4.4. Mol yetkazib beruvchi tanlovi Doimiy mol yetkazib beruvchilardan taklif olish va uni baholash jarayoni turlicha tashkil qilinishi mumkin. Keng tarqalgan va samaralisi quyidagilar hisoblanadi:
1) Tanlovli savdo.
2) Mol yetkazib beruvchi va iste’molchi o’rtasida yozma kelishuv.
Tanlovli savdo (tenderlar) doimiy mol yetkazib beruvchilarni izlashning keng tarqalgan shaklidir. Tenderni o’tkazish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- reklama;
- tenderli hujjatlarni ishlab chiqarish;
- tenderli xujjatlarni chop etish;
- tenderli takliflarni qabul qilish;
-tenderli takliflarni baholash;
-savdo qatnashchilarining malakasini tasdiqlash;
- shartnoma taklifi.
Tenderli hujjatlashtirish, qoida bo’yicha, yetarlicha katta hajmga ega bo’lib, 1 qator muhim funktsiyalarni bajaradi:
-tender qatnashchilariga savdo jarayoni to’g’risida yo’l - yo’riq ko’rsatadi;
-xarid qilinadigan tovar va xizmatlarga tavsif beradi;
-taklifni baholash shartlarining mezonlarini o’rnatadi;
-keyingi shartnomalar shartlarini aniqlaydi.
Baholash jarayonining asosiy qoidalari quyidagilar:
-tender tashkiloti a’zolarini oldindan belgilash;
-talabga javob beruvchi takliflarni ko’rib chiqish;
-tender hujjatida keltirilgan baholash qoidalariga to’liq amal qilish;
Savdo qatnashchilari bilan qandaydir kelishuvlarning bo’lmasligi.
Yozma kelishuvda kelishuv qatnashchilari rasmiy tovar yetkazish to’g’risida taklif olishadi. Bu 2 xil usul bilan amalga oshishi mumkin. Birinchisida, shartnoma tuzish tashabbusi tovar sotuvidan chiqadi. U o’zining doimiy xaridorlariga ofertalar jo’natadi. Odatda ofertalar quyidagi rekvizitlarni o’z ichiga oladi:
Tovar nomi;
Tovar miqdori va sifati;
Narx;
Etkazib berish sharti va muddati;
To’lov sharti;
Tara va qadoqlash tavsifi;
Qabul qilish - uzatish sharti;
Ofertalar qattiq va erkin tarzda bo’lishi mumkin.
2-usulda shartnoma tuzish tashabbusi tovarni sotib oluvchidan chiqadi. U doimiy mol yetkazib beruvchilarga tijorat xatini jo’natadi. Unda barcha yuqoridagi rekvizitorlar ko’rsatilgan bo’ladi.
4.3. Mol yetkazib beruvchini tanlashdagi asosiy talablar
Mol yetkazib beruvchini tanlashda 2 asosiy mezon mavjud:
1) mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bahosi.
2) xizmat ko’rsatish sifati.
Bulardan tashqari unchalik asosiy bo’lmagan 60 dan ziyod mezonlar mavjud. Ularning ayrimlari quyidagilar:
Mol yetkazib beruvchining iste’molchidan uzoq joylashgani;
Joriy va tezkor buyurtmalarni bajarish muddati;
Mol yetkazib beruvchida mahsulot sifatini boshqarishning tashkil qilinganligi va boshqalar.
Sanab o’tilgan mezonlarni qo’llashda turli manbalardan keluvchi axborotlarni yig’ish lozim. Ushbu manbalarga quyidagilar kiradi:
SHaxsiy kuzatuv;
Mahalliy manbalar;
Bank va moliyaviy institutlar;
Mavjud mol yetkazib beruvchining raqobatchilari;
Savdo assotsiatsiyalari;
Axborot agentliklari;
Davlat manbalari;
1. Xaridorning huquqiy asoslari
Takliflar va qabul qilingan takliflar. SHartnoma ikkala tomonning oldi - sotdidagi roziligi bilan tuziladi va yozma tarzda rasmiylashtiriladi.
Moliyaviy shartlar. SHartnoma qiymatiga ega bo’lishi kerak, ya’ni unda moliyaviy shartlar ko’rsatilgandagina u haqiqiy hisoblanadi.
SHartnoma tuzish huquqi. Bunday huquqqa faqat mas’ul shaxslargina ega. Masalan: direktor, bosh direktor va boshqalar.
Qonuniylik. SHartnomaning qonuniy bo’limi mamlakatning yuridik me’yorlariga javob berishi lozim.
2. SHartnoma sharti
SHartnoma tizimi turli shartlarning o’zaro kelishuvini ko’rsatadi. Aniq ko’rsatilgan shartlar, bu shartnoma mazmunidan kelib chiqadigan shartlardir. SHart sifatida shartnomada zarurlarni qoplash ham ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Bu jarima hisoblanib, oldindan qat’iy belgilangan tartib va shartlarda undiriladi. Zarurlarni qoplashdan farqli ravishda jarima summasi o’sib boruvchi, ya’ni shartlar o’z vaqtida bajarilmaganda olib boruvchi hisoblanadi. Agar kechikish mol yetkazib beruvchiga bog’liq bo’lgan shartda kelib chiqish ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda shartnomada fors - major shartini o’rganish kerak.
3. SHartnoma tuzilishi
SHartnoma tuzilishi quyidagi tartibda bo’lishi kerak:
- shartnoma predmeti;
- Tovar miqdori;
- tovar sifati;
- shartnoma summasi va hisob - kitob tartibi;
- qadoqlash va markerlash;
- tovar yetkazish;
- tovar qabul qilish;
- fors - major;
- tomon majburiyatlari;
- kelishmovchiliklarni hal qilish;
- boshqa shartlar;
Etkazib berish to’lovi
Buyurtma berilgan tovarlarga hisob olish shartnoma bajarilishining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Barcha hisoblarni bir qancha asosiy qoidalarga ko’ra tekshirib ko’rish kerak:
Hisob - kitobni qabul qilishda, u aynan sizga tegishli ekanligiga ishonch xosil qiling;
Buyurtma raqamini tekshiring. Agar hujjatlarda qarama-qarshilik bo’lmasa, buxgalteriya hisobini to’laydi. Hisoblarni to’lashda turli usullardan foydalanish mumkin:
To’lov talabnomasiga asosan hisob-kitob;
Akkreditiv bo’yicha hisob-kitob;
Inkassa bo’yicha hisob-kitob;
CHeklar bo’yicha hisob-kitob;
Yuqorida sanab o’tilgan hisob-kitoblarga asosan, to’lov: qismlab; oldindan to’liq to’lash; oxirida to’liq to’lash va boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin. Har qanday holda ham u oldi - sotdi shartnomasida ko’rsatilgan bo’ladi. Tezkor yoki oldindan to’lash tovar sotib olishda chegirma qilish huquqini berish mumkin. Boshqa tomondan, to’lovni kechiktirish, uni sotib oluvchi tomonidan boshqa maqsadlarda ishlatishni bildiradi. SHunga muvofiq, to’lov usulini tanlashda uning afzallik va kamchiliklarini diqqat bilan o’rganib chiqish hamda buning natijasida sizga qanday foyda va zarar tegishini aniqlab olish zarur.
Nazorat savollari
1. Tashish usulini tanlashda nimalarni inobatga olish zarur?
2. Avtomobil transportida mahsulotlarni yetkazib berish usullari
3. SHartnoma tuzilishi quyidagi tartibi?
4. Mol yetkazib beruvchi va iste’molchi o’rtasida yozma kelishuv deganda nimani tushinasiz?