Jurjoniy fikricha, vojib ul-vujud xudo boʻlib, mumkin ul-vujud moddiy olamdir. U borliqning birinchi sababi sifatida vojib ul-vujudni, yaʼni xudoning borligini tan oladi. Uningcha, mumkin ul-vujud oʻzining bor boʻlishi uchun qandaydir tarzda boʻlsa ham, biror-bir sababga ehtiyoj sezadi. U biror-bir narsa tufayli, yaʼni birinchi sabab qimmatiga koʻra vojib ul-vujud darajasiga koʻtariladi. - Jurjoniy fikricha, vojib ul-vujud xudo boʻlib, mumkin ul-vujud moddiy olamdir. U borliqning birinchi sababi sifatida vojib ul-vujudni, yaʼni xudoning borligini tan oladi. Uningcha, mumkin ul-vujud oʻzining bor boʻlishi uchun qandaydir tarzda boʻlsa ham, biror-bir sababga ehtiyoj sezadi. U biror-bir narsa tufayli, yaʼni birinchi sabab qimmatiga koʻra vojib ul-vujud darajasiga koʻtariladi.
- Jurjoniy tabiatdagi hech bir hodisa sababsiz kelib chiqmaydi, deb taʼkidlaydi. Hamma mavjud ashyolardagi butun harakat va oʻzgarishlar faqat makon va zamondagina roʻy beradi. Jurjoniy dunyoqarashiga xos xususiyat, uning butun borliqni bir-biriga qonuniy ravishda bogʻlangan boʻlakchalardan iborat yagona tana sifatida taʼriflashdir. Uning fikricha, moddiy dunyoni tashkil etgan narsalar asosida toʻrt unsur, yaʼni olov, havo, suv va tuproq yotadi. Uch unsurdan iborat boshqa jismlar, yaʼni metallar, oʻsimliklar va hayvonlar esa, yuqorida aytilgan toʻrt unsurning bir-birlari bilan qorishishining hosilasi sifatida kelib chiqqandir. Toʻrt unsur doimo harakatda ekanligidan oʻzgaruvchan boʻlib, biri ikkinchisiga aylanib qolishi mumkin. Havo suvga, suv tuproqqa va hokazo.
Jurjoniy falsafasida modsiylik gʻoyalarigina emas, balki dialektik dunyoqarash mavjud. Uning fikricha, moddiyliqdan xoli boʻlgan boʻsh joy yoʻq. Bu haqda u shunday yozadi: “Samoviy gumbaz buyuk doiradir. U barcha jismlarni qamrab olgan boʻlib, moddiy dunyoni chegaralab turadi. Ammo u boʻshliq emas, chunki uni moddadan tashqarida boʻlgan tushuncha yoki biror oʻlchov bilan tushuntirib boʻlmaydi. Bundan tashqari bir-biri bilan oʻzaro yopishib, ayni vaqtda boshqa jism bilan ham bogʻlanib turgan narsaning oʻzi boʻlishi mumkin emas. Har bir atrofdagi dunyo, oʻzi turgan narsaga tegib turishi zarur va bir-birining ketidan yuqoridagidek tartibda joylashishi lozim, chunki boʻshliqning boʻlishi mumkin emas. Mana shunday jismlar, unsurlar, samoviy doiralar, butun sayyoralar va moddiy boʻlakchalarning tarkibiy majmuasi olam deb ataladi”. - Jurjoniy falsafasida modsiylik gʻoyalarigina emas, balki dialektik dunyoqarash mavjud. Uning fikricha, moddiyliqdan xoli boʻlgan boʻsh joy yoʻq. Bu haqda u shunday yozadi: “Samoviy gumbaz buyuk doiradir. U barcha jismlarni qamrab olgan boʻlib, moddiy dunyoni chegaralab turadi. Ammo u boʻshliq emas, chunki uni moddadan tashqarida boʻlgan tushuncha yoki biror oʻlchov bilan tushuntirib boʻlmaydi. Bundan tashqari bir-biri bilan oʻzaro yopishib, ayni vaqtda boshqa jism bilan ham bogʻlanib turgan narsaning oʻzi boʻlishi mumkin emas. Har bir atrofdagi dunyo, oʻzi turgan narsaga tegib turishi zarur va bir-birining ketidan yuqoridagidek tartibda joylashishi lozim, chunki boʻshliqning boʻlishi mumkin emas. Mana shunday jismlar, unsurlar, samoviy doiralar, butun sayyoralar va moddiy boʻlakchalarning tarkibiy majmuasi olam deb ataladi”.
- Jurjoniy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari mantiqiy merosining barcha oqimlarini tahlil etib, ularni yanada rivojlantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |