Milliy daromad qanday maqsadlarga ishlatiladi?
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va iqtisodiy jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilishini bildiradi. ... Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg’armaga qo’yish oqibatida u tovarlarda bo’lgan talabda o’z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to’liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun etarli bo’ladi. Demak jamg’arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |