4- mavzu: O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li. Reja Taraqqiyotning «O’zbek modeli»



Download 141 Kb.
bet3/15
Sana28.04.2022
Hajmi141 Kb.
#586855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
4 мавзу маъруза

Ta’lim ravnaqi Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub o’zgarishlarda yaqqol namayon bo’lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o’quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha o’nlab yangi oliy o’quv yurtlari – Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’- konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. 1997 yil 27 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Mustaqil tadqiqotchilik
Milliy dastur asosiga ko’ra yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9 yillik maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o`rganadilar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi. 2001 yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’limmuassasalarida 608500 nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 taumumta’lim maktablarida 440762 nafar o’qituvchi 6,3 mln. o’quvchigata’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha barcha o’quv fanlaridanDavlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabdatajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’limstandartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1998-2004 yillar davomida zamonaviy o’quv- laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus o’quv yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004o’quv yilida akademik litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi.
Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikkibosqichdan - bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkiletildi. 62 ta oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr vamagistrantlar soni 2003-2004 o’quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-o’qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O’tgan 4 yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavr va magistrlar uchun qo’yiladigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi. Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash maqsadida «Respublika bolalar fondi», «Sog’lom avlod uchun», «Iste’dod» jamg’armalari tashkil topdi. Ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, AQSH kollejlari konsorsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSH), Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o’qib keldi. O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kata qiziqish uyg’otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.SHukshunov O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo’q hujjat, deb ta’rifladi. O’zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o’zbek modeli» deb e’tirof etildi

Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish