4.7-rasm. PEYOP ning almashtirish sxemasi.
Almashtirish sxemasida pech elektr zanjirining elementlari mos ravishda induktiv va aktiv qarshiliklar bilan almashtiriladi, elektr yoyi esa aktiv qarshilik sifatida qabul qilinadi.
Almashtirish sxemasini tuzishda qarshiliklarni keltirilgan qiymatlari quyidagi tartibda aniqlanadi. Transformatorning ikkilamchi zanjiriga keltirilgan va xaqiqiy zanjirlardagi yo‘qolayotgan quvvat bir-biriga teng bo‘lishidan kelib chiqib, misol uchun r1 quyidagi tenglamadan topiladi:
(4.5)
dan
(4.6)
bu erda - transformatsiyalash koeffitsienti.
SHunday qilib, qiymatini aniqlash uchun r1 qiymatini transformatsiyalash koeffitsienti kvadratiga teskari proporsional ravishda o‘zgartirish talab qilinadi. Xuddi shunday tartibda va qiymatlari aniqlanadi. Zanjirning to‘la qarshiligi almashtirish sxemasidan, tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali aniqlanadi (15,b rasmda to‘la qarshiliklar orqali ifodalangan almashtirish sxemasi keltirilgan). Qisqa tutashuv tokining transformator ikilamchi cho‘lg‘amiga keltirilgan ( ) qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(4.7)
PEYOPlarning energetik xarakteristikalari quyida keltirilgan tenglamalar yordamida aniqlanadi va ularga asosan quriladi..
Piss.y= (4.8)
Pfoyda= 4.9)
Ptula= Pfoyda+ Piss.y= (4.10)
(4.11)
(4.12)
(4.13) (3.13)
PEYOPning texnologik ( ishchi ) xarakteristikalari esa quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi ..
(4.14)
(4.15)
(4.16)
bu erda: q - 1 soatdagi pechp ishlab chiqaruvchanligi ;
- 1 tonna po‘lat ishlab chiqish uchun sarf bo‘ladigan elektr energiyasining nazariy qiymati;
- 1 tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladigan elektr energiyasining amaldagi qiymati.
4.8 - rasmda pechning energetik va ishchi xarakteristikalari keltirilgan. Xarakteristikalar taxlili shuni ko‘rsatadiki, tokning oshishi bilan Rel. tokning kvadratiga proporsional ravishda ortib boradi, yoydagi quvvat Ryoy va aktiv quvvat o‘z qiymatlarining maksimumigacha ortib boradi va undan so‘ng (tokning ortib borishiga qaramay) kamayib boradi. Tokning I qiymatida energiya sarfi o‘z qiymatining minimumiga, foydali ish koeffitsienti esa o‘z qiymatining maksimumiga teng. SHunday qilib, tokning I qiymati pechning minumum elektr energiyasi sarf qilish optimal rejimini belgilaydi.
Tokning I’’ qiymatida yoydagi quvvat Ryoy o‘z qiymatining maksimumiga, ishlab chiqaruvchanlik o‘zining maksimum qiymatiga va 1 tonna po‘lat ishlab chiqish uchun ketgan vaqt t o‘z qiymatning minimumiga teng.