Tuxum Yerga kirib chechak bo’ldi.
Qurt jonidan kechib, ipak bo’ldi
Lola tuximicha g’ayrating yo’qmi.
Ipak qurticha himmating yo’qmi.
Tuzuvchi.Nodir Choriyev.
+99897 222 29 21
@Nodir_Uralovich
43-Variant.
1. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
A) Xiva xonligidan olib ketilgan hujjatlar Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat arxiviga olib kelindi. Xiva xonligi hujjatlarining ma’lum qismi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
xazinasida ham mavjud.
B) “Shajarayi Turk” asari turkiy qabilalar shajarasi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. U kitobxonni Xiva va xivaliklar, shuningdek, Abulg‘oziy Bahodirxonning o‘zaro urushlar oqibatida parchalanib ketgan
davlatni birlashtirish yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi bilan ham tanishtiradi.
C) Xorazmning eng qadimgi davrdan to hozirgi kungacha, shu jumladan, XVI—XIX asrlar birinchi yarmi tarixi haqida Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan chop etilgan „Xiva – ming gumbaz shahri“ kitobi ham tarixiy dalillarga juda boy asardir
D) N.I. Muravyov ham yozib qoldirgan „Esdaliklar" fransuz va ingiliz tillariga tarjima qilingan edi.
2. Ivan Xoxlov elchiligi natijalari Rossiya podshosiga yuborilgan ma’lumotlarda yozib qoldirilgan. Bular qanday ma’lumotlar edi?
1. Xiva va Buxoro munosabatlarining sovuq ekanli
2. Xiva va Eron munosabatlari ham yaxshi emasligi
3. bojxona to‘lovlari savdoni rivojlantirishga to‘siq bo'layotganligi
4. boj bir davlatdanikkinchisiga o‘tgandagina emas, balki bir mamlakatning o‘zida bir viloyatdan ikkinchisiga o’tganda ham olinishini qayd etgan.
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
3. Qaysi elchi Buxoro xoniga Xivaga qarshi ittifoq tuzishni taklif etishi lozim edi?
A) N.I.Muravyov B) Florio Beneveni
C) N.Ignatev D) G. Danilevskiy
4. Florio Beneveniga Rossiya imperatori Pyotr I juda muhim vazifalarni yuklagan.Beneveni o‘z esdaligida, jumladan, quyidagilarni qayd etgan: “Agar Xiva xoni …. yo'qotilsa, bu yerda tinchlik о‘rnatiladi va hamma yo‘llar ochiq bo‘ladi. Rossiya …. ga qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi foydali bo‘ladi“. Gap kim haqida ketmoqda?
A) Elbarsxon B) Anushaxon
C) Sherg‘oziyxon D) Abulg’oziy Bahodirxon
5. Xiva xonligining …..(a) foizini o‘zbeklar, ……(b) foizini turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar, qozoqlar, qisman arablar tashkil etardi.
A) a - 65, b – 26. B) a – 73, b – 20.
C) a – 80. b – 17. D) a – 50. b – 24.
6. XIX asr o`rtalarida xonlik poytaxti Xiva shaharida necha mingdan ortiq aholi yashagan?
A) 10 mindan ortiq B) 15 mindan ortiq
C) 20 mindan ortiq D) 25 mingdan ortiq
7. XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligining qaysi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalari rivojlandi?
1.Buxoro 2.Qo`qon3.Afg`oniston.4.Eron.5.Hindiston 6.Usmonli
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5
C) 1,3,4,5,6 D) 1,2,3,5
8. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri?
1. Xiva xonligida ham ta’lim ikki bosqichli
edi. Quyi bosqich - boshlang‘ich maktab
bo‘lib, unda o‘quvchilar o‘qish-yozishni o‘rganganlar.2. „Savodi ta’lim“ asari she’riy qo‘llanma bo’lib savod
chiqarishni yengillashtirishga, shuningdek, husnixatni rivojlantirishga morijallangan edi.3. Madrasani bitirganlar qozi, uning yordamchisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar. Ayrimlari mudarrislik ham qilishgan.4. Ta’limning barcha xarajatlari, mudarris va talabalarning ta’minoti vaqf mulki daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
9. Quyidagi ma’lumotlardan qay birida xatolik mavjud?
A) D.Alimova tahriri ostida chop etilgan ,,O‘zbekiston tarixi“ (XVI-XIX asming birinchi yarmi. Rus tilida) kitobida Xiva xonligiga oid ma’lumotlar bor
B) O‘zbekiston milliy ensiklopediyasining 9- va 12-jildlaridagi Xiva xonligi tarixiga oid maqolalar ham muhim ahamiyatgaega
Do'stlaringiz bilan baham: |