3d max dasturi



Download 204,5 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2022
Hajmi204,5 Kb.
#563590
1   2   3
Bog'liq
3D MAX dasturi

Versiya

Nomlanishi

Ishlab chiqarilgan yili

Tizim

Tizim darajasi

3D Studio Prototype

THUD

1988

MS-DOS

16-bit x86

3D Studio

THUD

1990

3D Studio 2




1992

3D Studio 3




1993

3D Studio 4




1994

3D Studio MAX 1.0

Jaguar

1996

Windows NT 3.51Windows NT 4.0

IA-32

3D Studio MAX R2

Athena

1997

Windows 95 va Windows NT 4.0

3D Studio MAX R3

Shiva

1999

Windows 98 va Windows NT 4.0

Discreet 3dsmax 4

Magma

2000

Windows 98Windows MEWindows 2000[1]

Discreet 3dsmax 5

Luna

2002

Windows 2000 va Windows XP

Discreet 3dsmax 6

Granite

2003

Discreet 3dsmax 7

Catalyst

2004

Autodesk 3ds Max 8

Vesper

2005

Autodesk 3ds Max 9

Makalu

2006

IA-32 va x64

Autodesk 3ds Max 2008

Gouda

2007

Windows XP va Windows Vista

Autodesk 3ds Max 2009

Johnson

2008

Autodesk 3ds Max 2010

Renoir

2009

Autodesk 3ds Max 2011

Zelda

2010

Windows XPWindows Vista va Windows 7

Autodesk 3ds Max 2012

Excalibur / Rampage

2011

Autodesk 3ds Max 2013

SimCity

2012

Windows XP va Windows 7

Autodesk 3ds Max 2014

Tekken

2013

Windows 7

x64

Autodesk 3ds Max 2015

Elwood

2014

Windows 7 va Windows 8

Autodesk 3ds Max 2016

Phoenix

2015

Windows 7Windows 8 va Windows 8.1

Autodesk 3ds Max 2017

Kirin

2016

Windows 7Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10

Autodesk 3ds Max 2018

Imoogi

2017

Windows 7Windows 8, Windows 8.1 va Windows 10

Modellashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vikimedianing 3ds MAXda bajarilgan logotipi
3ds Max turli koʻrinishdagi va murakkablikdagi kompyuter uch oʻlchamli modellarni, atrof-muhitdagi real yoki fantastik obyektlarni yaratish uchun barcha zaruriy vositalariga ega. Ishni bajarishda dastur turli xil usul va uslublarni qoʻllaydi, jumladan:

  • poligonal modellashtirish, tarkibiga Editable mesh (yuzani tahrirlash) va Editable poly (poligon tahrirlaydi) kiradi. Bu eng keng tarqalgan modellashtirish usuli boʻlib, murakkab modellar va oʻyinlar uchun maʼlum modellar yaratish uchun ishlatiladi.

  • Turli jinsli ratsional B-splaynlar (NURBS) asosida modellashtirish (shuni ta'kidlash lozimki, NURBS modellashtirish 3ds Max dasturida shu darajada oddiyki, undan hozirda hech kim foydalanmaydi);

  • Bezye yuzalar (Editable patch) asosida modellashtirish — aylanuvchi jismlarni modellashtirishga qulay;

  • oʻrnatilgan standart kutubxona va modifikatorlarni qoʻllash orqali modellashtirish;

  • splaynlar (Spline) asosida NURBSning ibtidoiy muqobili Surface modifikatorini qoʻllash orqali modellashtirish;

  • splaynlar asosida Extrude, Lathe, Bevel, Profile modifikatorlarini qoʻllash orqali modellashtirish yoki Loft obyektlari splaynlari asosida yaratish. Bu metod binolarni modellashtirishda ishlatiladi.

Modellashtirish metodlari oʻzaro bogʻliq holda ishlatilishi mumkin.
Standart "Choynak" (Teapot) obyekti uch oʻlchamli grafikaning oʻziga xos ramziga aylangan.
Particile Systems[tahrir | manbasini tahrirlash]
Particle Systems (zarrachalar tizimi) — bu kichik oʻlchamli obyektlarning uygʻunligidir. Zarrachalar tizimining qoʻl kelishi mumkin boʻlgan holatlarga yomgʻir, qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa vaziyatlarni modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. 8 versiyadan boshlab turli vaziyatlarga qoʻl keladigan 7 ta asosiy zarralar manbasi mavjud:

  • PF Source (Particile Flow manbai) — zarralar oqimi. Bu zarrachalar oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha boʻlgan barcha holatlarni oʻxshatib tasvirlashi mumkin;

  • Spray (Purkash) — suv purkashi effektining oddiyroq koʻrinishini yaratadi;

  • Super spray (kuchli purkash) — Spray funksiyasiga qaraganda mukamalroq parametrlarga ega;

  • Snow (Qor) — yogʻayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. Koʻplab parametrlarga ega ;

  • Blizzard (Dovul) — Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan koʻrinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin;

  • PArray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) — istalgan turdagi zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham;

  • PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) — uch oʻlchamli yulduzli maydonlarni, qushlar toʻdasini va baliqlar uyurini tasvirlashga qulay.

Reactor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dasturda bajarilgan ish
3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash mexanizmi Reactorni qoʻllagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar va boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) versiyasidan boshlab Reactor toʻplamdan olib tashlandi.[2] Uning oʻrniga MassFX moduli keldi.
Hair&Fur[tahrir | manbasini tahrirlash]
7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, moʻy, jun, oʻt, tuklar va boshqalarni modellashtira oluvchi Hair&Fur moduli oʻrnatildi.
Vizuallashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Modellashtirilayotgan narsa ishining soʻnggi bosqichi bu vizualizatsiyadir. Bu bosqichdan soʻng obyektning barcha xossalari koʻrina boshlaydi va ish davomida oʻrnatilgan atrof-muhit effektlari namoyon boʻladi. Ungacha esa barchasi juda oddi koʻrinishda koʻrsatiladi (misol uchun, murakkab geometrik shakllar va turli xil effektlar koʻrinmaydi). Yakuniy tasvirni chiqarish uchun vizualizatsiyaning tegishli muduli tanlanadi (VM) va u matematik algoritmlar yordamida tasvirni jonlantiradi. Tasvirning tashqi koʻrinishini hisoblash ishning qiyinligiga qarab soniyadan tortib bir necha oygacha choʻzilishi mumkin. VMlarning koʻpchiligi dasturga qoʻshimcha oʻrnatiladigan alohida dasturlar hisoblanadi.
Vizualizatsiya modullari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Scanline
3ds Max standart vizualizatori. Ba'zi ilg'or xususiyatlarga ega bo'lgan Global Illumination, Ray Tracing, Radiosity kabi kengaytmalar yillar o'tib Scanlinega. Ko'pchilik funksiyalar unga boshqa vizualizatorlardan o'tgan (mas, RadioRay).
mental ray
Mental Images kompaniyasi tomonidan yaratilgan va 3ds Maxning so'nggi versiyalariga o'rnatilgan. Bu juda ham kuchli vizualizator hisoblanadi
V-Ray
Yuqori sifatli fotorealistik vizualizator. Dasturga plagin sifatida qo'shilgan. Chaos Group kompaniyasining mahsuloti, rus segmentida mashxur. Tez-tez mutaxassislar tomonidan boshqa VM o'rniga ishlatiladi. Dasturning eski versiyalari bilan muvofiqlashgan. Unga "kunduzgi yorug'lik tizimi" o'rnatilgan. Yana ko'plab funksiyalarga ega.
RenderMan
Shu nomdagi vizualizatsiya tizimiga ulanishda qo'l keladi.
FinalRender
Cebas kompaniyasining tashqi vizualizatori. Kuchli vizualizator hisoblanib, imkoniyatlari bilan faqat mental raydan keyin turadi.
Yana quyidagi VMlar mavjud (ular haqida to'liq shu yerda o'qing, rus tilida):
Braziliya R/S; Fryrender; Indigo Renderer; Maksvell Render; LuxRender; Kerkythea; Arion Render; BIGrender; Sunflow; Krakatoa
Download 204,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish