32- ma’ruza: Kichik mikrogidroeletrstansiyalardan foydalanish



Download 199,61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.12.2022
Hajmi199,61 Kb.
#876601


32- Ma’ruza: Kichik mikrogidroeletrstansiyalardan foydalanish. 
 
Tog‘larda yomg‘ir yog‘sa yoki muz va qor erisa, suvi pastga qarab buloq, jilg‘a, suv 
o‘zanlaridan oqadi, yuqoridan pastga daryo hosil qilib, dengiz va okeanga qo‘shilib ketadi 
yoki sahrolarda singib yo‘qoladi. Odamlar oqar suv va tepadan tushayotgan suv energiyasini 
o‘zlari uchun mexanik yoki elektr energiyasi etib ishlatganlar.
Qadimda donni yanchish va un olish yoki sug‘orish uchun odamlar suv tegirmon toshiga 
bog‘langan yog‘och g‘ildiraklarni aylantirgan. Bugun suv energiyasi, katta va kichik 
gidroelektrostansiya turbinalarini aylantirib, to‘liq elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 
foydalanilmoqda.
Yaqin vaqtning dolzarb masalasi kichik quvvatli GES inshootlarini qurishdir. 
Mamlakatimiz hududida tog‘li tumanlarda joylashgan aholi punktlarida kichik suv oqimlari 
mavjud. Bu kichik suv oqimlariga 10 dan 1000 kVt quvvatli kichik elektrstansiyalari qurish 
uzoq tuman va qishloqlar aholisiga zarur miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlanishga 
imkon beradi.
Orol bo‘yidagi fojea sobiq sho‘ro tuzimining o‘tgan asrning 70–80 yillaridagi yirik 
gidrostansiyalar qurish yo‘li bilan Markaziy Osiyodagi Amudaryo va Sirdaryo tabiiy oqimini 
boshqarish bo‘yicha olib borgan kaltabin siyosati oqibatida kelib chiqqaniga O‘zbekiston 
jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratib kelmoqda. Shu asnoda oxirgi yillarda mintaqa 
daryolarining yuqori oqimida joylashgan davlatlarning xalqaro me’yorlarni buzgan holda 
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishga bo‘lgan intilishlari ushbu daryolarning quyi 
qismida joylashgan davlatlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. 
Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimida yirik gidrotexnik inshootlarni qurilish 
mintaqadagi shusiz ham murakkab bo‘lib turgan vaziyatning keskinlashuviga sabab bo‘ladi 
hamda ko‘plab ijtimoiy-ekologik va gumanitar fojealarni keltirib chiqaradi. Jumladan, Rixter 
shkalasi bo‘yicha faolligi 9 ballga yetadigan seysmik xavfli joylar kategoriyasiga kiruvchi 
Iloq–Vaxsh yorig‘i hududida Rog‘un GESining yirik to‘g‘on va yirik suv ombori bunyod 
etilishi, qurilajak Rog‘un suv havzasining energetik ishga o‘tishi vegetatsion davrda suv 
tanqisligi shart-sharoitlarini 22,2 foizga, alohida qurg‘oqchil yillarda esa ikki barobarga 
oshishiga olib keladi. Qurg‘oqchilik tufayli qishloq xo‘jaligi iste’molidan chiqarilgan 
sug‘oriladigan yerlarda tuz tarkibi oshadi, bu esa mintaqada shusiz ham nobop ekologik-
meliorativ vaziyatni yanada keskinlashtiradi.
Yuqoridagi vaziyatlardan kelib chiqqan holda mintaqamizdagi ekologik vaziyatga 
e’tiborni yana ham kuchaytirish, tabiiy muhitni va inson salomatligini asrash yo‘nalishida 
faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari ham yagona maqsad 
yo‘lidagi sa’y-harakatlarini birlashtirishi zarur.
Prezidentimiz BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan oliy 
darajadagi yalpi majlisdagi nutqida, unga erishishda atrof-muhit muhim ahamiyat kasb etishini 
ta’kidladi. Qayd etilganidek, Orol inqirozining atrof-muhitga, eng muhimi, bu yerda 
yashayotgan millionlab odamlar hayotiga halokatli ta’sirini kamaytirish bugungi kundagi eng 
muhim vazifa hisoblanadi. Yuzaga kelgan vaziyatni yaxshilash uchun kompleks chora-
tadbirlar ko‘rish, mintaqa davlatlari tomonidan Orol dengizi havzasidagi suv resurslarini bu 
yerda joylashgan barcha mamlakatlar manfaatlari va ekologik talablarni hisobga olib, o‘zaro 
kelishgan holda boshqarishni tashkil etish zarur. Daryolarning o‘rta va quyi qismi 
mamlakatlari iqtisodiyotiga, aholisi xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi xorijlik va mahalliy 
mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan. Bu borada davlat, barcha nodavlat notijorat tashkilotlar 
kabi siyosiy partiyalar ham tegishli tashviqot-targ‘ibot, amaliy faoliyatlarini kuchaytirishlari 
ayni muddao bo‘ladi. 
Davlatimiz rahbarining transchegaraviy daryolar bo‘yida atrof-muhitga kishilar 
hayotiga zarar ko‘rsatuvchi ulkan gidroinshootlar o‘rniga kichik GESlar qurish maqsadga 
muvofiqligi, bunday inshootlarning har tomonlama samarali arzon va ekologik jihatdan 
xavfsizligi to‘g‘risidagi fikrlari dunyo olimlari, xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in 


qo‘llab-quvvatlangan edi. Buni hattoki, Tojikiston Respublikasi olimlari jumladan, Fizika — 
texnika ilmiy tekshirish instituti qoshidagi Qayta tiklanadigan energiya tadqiqot markazi 
boshlig‘i K.Kabutovning qayd qilishicha, Tojikistonning katta hududida aholi farovonligini 
oshirishning muhim faktori bu energiya ta’minotidir. Aholi punktlari bir-biridan uzoq 
joylashgan va ishonchli energiya manbasi bilan ta’minlanmagan. Uzoq tog‘li mintaqalar 
mavjud bo‘lib, ular hali umuman ishonchli energiya ta’minotiga ega emas. 1 km. elektr uzatish 
liniyasini tortish hozirgi paytda 15 ming AQSh dollarini tashkil etadi, shuning uchun uzoq 
tumanlar va tog‘da joylashgan qishloqlarga markazlashgan holda elektr energiyasini uzatish 
— qimmatbaho tadbirdir. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, haddan tashqari organik yoqilg‘i yetishmasligi, uni Tojikiston 
tog‘li tumanlariga yetkazib borish qiyinchiliklari oqibatida elektr energiyasi narxi doimo oshib 
bormoqda, magistral liniyalardan uzoq joylarda elektr energiyasi yo‘qligi tog‘li tumanlarda 
yashaydigan aholini yoqilg‘i sifatida o‘tinlardan foydalanishga majbur qilmoqda. Bu esa 
shusiz ham oz bo‘lgan o‘rmon massivlarini yo‘qotishga sabab bo‘lmoqda. Buning natijasida 
tog‘ bag‘irlari bo‘shab, sel oqimi ko‘payib, qiyaliklardagi tuproq yuvilib ketishi natijasida 
sahroga aylanib qolmoqda. Bunday jarayonlar tog‘li hududlarning ekologiyasi o‘zgarishiga, 
uning flora va fuanasi yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Shunday qilib, odamlarning o‘zi 
ming yillar ichida paydo bo‘lgan tog‘ landshaftini ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yo‘qolib 
borishiga majbur qilmoqdalar. 
Ekologik falokatning oldini olishning eng aniq yo‘li, tog‘li tumanlarda noa’nanaviy 
energiya manbalarini ya’ni, quyosh, shamol energiyasi, biogaz olish uchun biomassalar, kichik 
daryolar energiyasidan foydalanishni joriy etishdir.
Tojikiston Respublikasi hukumati tomonidan «2007–2015 yillar uchun noa’nanaviy, 
kichik daryolar, quyosh, shamol, biomassalar, yer osti energiyalaridan keng foydalanishning 
maqsadli kompleks dasturi» tasdiqlangan. 2008 yildan ushbu dastur doirasida ilmiy-tekshirish 
ishlari boshlab yuborilgan.
Kam quvvatli energiya manbalaridan uzoq masofadagi aholi punktlarida (Tojikiston 
sharoitida bu — tog‘li qishloq, ferma yoki yaylovlar) foydalanish — energiya manbalaridan 
barqaror foydalanishga imkon yaratadi. Kichik energetika qurilmalarining muhim bir 
imkoniyati — har bir mini GESni iste’molchiga maksimal yaqinlashtirish mumkinligidir. 
Buning barchasi tog‘li tuman aholisi hayotining yaxshi tomonga o‘zgarishiga ta’sir etadi. Mini 
GES suvning asosiy o‘zanidagi tarmoqlanishiga o‘rnatilgan turi bo‘lib, uning uchun suv 
ombori qurish shart emas. Zarur suv bosimi hosil qilish uchun aylanma kanaldan suv harakati 
tezligi tartibga solinib (perepad), suv tushirgich yuqoridan tushirishdan iborat.
Eng yaxshi amaliyot ham bor bo‘lib, jumladan, BMTning taraqqiyot dasturi Garm 
mintaqaviy ofisi homiyligida Rasht markazi yaqinida quvvati 45 kVt «Akbari» mini GESi 
qurilgan. Uning qurilishiga 29 ming AQSh dollari sarflangan, mini GES SPM–Rossiyada 
ishlab chiqarilgan bo‘lib, minutiga 1000 marta aylanishga ega, asinxron sekin aylanadigan o‘zi 
uyg‘onuvchi generator bilan jihozlangan. Mini GESning quvvatini yana oshirish imkoniyati 
bor.
Mini GESning quvvati 21 xo‘jalikni energiya bilan ta’minlaydi, energiyadan 
foydalanish xo‘jalikka 1 kilovattga 1 sentdan ortiqqa to‘g‘ri keladi.
Mini GESning qurilishi nafaqat yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga soladi, balki 
yangi ish joylarini ham paydo qiladi va aholi hayot darajasini oshiradi. Mintaqada yetarlicha 
imkoniyatga ega mutaxassislar topiladi. Loyihani amalga oshirish uchun mutaxassis va 
ishchilarni jalb etib, mahalliy jamoat va qishloq aholisining faol qatnashuvi asosida amalga 
oshirish mumkin.
Lekin bunday loyihalarning amalda qo‘llanilishiga quyidagi sabablar to‘sqinlik qilmoqda: 
1. Joyning muammo va imkoniyatlari yetarli o‘rganilmaganligi (loyihaning sayozligi); 
2. Loyiha ijrochilarining noloyiqligi; 
3. Loyiha ijrochisining mahalliy hokimlik va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan 
hamkorligida bo‘lmasligi, munosabatlardagi kelishmovchiliklar; 


4. Ob’ektlarga xususiy egalik huquqining yo‘qligi; 
5. Chet el korxonalari yoki maishiy ishlab chiqaruvchi korxonalar taqdim etayotgan loyiha va 
uskunalarning qimmatga tushayotganligi; 
6. Tojikistonda mahalliy sharoitda zarur qurilmalarning asosiy uskuna, uzel va detallarini 
seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmaganligi. 
Tojikistonda tog‘li tumanlarda o‘rtacha 80 foiz elektr energiyani maishiy iste’molda, 
uylarni va ko‘chalarni yoritishda sarflanadi. Qator tog‘li tumanlar aholi punktlari (Komarous, 
Oloy, Ramit daraning yuqori qismi, Matchin tumanining tog‘li qismi va boshqalar) umuman 
elektr energiyasidan foydalanmaydi. U tumanlarni isitish uchun asosiy energiya manbai 
yog‘och, ko‘mir, neft mahsulotlari hisoblanadi. Qishloq aholisi, ayniqsa, yoshlar shinam 
sharoitda yashash uchun shaharga ketib qolmoqdalar va natijada ortiqcha ishchi kuchi va uy-
joy yetishmaslik muammosini hosil qilmoqda. 
Tog‘li tumanlarda juda ko‘p kichik suv oqimlaridan oqim atrofida yashovchi aholi 
foydalanmayapti. Buni mini GESlar sotib olish va qurish uchun mablag‘ topa olmaganliklari 
uchun, bunday elektrstansiyalarni o‘rnatish, ishlatish tajribasi yetishmasligi sababli va keng 
aholi qatlamini ularning imkoniyatidan yetarlicha ma’lumotga ega emasligi tufayli deb 
tushuntirish mumkin.
Yuqoridagi Rog‘un GESining qurilishi bilan bog‘liq ekologik vaziyat va noan’anaviy 
energiya omillaridan unumli foydalanilmaslik, suv havzasi loyihaviy quvvatinig 13 milliard 
m
3
ga erishishga 7–9 yil ketadi. Bu vegetatsiya paytida suv tanqisligi hamda ekologik 
meliorativ vaziyatni keskinlashtiradi. 
O‘zbekistonda o‘rnatilgan elektrostansiyalarning quvvati 12,4 mln. kVt, shundan, 12 
mln. kVtini «O‘zbekenergo» kompaniyasining 39 ta issiqlik va gidroelektrstansiyalari tashkil 
etadi. Elektrstansiyalarning quvvat hosil qiluvchi tizimida boshqa idoralarning hissasi 3 
foizdan oshmaydi.
Elektroenergiyaning asosiy 90 foizga yaqin hissasini kompaniyaning 10 ta issiqlik 
elektrostansiyalari — 10,6 mln. kVtini ishlab chiqaradi. 29 ta gidroelektrostansiyalari — 1,4 
mln. kVt ini kaskadlarga birlashgan GES larda ishlab chiqaradi va suv oqimi bilan ishlaydi. 
2009 yilda kompaniyaning elektrostansiyalarida 48,7 mlrd. kVt. soat elektr energiyasi 
ishlab chiqarilgan, iste’molchilarga 8,2 mln.g.kal. issiqlik energiyasi berilgan. Boshlang‘ich 
energiya zaxiralari shaklida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun gaz yoqilg‘isi 
92 foizni, mazut va ko‘mir o‘rtacha teng hissada to‘g‘ri keladi. Ko‘mir sanoati korxonalarida 
3,6 mln.t ko‘mir qazib chiqarilgan, yer osti gazidan 330 mln. m
3
gaz ishlab chiqarilgan.
O‘zbekistonda gidroenergiya resurslarining imkoniyatlari 88,5 mlrd. kVt. soat deb 
baholanmoqda, (shu jumladan, texnik – 27,4 mlrd. kVt. soat.)
 
shundan hozirgi paytda faqat 30 
foizidan foydalanilmoqda. Gidroenergetika imkoniyatini to‘liq amalga oshirish, hozirgi 
amaldagi gidroenergetika elektrostansiyalarini saqlagan holda, o‘sib kelayotgan mamlakatdagi 
talabni 10–15 foiz qondirishi mumkin. Undan tashqari, gidroelektrostansiyalar zarur paytda 
elektr energiyasini sanoqli minutlarda ishlab chiqarishi, shoshilinch talabni qoplashi mumkin.
Shu bilan birga mamlakatda gidroenergetikani rivojlantirish uchun ma’lum miqdorda 
investitsiya kerak.
«O‘zbekenergo» kompaniyasining 2011–2015 yillarga mo‘ljallangan dasturida, mavjud 
GESlarni modernizatsiya qilish va qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish 
bilan birga, 2011–2012 yillarda yangi 8 MVt.li «Kamolot» kichik GESi qurilishi belgilangan. 
2025 yilga qadar 3 ta yirik GES: Pskem — 404 MVt: Mullalak — 240 MVt: Oqbuloq 
— 100 MVt va boshqa kichik GESlar ishga tushiriladi. Bundan tashqari 12 ta 600 kVt. soatli 
kichik GESlar suv omborlar qoshida qurilishi boshlangan va rivojlanish dasturi doirasida 
amalga oshiriladi. 
 
Nazorat savollar: 
1.
Respublikamiz gidroenergiya resurslari imkoniyatlari nimalardan iborat va ulardan qay 
tarzda foydalanilyapti ? 


2.
Kichik mikroelektrostansiyalar deganda nimani tushunasiz ? 
3.
Kichik mikroelektrostansiyalardan foydalanish muammolari nimalardan iborat ? 
 

Download 199,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish