4- LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu: Kompyuterning dasturiy ta’minoti. Windows operatsion tizimi ish stoli va boshqarish paneli bilan ishlash.
Ishning maqsadi: a) talabalarda oynalar bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish;
b) talabalarda ma'lumotlar tizimi bilan ishlashni o’rgatish;
v) talabalarda masalalar paneli bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish;
g) talabalarda boshqarish paneli bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Masalaning qo’yilishi: a).Talabalarda Windows OS ish stoli xaqida ko’nikma hosil qilish.
b).berilgan topshiriqlarni amaliy va yozma bajaring
Nazariy ma’lumotlar:
Pusk tugmachasi
Bu tugmachani Windows olamiga kirish tugmachasi desa ham bo‘ladi. Chunki, bu tugmacha orqali har qanday dasturni ishga tushirish, hujjatlarni ekranga chiqarish, sistemani sozlash va qayta sozlash, yordamchi ma’lumotlar olish va kerakli bo‘lgan faylni tez qidirib topish kabi eng kerakli operatsiyalar bajariladi.
Pusk tugmachasi sichqoncha yoki klaviatura yordamida ochilgach, ekranda menyu paydo bo‘ladi. Uning «Программы(dasturlar)» punkti yordamida kompyuteringizda mavjud bo‘lgan barcha dasturlarga kirishga imkon yaratiladi.
Agar, yaxshi ahamiyat bersangiz, ochilgan menyuning «Завершение работы», «Выполнить», «Справка», punktlaridan tashqari hammasida strelkalar bor (shu jumladan, «Dasturlar» punktida ham). Bu strelkaning mavjudligi menyuning shu punktida yana menyu hosil bo‘lishini yoki bir nechta dasturlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
«Dasturlar» punkti orqali hamma programmalarga ayrishingiz mumkin. Huddi shu menyuda yana «provodnik» (kuzatuvchi, ko‘zatib yuruvchi) punkti mavjud bo‘lib, bu punktga o‘tsangiz siz diskdagi barcha fayl sistemasi papkalar ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
Masalaning qo‘yilishi: berilgan topshiriqlarni ketma-ketlik asosida bajaring.
1- amaliy topshiriq:
Ish stolida quyidagi papkalar tizimini hosil qiling: (1-rasm)
1-rasm
Topshiriqni bajarish algoritmi:
Windows Ish stolida sichqoncha o’ng tugmasini bosib suzuvchi menyusini ochamiz.
Создать –Папку amalini bajaramiz va papkaga “Yil” deb nom beramiz.
“Yil” papkasiga kirib darchaning “Fayl” menyusidan “Создать” – Папку bajariladi.
Papkaga “Bahor” deb nom bering.
Yana shunday papka yarating va uni “Yoz” deb nomlang.
“Bahor” papkasiga kiring va darchaning “Fayl” menyusidan “Создать” –текстовый документ amalini bajaring
Unga quyidagi matnni kiriting:
Keng dalalar, adir-u cho’llar,
Go’zal bog’lar – bari bizniki.
Daryo, ko’llar, serhosil yerlar,
Oltin tog’lar xar elimniki.
Matnni “Mart” nomi bilan saqlang. (suzuvchi menyudan – pereimenovat orqali nomini o’zgartirish mumkin)
Yuqoridagi 6-bosqich algoritmi yordamida „Aprel“ va „May“ nomli fayllar yaratiladi.
„Yoz“ papkasiga kirib yuqoridagi 6-bosqich algoritmi yordamida „Iyun“, „Iyul“ va „Avgust“ nomli fayllar yaratiladi.
“Moi dokumenti” papkasiga “Yil” papkasini uch xil xolat bilan ko’chiring:
a) Shift tugmasi orqali
b) Ctrl tugmasi orqali
v) Alt tugmasi orqali.
12. Bu holatlarning sababini tushintiring.
Quyida berilgan topshiriqlarga yozma javob bering:
WINDOWSning asosiy ob'ekti nimaligini yozing.
WINDOWS dasturida oynalar umumiy kurinishini tasvirlang.
Korzina ilovasining oynasi qanday kurinishda
Ish stolida qanday standart birliklar mavjud.
Yorlikni yaratilishini yozing.
Ish stolidagi yorlikni uzgartirishni tushuntirib bering.
Pusk menyusi ruyxatini yozing
«Programmi» (dasturlar) operatsiyasi vazifasini keltiring.
«Nastroyka» (sozlash) operatsiyasi vazifasini keltiring.
«Panel upravleniya» (boshkarish paneli) vazifasini keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |