nggi bosqichida yakunlovchi savollar o`rin olishi kerak. Bunday savollar asosiy bosqichda ilgari surilgan hamma savollarga xulosa yasashi, respondentlarni ruhiy-intellektual hayajon vaziyatidan chiqarishga xizmat qilishga lozim.
ta’limning amaliy natijalarini baholash vositasi sifatida kurs ishi - Kurs ishi — oliy oʻquv yurtlari talabalari tomonidan oʻquv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi professional oʻqituvchilar rahbarligida talabalarda toʻplangan nazariy bilimdan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish koʻnikmasini yoki mavzuni chuqur oʻrganish maqsadida bajari-ladi. K.ye, odatda, quyi kurslarda referativ (qarang Referat), yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida oʻtkaziladi. Kurs ishi mavzui oliy oʻquv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |