35-variant 2-savol Kommunikatsiyalar bu faoliyatni amalga oshirishning asosiy usuli bo‘ladilar. Kommunikatsiyalar ham jarayon, ham hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi. Jarayon sifatida kommunikatsiyalar odamlar o‘rtasida axborotlar almashuvining tamoyillari va qonunlarini aks ettiradilar, hodisa sifatida tegishli tashkiliy shakllardagi tashkilotlar doirasidagi odamlar o‘rtasidagi belgilangan me‘yorlar (qoidalar, yo‘riqnomalar, holatlar)dan iborat bo‘ladilar.Kommunikatsiya jarayonida axborot bitta sub‘ektdan boshqasiga uzatiladi. Alohida shaxslar, guruhlar va tashkilotlar sub‘ektlar bo‘lishlari mumkin.
Kommunikatsiyalarning quyidagi tipologiyasi qabul qilingan:
-tashkilot va tashqi muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar; -bo‘linmalar o‘rtasidagi kommunikatsiyalar; -ishlab chiqarish va boshqaruv bosqichlari bo‘yicha bo‘linmalar ichidagi kommunikatsiyalar; -shaxslararo kommunikatsiyalar; -norasmiy kommunikatsiyalar.
Kommunikatsiyalar istalgan javobni olish maqsadida takliflar, fikrlar, luqmalar yoki hissiyotlarni og‘zaki va boshqacha shaklda ( yozma shakl, imoishora, biror vaziyatda turish, oxirigacha aytmaslik va x k.) uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kommunikatsiyada uning ishtiroqchilari ko‘rish, eshitish va his qilishga kodir bo‘lishlari, hamda ma‘lum ko‘nikmalarga va o‘zaro tushunishning ma‘lum darajasiga ega bo‘lishlari kerak.
Kommunikatsiya jarayonini amalga oshirish uchun kommunikatsion tarmoqdan, ya‘ni kommunikatsion jarayon ishtiroqchilarni axborot oqimlari bilan ulashdan foydalaniladi. Bu tarmoq vertikal, gorizotal va diagonal aloqalardan tashkil topadi. Vertikal aloqalar boshliqdan qo‘l ostidagilar tomon, gorizontal esadarajalar bo‘yicha teng yakka shaxslar yoki bo‘linmalar o‘rtasida shakllanadilar.
Diagonal aloqalar –bu boshqa boshliqlar va boshqa qo‘l ostidagilar bilan aloqalardir. Bu aloqalarning tarmog‘i tashkilot tuzilmasini tashkil qiladi. Tashkiliy tuzilmaning vazifasi kommunikatsion oqimga to‘g‘ri yo‘nalish berishdan iboratdir.
Xodimlarning soni bo‘yicha har xil guruhlari uchun kommunikatsion tarmoqlarning o‘rnashib qolgan namunalari mavjud.Ular ―g‘ildirak‖, ―yulduz‖, ―to‘garak‖, ―zanjircha‖, ―pirpirak‖ va h.k. deb ataladilar.
35-variant 3-savol Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish – bu ―markaz‖bo‘lib, tashkilotning faoliyati uni atrofida aylanadi. Qarorni boshqaruv mehnatini natijasi, uni qabul qilinishi va amalga oshirilishini esa –ushbu natijaga olib boruvchi jarayon sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Qarorlarni qabul qilinishi tashkilotning buguni va kelajagi o‘rta- sidagi uzilishni qisqartiradi. Ushbu jarayon tashkilot faoliyatini reja- lashtirishning asosida yotadi, chunki reja - maqsadlarga erishish uchun re- surslarni joylashtirish bo‘yicha qarorlar majmuasidir.
Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish bir necha pallalar va bosqichlardan iborat bo‘lgan murakkab jarayondir.
Qaror qilishning zarurligini tan olish pallasi o‘z ichiga bir necha bos-qichlarni oladi:
muammoni tan olish; muammoni shakllantirish; muammo, maqsadni hal qilish mezonlarini belgilash
Qarorlar qabul qilish pallasi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
muqobillarni ishlab chiqish; muqobillarni baholash; muqobillarni tanlab olish
Boshqaruv qarorlarining oldiga qo‘yidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
maqsadga erishish xatarini kamaytirish; qarorlarni qonuniyligi, mavjud konunlar va me‘yoriy hujjatlarga zid emasligi; aniqlik;
qarorni qabul qilish va amalga oshirish xarajatlarini muvofiqlashtirish; qarorning samaradorligi.
36-variant 1-savol Menejment madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv jarayonlari madaniyati, mexnat sharoiti madaniyati va xujjatlar yuritish madaniyati kiradi.Menejment madaniyatining barcha unsurlari o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir etuvchidir. Shu bilan birga ular orasida boshqaruv xodimlari madaniyati yetakchi ahamiyatiiyatga ega. Menejer bosharuv jarayoni madaniyatining yuqori darajasiga erishish va o’z mexnatini tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak.Xar bir korxona va tashkilot menejeri o’z vazifasini bajarish jarayonida jamoaning boshqa a’zolari bilan munosabatda bular ekan ishbilarmonkishilar urtasida mavjud axloqiy koidalarga buysunadi. Xar bir jamoada xayrixoxlik, insonga xurmat muxiti mavjud bo’lishi kerak. Boshqaruv madaniyati sansalorlik, mansabparastlik, shavkatsizlik, ko’pollikka ziddir. Boshqaruv tizimida, shuningdek, davlat meyorlariga rioya kilmaslik, va’dabozlik, faoliyatga noto’g’ri baxo berish va boshqa xususiyatlarga yo’l quyib bulmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |