4. Lazerli printerlarning turlari.
Lazerli printerlar bosmaning yuqori sifatini va tezligini ta’minlaydi. Ular tasvir shakllanishining
elektrografik usulini qo`llaydi.
Lazerli printer quyidagicha ishlaydi: lazer nuri yordamida fotosezuvchi baraban varaqda
elektrostatik tasvir yaratiladi. Barabanga joylashgan maxsus bo`yalgan kukun ”toner” deyiladi. Bu “toner”
betlarda mavjud tasvir yoki xarflarga yopishadi. Baraban aylanib qog`oz varag`iga yopishib tonerni
o`tkazadi. Toner qog`ozga maxkamlangandan keyin tayyor tasvir hosil bo`ladi. Bunday texnologiya nusxa
ko`chirish apparatlarida ishlatiladi.
Xar bir printerda xotira mikrosxemasi mavjud, lazerli va oqimli printerlarda esa undan tashkari
o`rnatilgan protsessor xam bor. Shuningdek, printerni – maxsuslashtirilgan kompyuter deb xam atasak
bo`ladi (4–rasm). Printerdagi xotira bosish vazifasini ma’lumotlarni kiritish uchun bog`lovchi bo`lib
xizmat kiladi; u tasvir, shrift va buyruklarni yaratish jarayonida ma’lumotlarni saklash uchun, xamda
shriftlarni yozilish va boshka ma’lumotlarni vaktincha saklash uchun mo`ljallangan. Lazerli va oqimli
printerlar xotirasining xajmi – uning imkoniyatlarining ko`zgusi bo`ladi. Printer xotirada butun sahifadagi
rastrli tasvirni (grafik tasvirni va shriftni) yaratish, so`ng uni bosib chiqarish kerak bo`ladi. Bosishdan
oldin xar bir vektorli tasvir va shriftlar konturi rastrda qaytadan tuziladi. Sahifalardagi grafik va shriftlarni
katta miqdori katta xotira xajmini talab etadi. Undan tashkari, xotira printerning shriftlarni va
sahifalarning ta’rifi tilini tushuntiruvchini saqlash uchun kerak. Xotira yetmaganda printer grafika yoki
matnni aralashmasini bosib chiqaradi, grafik tasvirni ikkita qog`ozga bo`ladi, bir nechta shrift ishlatadi
yoki xech qanday shriftni bosmaydi.
6
4–rasm. Lazer printerining ishlash sxemasi.
Hujjatlarni lazerli printerda bosmadan chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
· Ulanish;
· Ma’lumotlarni qayta ishlash;
· Formatlash;
· Rasterizatsiya;
· Lazerli skanerlash;
· Toner quyish;
· Tonerni mustahkamlash.
Turli xil printerlar buni xar xil usullar bilan bajaradi, biroq ko`pchilik printerlar tomonidan xuddi
shu ketma-ketlikdagi xarakatlar bajariladi. Masalan, printerlarni qimmat bo`lmagan rusumlari bosish
jarayonida kompyuter ishlatadi, qimmatroqlari va takomillashgan rusumlarni operatsiyalarning aksariyat
qismini shaxsiy apparatli va dasturli ta’minlash yordamida bajaradilar.
Ulanish. Xujjatni bosib chikarish uchun avval kompyuterdan printerga vazifa yuborish kerak.
Buning uchun odatda kompyuterning parallel porti ishlatiladi, ammo alohida printerlar muntazam port
bilan xam ishlaydilar. Printerlarni ba’zi bir rusumlari ikkita portni qo`llab, bir necha kompyuterlarga
ulangan bo`lishi mumkin. Parallel yoki ketma-ketli ulanishda ishlaydiganlardan tashqari printerlarni
tarmoqli rusumlari kiritilgan, tarmoqli adapterga ega bo`lib tarmoqli kabelga to`g`ri ulanish mumkin.
Oxirgi paytda USB interfeysli birinchi rusumlari xam ko`rina boshladi. Kompyuterni printerga ulashda
printerga bosmaga chiqarish vazifasi yuboriladi. Biroq ma’lumotlar ikki yo`nalishli bo`lishi mumkin,
ya’ni printer xam kompyuterga ma’lumotlarni uzatishni davom etishini yoki to`xtash xaqida xabar
beruvchi nazorat signallarini yuborish mumkin. Odatda printerga o`rnatilgan xotira xajmi bosma
vazifasidan ko`ra kam bo`ladi. Bufer to`lib ketganda printer kompyuterga ma’lumotlarni uzatilishini
to`xtatish xaqida xabar beradi. Bir bet bosib bo`lingandan keyin printer buferdan ma’lumotlarni o`qishni
boshlaydi va kompyuterni uzatish qayta tiklanganligi xaqida xabar beradi. Bu jarayon sinxronlash, ya’ni
moslash deyiladi. U uchun aloxida bayonnoma mavjud.
Ma’lumotlarni qayta ishlash. Printerga ma’lumotlarni yuklagandan keyin kompyuter kodni o`qish
jarayonini boshlaydi. Lazerli printerlar bosma uchun maxsuslashtirilgan kompyuterga o`xshaydi, chunki
kompyuterning komponentlariga o`xshash bo`lgan mikroprotsessor va xotira mavjud. Printerning bu qismi
nazoratchi deyiladi. Nazoratchi kelib tushgan ma’lumotlardan oldin boshqaruv buyruqlarni ajratadi.
Printer protsessori formatlash jarayonining qismi bo`lgan kodini o`qiydi va buyruqlarini bajaradi, keyin
7
esa printer konfiguratsiyasi bo`yicha boshqa qo`llanmalarni bajaradi (masalan, lotok bilan qog`oz tanlovi,
bir tomonlama yoki ikki tomonlama bosma).
Formatlash. Ma’lumotlarni interpretatsiya jarayonida formatlash fazasini o`z ichiga oladi. Buning
davomida hujjat qog`ozga qanday joylashish kerakligini ko`rsatuvchi buyruqlarni bajaradi. Aks etish
aniqligi printer drayveriga bog`lik. Ko`p hollarda printer xujjatni interpretatsiya yo`li bilan buyruqlarni
bajaradi.
Qog`oz o`lchovi, sahifadagi hoshiyalar joylashuvi, qator orasidagi buyruqlar bajariladi. Keyin
nazoratchi bu matnni va grafikani sahifani maketiga joylashtirib matnni tekislash, murakkab muolajani
bajaradi.
Formatlash jarayoni rastrda konturi va vektorli grafikani o`zgartirishini o`z ichiga oladi. Masalan,
ma’lum o`lchovdagi qandaydir shriftni ishlatish kerakligi haqidagi buyruq paydo bo`lganda nazoratchi
shrift konturlariga murojaat qilib kerak bo`lgan o`lchovdagi belgilar to`plami rastrli tasvirni tushiradi.
Belgilarni rastrli tasvirlari vaqtinchalik shriftlar keshiga joylashtiriladi, u yerdan hujjat uchun kerak
bo`lganda bevosita ishlatish uchun olinadi.
Rasterizatsiya. Buyruklarni detalli to`plami yordamida formatlash jarayoni natijasida xujjatni xar
betidagi xar bir simvol va grafik tasvirni aniq joylashuvi aniqlanadi. Ma’lumotlarni interpretatsiya
jarayoni oxirida nazoratchi nuqtalar massivini tuzish uchun buyruklarni bajaradi. Bu nuqtalar keyin
qog`ozga ko`chiriladi. Bu muolaja rasterizatsiya yoki nuqtalashtirish deyilladi. YAratilgan nuqtalar
massivi sahifaning buferiga joylashtiriladi va u yerda qog`ozga ko`chirilguncha bo`ladi. Rasterizatsiya
natijaviyligi printerda belgilangan xotira miqdoriga va bosmani joriy vazifasidagi kengaytmani
ishlatishiga bog`liq. Monoxram bosmada xar bir nuqta – xotiraning bitta baytidir. Qog`oz xajmi uchun va
300 dpi kengaytmasi uchun xotirani 1051875 bayti zarur, bu 1Mbaytiga ko`p. 600 dpi ruxsat berishda
xotirani zarur xajmi 4Mbaytga o`sadi.
Lazerli skanerlash. Rasterizatsiyadan keyin sahifani tasviri xotirada saqlanadi, keyin esa jismonan
bosma jarayonini bajaradigan bosma uskunaga uzatiladi. Bosmalovchi uskuna (print engine) – printerdagi
tasvirni qog`ozga bevosita o`tkazuvchi uskunalarni aniqlash uchun umumiy atama.Ular quyidagi
elementlarni o`z ichiga oladi: lazerli skanerlash tuguni (lazer tuguni), fotosezuvchi element, tonerli
konteyner, tonerli tarqatish bloki, korotronlar, razryadli lampa, qotirish bloki va qog`ozni yetkazish
mexanizmi. Ko`pincha bu elementlar bitta modul ko`rinishida bajariladi.
Printer va nusxa ko`chirish apparatlari ma’lumotni olish va qayta ishlash usuli bilan farq qiladi.
Nusxa ko`chirish apparati xujjat obrazini shakllovchi o`rnatilgan skanerdan iborat, printer esa
kompyuterdan bu ma’lumotlarni raqamli ko`rinishda qabul qiladi. Tasvirni rasterizatsiya qilingandan
keyin, bosmalovchi uskunaga uzatiladi va xujjat ustidagi qolgan harakatlar printerdagi harakatlardan
deyarli farqlanmaydi.
Toner tarqatish valigi magnitli qatlam bilan qoplangan va toner uchun “mo`yqalam” funksiyasini
bajaradi. Toner – maxsus xususiyatga ega bo`lgan qora kukun bo`lib, bosmalanuvchi sahifada tasvirni aks
ettiradi. Valik aylanganda toner zarrachalari konteynerdan valikni magnitli yuziga taqsimlanadi. Bu valik
fotosezuvchi baraban yonida joylashgan. Baraban yuzi valik bilan to`qnashganda lazer yordamida
neytrallashgan qismlarga tortiladi. Shunday kilib, toner zarrachalari yordamida barabanda sahifalar rasmi
shakllanadi. Baraban sekin aylanib qog`oz yuzi bilan ishqalanadi. Printerda qog`oz aylanayotgan baraban
toshdan chiqadigan qilib qog`ozni lotokdan olib bosma uskunasiga uzatadigan mexanizmi mavjud.
Qog`ozni uzatish tezligi baraban aylanish tezligiga teng. Qog`oz tagida yana bir korotron mavjud. U
yordamida qog`oz varog`i zaryadlanadi va toner zarrachalari barabandan qog`ozga tasvir hosil etib o`tadi.
Tonerni qog`ozga tushgandan keyin baraban aylanishda davom etib razryadli lampaga tushadi, u
yordamida baraban yuzi “tozalanadi”. Endi baraban to`liq toza va keyingi sahifa uchun tayyor bo`ladi.
Tonerni mustaxkamlash. Fotosezuvchi barabandan qog`ozga o`tkazilgandan keyin qog`oz o`z
xarakatini davom etadi va yana bir korotron ustidan, razryadli korotrondan o`tadi. U zaryadni yechadi. Bu
printerni boshqa qismlari bilan to`qnashmasidan oldin qog`ozni varag`ini elektrli neytrallashtirish uchun
zarur. Shunday qilib varag`ida qandaydir tasvirga ega bo`lgan toner sepilgan. Toner kukun ko`rinishida
bo`ladi, va arzimagan ta’sir tasvirni buzadi. Qog`ozda toner qotishi uchun 200°Sgacha qizigan 2 valik
orasidan yumalatib o`tkaziladi. Bunday isitish tonerdagi zarrachalarini erishiga va qog`ozga yopishib
qolishiga olib keladi. Bosma jarayoni tugaganda qog`oz printerdan chiqib keladi.
Rangli lazer printerlari. Bosmani bunday turi uchun xam monoxromli rusumlarda ishlatilgan
texnologiya ishlatiladi, faqat bir rangli toner o`rniga to`rt rangli toner ishlatiladi. Rangli lazer printerlari
bir vaqtda xamma rangni bosib chiqarmaydi, faqat bittasini bosadi. Bundan faqat bitta fotosezuvchi
8
baraban borligi ma’lum bo`ladi; bitta bet 4 ta o`tishda bosmaga chiqariladi. Rangli lazerli printerda qog`oz
uzatish mexanizmi juda murakkab. Monoxrom bosishda barabanni aylanish tezligi va qog`oz uzatish
tezligi bir xilligini ta’minlash kerak, ranglida bosmalangan varaqni qaytarib bosish jarayonini 4 marta
qaytarish kerak bo`ladi. Printerlarni ba’zi rusumlarida barabanda 4ta rangni “aralashmasi“ (ya’ni baraban
tonerni barcha ranglari tushishi uchun bir nechta aylanishlar qiladi ) sodir bo`ladi va qog`ozga bosiladi.
Xar qanday holda xam barcha toner ranglarini qog`ozga ko`chirilgandan keyin mustaxkamlash blokka -
qizdirilgan valiklarga tushadi. Bu qog`ozda tayyor tasvir paydo bo`lishi uchun baraban bir nechta
aylanishi kerak bo`ladi.
Lazerli printerning afzalliklari.
bosma sifatining yuqoriligi – 2880 dpi gacha (rangli lazerli printerning 700 dpi si oqimli printerning
1400 dpi siga teng);
ruxsat berish qobiliyatiga tezligi bog`liq emas;
bosma tezligining yuqoriligi (minutiga 4 dan 40 sahifagacha);
nusxa tannarxining pastligi;
shovqinsiz ishlaydi.
Lazerli printerni asosiy kamchiligi:
narxining qimmatligi, ayniqsa rangli printerning;
elektroenergiyaning ko`p sarflanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |