36.2.Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb
kasalliklarini tekshirish va hisobga olish
O’lim bilan tugagan, og’ir jarohatlanish va gruppa bilan baxtsiz hodisaga
uchragan hollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishni sex boshlig’i,
xavfsizlik texnikasi injeneri va jamoat inspektori tarkibida tuzilgan komissiya
tomonidan tekshiriladi.
Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin ish
joyida, zavod territoriyasida va ma’muriyatning topshirig’iga asosan zavod
territoriyasidan chetda yuz bergan bo’lishidan qat’iy nazar tekshirilishi lozim.
O’tkir zaharlanish, issiq urishi va tananing ba’zi qismlarining muzlashi baxtsiz
Hodisa sifatidatekshiriladi.
Bir kundan kam bo’lmagan ish kunini yo’qotgan baxtsiz hodisalar 24 soat
davomida tekshirilib, maxsus forma bo’yicha (N-I) 4 nusxadan akt tuziladi.
Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborot tashqari,
aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar
qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar ko’rilganligi haqida axborot beriladi.
Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi. Aktning bir nusxasi sex
boshlig’iga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida aktda
ko’rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalarini amalga oshirishi kerak, ikkinchi
nusxasi kasaba uyushmasi, komitetiga, uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining
texnik inspektoriga va to’rtinchisi mehnatni muhofaza qilish bo’limiga nazorat
o’rnatish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning
tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik
ham kelib chiqishini hisobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanish kerak.
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma’muriyati yo’l
qo’yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruq e’lon
qiladi. Bu buyraqda korxonada yuz bergan baxtsiz Hodisaning kelib chiqishiga
aybdor bo’lgan kishilarning javobgarligi aniqlanib, ta’kidlanadi.
Baxtsiz hodisa o’lim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchrasa
va og’ir jarohatlangan hollarda, tekshirish maxsus belgilangan tartib bilan
o’tkaziladi. Bunday baxtsiz hodisalarni mahsus komissiyalar tomonidan
tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik inspektori, yuqori
xo’jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari xodimlari va umumiy
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi.
Bunday holatlarda tekshirish tezda o’tkazilishi kerak, ya’ni tekshirish
materiallari 7 kun ichida tayyor bo’lishi shart. Aktga baxtsiz hodisani ko’rgan
guvohlarning ko’rsatmalari, medekspert xulosasi, baxtsiz Hodisa yuz bergan
joyning, hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron-bir ob’ekt zararlangan bo’lsa,
ularning foto surat va komissiya chiqargan xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa
materiallar qo’shib yuboriladi. Aktga shuningdek baxtsiz hodisaga javobgar
bo’lgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib qo’yiladi.
Og’ir, gruppa bilan jarohatlanganlar va o’lim bilan tugugan baxtsiz
hodisalar albatta fabrika, zavod kasaba uyushmasi komitetida va yuqori xo’jalik
tashkilotlari kasaba uyushmalari komitetida va yuqori xo’jalik tashkilotlari kasaba
uyushmalari komitetlarida tahlil qilish va ko’rib chiqilishi kerak. So’ngra
bildirilgan fikr mulohazalar asosida keyin ham shunday baxtsiz hodisa ro’y
bermaslik uchun umumiy chora tadbirlar kompleksi ishlab chiqilish va uni qaror
bilan tasdiqlanishi zarur.
O’zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasaliklari oldini
olish uchun kerakli qonuniyat va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash,
shuningdek kasb kasalliklari vujudga kelganda ularni hisobga olish va tekshirish
ishlari O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tashkilotlariga
topshirilgan kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi haqidagi akt korxona rahbari
yuboriladi. Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta’minlovchi chora-
tadbirlar kompleksi tavsiya etiladi va uning boshqa nusxasi Respublika sog’liqni
saqlash vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi.
Baxtsiz hodisaga uchragan kishini hisobga olinib, unga ma’lum davolanish
kursi belgilanadi. Agar zarur bo’lsa kasb kasaligiga uchragan kishini mehnat
ekspert vrachlar komissiyasi (VTEK)ga yuboriladi va unda uning kasb
kasalligining oqibati natijasida nogironlik gruxi aniqlanadi va shunga yarasha
ma’lum moddiy ta’minlanish miqdori belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |