Мавзу: Фалсафий фикрлар тара±±иёти тарихидан ( 4 соат)


O’rta Osiyoda IX-XII asrlarda falsafiy qarashlar



Download 102 Kb.
bet2/5
Sana18.01.2017
Hajmi102 Kb.
#589
1   2   3   4   5
O’rta Osiyoda IX-XII asrlarda falsafiy qarashlar.
O’rta Osiyo xalqlari uzoq tarixga egadir. Eramizdan avvalgi 1 minginchi yillarda bu o’lkada, yunon manbalarida ko’rsatilishicha, skif (sak)lar deb nomlangan xalqlar istiqomat qilgan. Lekin aholi o’zi yashagan joyning nomiga qarab turlicha atalgani ham adabiyotlarda keltiriladi. Masalan, Amudaryoning quyida yashaganlar – xorazmliklar; Zarafshon vodiysida yashaganlar-sug’dlar; Murg’ob daryosi vodiysida yashaganlar-margianlar; Farg’ona vodiysida yashaganlar - parkanlar kabi nomlar bilan ma’lum bo’lgan.

Qadimgi davr madaniyati, ma’naviyati, jumladan, axloq, ma’rifat, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlar xalq og’zaki adabiyotida, folьklorda, turli xalq an’analarida ham o’z aksini topib kelgan. Go’ro’g’li, Alpomish, Rustam haqidagi dostonlarda xalqimizning qadimgi urf – odatlari, ruhiyati, xulq-odoblarining ifodasini uchratishimiz mumkin. Bunday ma’lumotlar qadimgi sug’d, manixey, xorazm, turkiy yozuvlar namunalarida saqlanib qolgan manbalarda ham uchraydi.

VIII asrga kelib O’rta Osiyoni arablar istilo qildilar va ular o’zlari bilan yangi din – Islomni olib keldilar va bosib olingan xalqlar orasida turli yo’llar bilan bu dinni tarqata boshladilar.

Bosib olingan o’lkalarni boshqarish uchun xalifalar tayin etila boshlandi. Islomning vujudga kelishi bilan bog’liq xolda yangi shakllangan arab davlati-Xalifat nomini oldi. VII-VIII asrlarda O’rta Osiyo ham arablar tomonidan (Qutayba ibn Muslim boshchiligida) bosib olinib, xalifatga bo’ysundirildi. VIII asrning oxirlarida Atlantika okeanidan Tyanь – Shangacha, Kavkazdan Hind okeanigacha bo’lgan ulkan hududni, turli tilda gaplashuvchi xalqlarni o’z ichiga olgan Arab imperiyasi vujudga keldi. Albatta, O’rta Osiyoni arablar tomonidan bosib olinishi osonlik bilan bo’lmadi. Ular bosqinchilik siyosatini yuritish bilan birga qadimgi madaniyat, dinlar, yozuvlar, bilimdonlarga qarshi keskin kurashni avj oldirdilar. Islom orqali bu yerlarda arab tili va arab yozuvi ham tarqaldi. Qadimgi yozuvlar, xorazm, sug’d, turk yozuvlari yo’qotilib, ularning himoyachilari jazolandi.

VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab islom ichida shialar, sunniylar, mutazaliylar, mutakallimlar kabi turli oqimlar vujudga keldi. XI asrlarda islom va boshqa ta’limotlar ta’sirida tasavvuf shakllandi va musulmon Sharqiga tarqaldi. Arab tili musulmon Sharqida xususan O’rta Osiyoda fors va turkiy tillarni chetlab o’tib, umumiy din va ilm-fan tiliga aylanib, turli xalqlar madaniyatining o’zaro aloqasiga katta ta’sir ko’rsatdi.

VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikning markazi Bag’dodda ilm-fan rivojlandi, qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun), Arestotelь (arastu), Sokrat ( Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. Xristian va islom olimlari o’rtasida xamkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa Xorun ar-Rashid o’limidan (813 yil) so’ng, uning o’g’li al-Ma’mun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam bo’lib, unga qadar xalifalikning O’rta Osiyo va Xuroson bo’yicha vakili sifatida Marvda (xaroblari hozirgi Mari yaqinida) hokimlik qilar edi. Otasining o’limidan so’ng xalifa sifatida Bag’dodga ko’chgach, u yerda ilmiy Markaz tashkil etib, unga barcha musulmon o’lkalari, jumladan, O’rta Osiyodan ham olimu fozillarni to’pladi. Bu markazda Movarounnahr, Xurosondan chiqqan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar faoliyat ko’rsatib, Bag’dod ilmu madaniyatini, arab ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qo’shdilar.

O’rta Osiyoda arab xalifaligining ta’siri susayib, yerli feodallar, xususan Tohiriylar hamda Somoniylarning nufuzi kuchaya bordi. IX asrning oxiriga kelib O’rta Osiyo mustaqillikka erishdi va bu yerda arablar ta’siridan qutulgach birinchi feodal davlati – Somoniylar hukumronligi shakllandi.

Bu davrda O’rta Osiyodan Xorazmiy va Farg’oniy, Ismoil Buxoriy va Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy kabi ulkan olimlar yetishib chiqdi. Ular o’z ijodlari, asarlari bilan o’z xalqlarini dunyoga mashhur qildilar.

XI asrlardan boshlab O’rta Osiyoda ham tasavvuf keng tarqala boshladi. Xususan, Yusuf Hamadoniy (1048-1140) Buxoroda tasavvuf ta’limotini o’rgatish va targ’ib etishga kirishdi. Birinchilardan bo’lib uning qo’lida Xoja Ahmad Yassaviy (vafoti 1166 yil) ta’lim oldi, tasavvuf sirlarini o’rgandi va Turkistonga borib, u yerda tasavvufni targ’ib qildi. Uning ta’limoti Yassaviya nomini oldi.

Hamadoniy ta’limoti asosida Abduxoliq G’ijduvoniyning «Xojagon» tariqati vujudga keldi. So’ng shu tariqat Bahovuddin Naqshband davrida keng yoyilib, naqshbandiya yo’nalishini tashkil etadi.

XII asrda Xorazmda ham tasavvuf ilmi keng yoyila borib, Najmiddin Kubro (1146-1221) boshchiligida tasavvufning kubroviya oqimi shakllanib, O’rta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida keng yoyildi.

Tasavvuf ta’limotlari boshqa musulmon mamlakatlarida bo’lganidek, O’rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyatining so’nggi rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Ma’lumki G’arb adabiyotlarida Ovro’po mamlakatlarida keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV-XVII asrlarni Renessans-Uyg’onish davri nomi bilan yuritadilar. Biroq ko’pchilik mualliflar Sharqda shunday jarayon bo’lganligidan ko’z yumadilar. Xolbuki, IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda Ovro’podan bir necha asr ilgari madaniy yuksalish yuz berganligini hech kim inkor eta olmaydi. U Ovro’podagidek yangi siyosiy – iqtisodiy jarayon, ya’ni kapitalistik aloqalarning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lmagan bo’lsa-da, madaniyat tarixida so’nmas iz qoldirdi va Ovro’po Renessansining vujudga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Shuning uchun biz IX-XII asrlardagi O’rta Osiyo madaniy yuksalishini Uyg’onish davri, aniqrog’i ilk Uyg’onish davri det atashga to’la asosimiz bor. Bu ilk Uyg’onish davri madaniyati siyosiy – iqtisodiy jihatdan Ovro’po mamlakatlaridan farqli o’laroq mustaqillikka erishish va bu mintaqada mustaqil davlatlarning vujudga kelish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Afsuski, XIII asr boshida O’rta Osiyo yana o’z mustaqilligini yo’qotdi, u mug’ullar tomonidan bosib olindi. Shuning uchun ilk Uyg’onish davri deyishimizga sabab bunday jarayon-madaniy yuksalish XIV-XV asrlarda mo’g’ul mustamlakachiligidan qutulib, Amir Temur va Temuriylarning mustaqil davlati barpo etilishi bilan bog’liq holda yana bir bor yuz berganini ko’ramiz.



Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish