Adabiyot — yuksak ma’naviyat asosi



Download 18,46 Kb.
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi18,46 Kb.
#386658
  1   2
Bog'liq
Adabiyot


Adabiyot — yuksak ma’naviyat asosi

Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida o‘zbek  xalqi fuqarolik jamiyati rivojining ma’naviy-ma’rifiy jabhalarida ulkan yutuqlarga erishdi: milliy o‘zligini angladi, mentaliteti jahon sari yuz tutdi, adabiyot va san’at ravnaq topdi. Millat va elatlar o‘z izzatini tikladi, yuksaldi. Ya’ni, adabiyot qalb-shuuri, ma’naviy boylikka aylandi.

 

Prezident Islom  Karimov «Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» asarida shunday ta’kidlaydi: «Bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug‘ bir dargoh deb biladi. Ana shunday bahoning o‘zi el-yurtimiz hayotida bu soha namoyandalariga, ularning haqqoniy so‘zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat-e’tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko‘tarilganini yaqqol ko‘rsatib turibdi».



Quvonarlisi shundaki, Yurtboshimizning 2016 yil 13 maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni ayni paytda, adabiyotning xalqimiz va jamiyatimizning ravnaq topishi, ma’naviy rivoji mustaqilligimizni mustahkamlash, qalbni ruhan poklanishdagi  roli  va o‘rni naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat berishi bilan bir qatorda adabiyotga — ma’naviyatga e’tiborning yana bir timsoli, bu sohada boshlangan tub islohotlarning davomi bo‘ldi. Mazkur farmon yangi tashkil etilayotgan universitetning eng muhim vazifalari sirasiga: “….ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash;

talaba yoshlarni, o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash;” lozimligi kirishi qayd qilindi.

Darvoqe, ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli o‘laroq, sog‘lom fikrlash, ya’ni adabiyot nuqtai nazaridan ko‘proq bilishga intiladi. Natijada olamni, odamni, ularning tuyg‘ularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish — bugunning dolzarb vazifasiga aylandi. Istiqlol adabiyotida tasvirlanayotgan inson o‘zining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon bo‘lmoqda. Demak, xalq hayotidagi istiqbolli davr adabiyoti yuqori bosqichga ko‘tarildi, uning mazmun va shakli yangilandi hamda boyidi.

 Yangilanayotgan adabiyot, o‘z navbatida demokratik jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham Yurtboshimiz o‘zining yana bir qimmatli «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» deb nomlangan asarida: «Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy natijasi o‘laroq, adabiyot va san’at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo‘lganini qayd etish joiz. Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy bo‘lishi va qandaydir g‘oyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun o‘tmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to‘laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi»,  — deb  ta’kidlagan edi.

Istiqlol adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sig‘maydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yo‘l ko‘rsatishni zimmasiga olmaydi, o‘quvchiga aql o‘rgatmaydi, hayotiy muallimlikni da’vo qilmaydi, balki badiiy tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan o‘quvchida axloqiy adab, ma’naviy poklanish munosabatlarini uyg‘otadi. Bu adabiyotning jozibasi zohir (tashqi, oshkor)da emas, botin (ichkari, yashirin, sirli)da  bo‘lib, badiiy matn zamiriga joylangan bo‘ladi. 

Ta’kidlash joizki, o‘zbek milliy adabiyoti chinakamiga rang-barangdir. Uning bag‘rida turli-tuman ijodiy tajribalar kechadi, ijodiy yo‘nalish va oqimlar kesishadi va shu orqali cheksiz olam bag‘rida kechayotgan insonning murakkab dunyosi kashf etiladi. Adabiyot inson istiqboli, ruhan poklanishida ijobiy ta’sir etishiga Prezident Islom Karimovning: «Hech shubhasiz, ziyolilarning ilg‘or qismi bo‘lmish badiiy adabiyot vakillarining xalqimiz qalbini, uning oliy maqsadlari, bugungi hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o‘rni va ta’siri beqiyosdir». 

Shuning uchun ham har bir huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi badiiy adabiyotni ko‘plab mutolaa qilishlari, ularda yuksak ma’naviy kamolot tamoyillari shakllanishi ayni muddaodir, deb o‘ylaymiz. Chunki, kitobxonlik qalb-shuurini, ayniqsa adabiyot orqali nafaqat badiiy, balki ilm-fan adabiyotlari, sohalar bo‘yicha esa yuridik adabiyotlar orqali kasb mahoratni egallashda ehtiyoj va tushunchalarimizni kengaytiradi, kitob odamga o‘zining “meni” hududidan tashqariga chiqishga nihoyatda katta yordam beradi. Faxr va g‘urur bilan AQShning Gellap instituti tomonidan 2015 yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, dunyodagi 141 ta davlat orasidan O‘zbekistonning  «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» bo‘yicha 2-o‘rinni egallashida adabiyotning ham ta’sirchan roli borligini qayd etamiz. 

Adabiyot milliydir, u har bir xalq madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalqning tarixiy hayoti hamda ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va o‘ziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yig‘ilgan tajriba va an’analarning ham ahamiyati katta bo‘ladi. Shu bois  «Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta», — deb qayd qilgan edi Yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida.

Adabiyot tarixi – milliy xalq tarixiga murojaat qilsak, miloddan avvalgi V asrda momomiz fors podshohi Kir II ni harbiy mahorat bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Shiroq bobomiz vatanparvar cho‘pon o‘z ona Vatani hurligi va mustaqilligi uchun jonini fido qildi. Ushbu qahramonliklar xalq xotirasida rivoyat va afsonalar tarzida shakllandi. Yunon tarixchisi Polienning «Harbiy hiylalar» asarida mazkur rivoyatlarning tarixiy haqiqat ekanligi qayd etilgan. 

Xalqimizning ming asrga tatigulik xalq og‘zaki ijodi namunalari – «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» dostonlari kabi qahramonlik, jasoratni tarannum etuvchi eposlar o‘quvchining, yosh avlodning badiiy tafakkurini o‘stirishga, ma’naviy dunyoqarashining boyishiga, Vatanga bo‘lgan muhabbati va faxrlanish hissini yanada oshirishga xizmat qiladi. Chunonchi, mamlakatimiz yoshlari uchun xalq og‘zaki ijodi mardlik va jasorat namunalarini shakllantirishda katta turtki bo‘ladi. Ularning ona Vatanga bo‘lgan sadoqat ramzi yanada kuchayadi, uning tinch va osoyishta faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun, kerak bo‘lsa jonini fido qilishga — To‘maris, Shiroq, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temir kabi milliy qahramonlarimizdan namuna oladi, hamisha sergak va ogoh bo‘ladi.  

Ta’bir joizki, adabiyot — bu fan, ilm olami demakdir. Alloma Abu Nasr Forobiyning «She’r san’ati…» kitobida mufassal tarzda adabiyotning ilmiy salohiyati bayon qilingan. Unda she’riy asarning yaratilish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. XI asrda yashagan adabiyotshunos Abdulqodir Jurjoniyning «Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon» («Bayon ilmida balog‘at sirlari») asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, XIII asrda yashagan qomusiy olim Qays Roziyning «Kitob ul-mo‘’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam» («Ajam she’riyati me’yorlari qomusi») kitobida nazariy masalalar — aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan.  

Adabiyotning yuksak ma’naviy boyligini shoirlar sultoni Alisher Navoiy ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ya’ni turkiy o‘zbek tilidagi benazir nazmiy misralari bilan inson va insonparvarlikni ulug‘lashga, uning ruhiy olamini yuksaltirishga xizmat qilganligini ko‘ramiz. Alisher Navoiy ma’naviy merosi, qalb-shuuriga aylangan ijodi huquq-targ‘ibot xodimlarini rostgo‘y, adolatli, sabr-toqatli, xalqning tashvishi va dardiga darmon bo‘lishga chaqiradi. Bunday fazilatlarga ega bo‘lgan Vatanimiz himoyachilari xalqning ishonchiga kiradi, insonparvarlik g‘oyalarini puxta egallaydi.

Mustaqilligimiz  tufayli dunyodagi eng qadim madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lmish yurtimizda yaratilgan jamiki adabiy-estetik boyliklarga xolis nuqtai nazar bilan qarash va baho berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada ijodkorlar so‘z san’atimiz tarixida e’tiborga loyiq, neki asar bo‘lsa, barchasini chuqur o‘rganishdek mas’uliyatli yumushga kirishdilar. «Avesto»dek teran va murakkab diniy-ma’rifiy yodgorlik qaytadan tiklandi, xalqimizning milliy mulkiga aylandi. Shuning uchun Prezidentimiz «Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash bizning oliy maqsadimiz», deb nomlangan asarida adabiyot vakillarining faoliyatiga yuksak baho berib, quyidagi fikrga e’tiborimizni qaratadi: «Shaxsan men shoir va adiblarni doimo jamiyatning oldingi saflarida yuradigan, hayotni kuzatib, odamlarning yuragida, dunyoqarashida bo‘layotgan o‘zgarishlarni hammadan oldin sezib, ularni ta’sirchan obrazlar, yorqin badiiy bo‘yoqlar orqali mahorat bilan yoritib bera oladigan, el-yurt uchun kuyinib yashaydigan fidoyi insonlar, deb bilaman».

Adabiyot — bu nafaqat bir millat, balki jahon minbari bo‘lib, uning jahon ahli uchun ochiqligi hamda mamlakatlar, xalqlar va buyuk ijodkorlarning o‘zaro hamkorligini, hamfikrligini ta’minlovchi omildir. Shu o‘rinda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning quyidagi she’rini keltirib o‘tishni o‘rinli deb bilamiz:




Download 18,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish