maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirish


Sana01.01.1970
Hajmi
#31837
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI
“Himoya qilishga ruxsat beraman”

Pedagogika-psixologiya fakulteti dekani

___________ prof.X.A.Meliyev

“____” _______________ 201_ y.




5141700 – Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA XALQ MAROSIMLARI VOSITASIDA TABIATGA MUHABBAT HISSINI SHAKLLANTIRISH”
MAVZUSIDA BAJARILGAN

Bajaruvchi: Umarova Aziza Zoirjonovna

Ilmiy rahbar: M.Yuldosheva
Ilmiy maslahatchi.dots.M.Ro’ziqulov

Ishni himoyaga tavsiya etaman _______________________________

(ilmiy rahbar ismi va sharifi) (imzo)
BMI Maktabgacha ta’lim nazariyasi va uslubiyati kafedrasi yig’ilishining qarori bilan (Qaror№_, __.___.201__ y) himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri

___________________________ __________


(Ismi, va sharifi) (imzo)


Jizzax - 2012


MUNDARIJA:


KIRISH
I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA
XALQ MAROSIMLARI VOSITASIDA TABIATGA
MUHABBAT HISSINI SHAKLLANTIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning pedagogik muammo sifatida……………………………..
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari…………………………………..


II.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA

XALQ MAROSIMLARI VOSITASIDA TABIATGA
MUHABBAT HISSINI SHAKLLANTIRISH
MAZMUNI VA YO’NALISHLARI.


2.1.

Maktabgacha

yoshdagi

bolalarda

xalq

marosimlari




vositasida




tabiatga muhabbat hissini

shakllantirish




mazmuni………………………………………………….

2.2.

Maktabgacha

yoshdagi

bolalarda

xalq

marosimlari




vositasida

tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning

asosiy yo’nalishlari………………………………………


XULOSA…………………………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI….

2

KIRISH


Maqsadimizga erishishimiz yangi jamiyat qurishishimiz siyosatda ham, iqtisodda ham, ma’naviyat sohasida ham barcha islohotlarning taqdiri o’sib kelayotgan yosh avlodga bog’liq.
I.A.Karimov.

Mamlakatimizda mustaqillik bilan boshlangan yangi davr xalqimiz hayotining barcha sohalarida milliy ruhimizga mos va hos bo’lgan islohotlarni amalgam oshirish uchun keng istiqbollar ochdi. Endilikda “Respublikani haqiqatdan ham, uning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari va ko’nikmalarini, mavjud beqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlam hisobga olib, yuksaltirish amalda mumkin bo’lib qoldi”.


Prezidentimiz boshchiligida respublika rahbariyati va hukumati olib borayotgan tinchliksevarlik, xalqparvarlik, siyosati bu ishlarni amalgam oshirish uchun ustuvor zamin bo’lib hizmat qilmoqda. Buning isboti sifatida shuni e’tirof etish yetarliki, mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlaboq unut bo’lgan milliy qadriyatarimiz, zahmatkash xalqimizning urf-odatlari,udumlari, an’analarini tiklash sari yuz tutdi,ulug’ bobolarimizga xalqning aziz farzandlariga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi.
Tariximiz qanchalik o’rganilsa va ibrat olinsa arzigulik rangbarang ma’naviy meros durdonalari bitilgan sahifalarga boy. “ Asrlar davomida aqlu-zakovati ila bunyod etgan boy ma’naviyati tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intikdi. Ana shu milliy ong, ana shu milliy g’urur bugungi istiqlolimizning oltin poydevoridir. Bu poydevorga Shiroq va To’maris, Beruniy va Farobiy, Ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Ulug’bek kabi ulug’ zotlar asos solganlar. Bugungi kunda biz buyuk bobokalonlarimiz – Imom al-Buxoriy, imom at-Termiziyning nomlarini faxr bilan tilga olamiz . Ulug’ bobolarimiz Xo’ja Ahmad Yassaviy va Hoja Bahovuddin naqshbandiy ro’hi

3


poklariga ehtiromimiz benihoya. Bugun ularning insonni yetuklikka chorlovchi diniy, ahloqiy va huquqiy hikmatlari qaytadan jaranglay boshladi. Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho’lpon, Abdurauf Fitrat va Usmon Nosir, millat va Vatan ozodligi poyiga o’z jonlarini tikkan boshqa ko’pgina otashqalb farzandlarning asarlari halqning ma’naviy mulkiga aylandi ”. Endilikda bu mulkni ilmiy va ijodiy asosda tasarruf qilish, uni yoshlar ongiga singdirish ta’lim – tarbiya sohasidagi asosiy vazifalardan biridir. Respublikamiz Oliy majlisining birinchi sessiyasida “Yuksak ma’naviyat – kelajak poydevori” ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi va bu sohadagi ishlarning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. “Yurtiga, vataniga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob insoniy fazilatlarni asrab, avaylab va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimimzning asosiy yo’nalishini tashkil etmog’i kerak. Shunga ko’ra, Vatan tarixi va madaniyatini, qadimimy urf-odatlarimizni har tomonlama o’rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog’chalardan tortib oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o’qitishga muhim siyosiy vazifa sifatida qaramog’i lozim. Bu esa, o’z navbatida, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini milliy ma’naviyat nuqtai nazaridan yangitdan qarab chiqishni taqozo etadi”.
Mustaqillikning qisqa davri ichida yoshlarimizning aqliy barkamol, ma’naviy yetuk insonlar bo’lib voyaga yetishlari uchun maorif tizimida bir talay muhim va istiqbolli ishlar ro’yobga chiqarildi. Iqtidorli yoshlarning o’z salohiyatlarini kengroq namoyish qilishlari uchun sharoit yaratib berish maqsadida litseylar, gimnaziyalar va boshqa o’quv-ijodiy shahobchalar ochildi. O’rta umumta’lim, hunar va maxsus maktablarning o’quv jarayoniga milliy turmush tarzimizga mos bo’lgan “ Odobnoma ” darslari kiritildi. Ta’lim tarbiya sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat hozirgi davr talabi va soha hodimlari oldiga quyidagi muhim vazifalarni qo’yadi:

4


  • yoshlarni xalqimizni boy tarixi va madaniyati bilan uzluksiz ravishda tanishtirib borish va shu asosda ularni milliy - ma’naviy ongini shakllantirish va rivojlantirish;

  • milliy istiqlol mafkurasi talablariga asoslangan holda yoshlarga pedagogik ta’lim berish metodologiyasini ishlab chiqish va shu asosda amaliy tarbiyani yo’lga qo’yish;

  • Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarini milliy pedagogika darsliklari va qo’llanmalarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularni amaliyotga joriy qilish. Bo’lg’usi mutaxassislarda asrlar osha ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib kelayotgan quyidagi insoniy fazilatlarni shakllantirish asosiy vazifa qilib begilanadi: Vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, elga bo’lgan hurmat va sadoqat, xalq qayg’usi va quvonchiga hamdam va hamdardlik,

chin qo’shnichilik munosabatlari; Avlod – ajdodlarni unutmaslik, ularning xalqlariga duoda bo’lish, qabrlarini ziyorat qilib turish; Oilada sadoqatli bo’lish, ichkilikka, giyohvandlikka berilmaslik, diyonatli va vijdonli bo’lish, o’z nomusi va orini saqlash; Bolajonlik, kichik yoshdagilarga mehribonlik, katta yoshdagilarga hurmat, ota-ona va ustozga hurmat, yetim-yesirlarga mehr va shavqat, ularga g’amxurlik; mardlik, kamtarlik, izchillik, adolatlilik, rostguylik, yaxshilikka intilish, imonli va e’tiqodli bo’lish, o’z kasbini sevish, mehnatsevarlik, ijodkorlik, bunyodkorlik, go’zallikni tushinish uni seva bilish, did va farosat bilan kiyinish, til va dil birligi va h.k.


Demak, bugungi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu borada O’zbekistonda “Kadrlar tayorlash milliy dasturi”, “Ta’lim-to’g’risida”gi Qonunlarning bosqichma-bosqich amalgam oshirilishi o’z samarasini ko’rsatmoqda.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsini sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayorlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy –tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy – ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun


5


shart-sharoitlar yaratish” masalalari alohida ko’rsatib o’tiladi. Maktabgacha t’alim jarayonida bollalarni milliy g’urur, vatanparvarlik hissalarini, bilim olish ehtiyojini, o’qishga intilish moyillarinin rivojlantirish, tafakkurinin o’stirish, o’zining fikrini mustaqil va erlin ifodalay olish, jismoniy va ruhiy so’g’ligini ta’minlash birga ular ongida ekologik tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiatga muhabbat – Vatanga muhabbatdir. O’zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risidagi nizomda ham maktabda o’qishga tayorlangan sog’lom shaxsni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo’yilgan “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim – tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari” da bolalarni atrof – muhit bilan tanishtirish, tabiat haqidagi tushunchalarini o’stirib borish masalalariga e’tibor berilgan. “Bolajon” tayanch dasturida ham maktabgacha ta’lim muassasa katta yoshdagi bolalarda tabiat go’zalligidan zavq olish tuyg’usini tarbiyalash, o’simliklariga ziyon yetkazmaslikni ular ongiga singdirish kabi bilimlarni shakllantirish lozimligi ko’rsatilgan.Bular tabiat haqidagi tushunchalarning dastlabki ko’nikmalari hisoblanadi. Ularni rivojlantirish, takomillashtirish bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan tarbiyachilarning pedagogik mahoratiga bog’liqdir.

Hozirgi kunda tabiat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatni saqlash asosiy hayotiy masalalaridan biri. Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, uni asrab – avaylash uchun bolalarda yoshlik chog’idanoq tabiat boyliklarini tejab – tergash, tabiat go’zalliklaridan zavq olish, jamiyat va tabiat, inson va atrof – muhitga ongli munosabatda bo’lish kabilarini shakllantirish maktabgacha yoshidagi boshlanishi dolzarb pedagogik muammo.


Bu davrda bolalarda tabiat bilan tanishtirish, tevarak atrof bilan tanishtirish, nutq o’stirish mashg’ulotlarida tavarak atrofdagi borliqqa ongli munosabatni tarkib toptirish, faollik ko’rsatishni tarbiyalashga e’tibor berish qaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda tabiat to’g’risidagi aniq tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularni o’simliklar va hayvonot olamiga g’amhurlik qilish, tabiat qo’ynida odob – axloq talabiga rioya

6


etish – daraxtlarni sindirmaslik, hayvonlarni qiynamaslikka oid dastlabki ko’nikma va malakalar rivojlanadi. SHuning uchun maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirish, ularning bilim saviyasini rivojlantirish bilan birga o’z faoliyatida atrof – muhitga bo’lgan munosabatlarini tarbiyalash muhimdir.
Muammoning o’rganilganlik darajasi.
Tabiatga oid muammolar ijtimoiy – siyosiy ahamiyatga ega bo’lib, unga insonparvarlik va tarbiyaviy jihatdan yondashish talab etiladi. Ushbu masalalar qadim - qadimdan o’zbek xalqi hayotidan chuqur o’rin egallab kelmoqda. Atrof – muhit muhofazasiga oid ta’lim – tarbiya g’oylari Avesto, Qur’oni Karim, Hadislarda o’z aksini topgan.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk mutaffakkirlar Muhammad Muso al – Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarning muhitni muhofaza qilish, tabiat boyliklarini asrash kabi masalalarini amaliy jihatdan asoslab berilgan. Adabiyotlar tahlilidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, so’nggi yillarda tabiatga oid muammolarni hal etish bo’yicha ko’plab tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ekologik ta’limining nazariy va pedagogik asoslari akademik I.D. Zaxlebniylar tomonidan ishlab chiqilgan. Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarga ekologik ta’lim berishning mazmuni, metodikasi, shakl vositalarini ekologik ta’limining tarixiyligini, uzluksiz ta’lim konsepsiyasi, ekologiyadan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishdek pedagogik muammolar E.O.Turdiqulovning ilmiy – tadqiqot ishlarida o’z ifodasini topgan.

L.T.Shonosirova, G.O.Komilovalarning tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish, M.A.Yo’ldoshev, M.M.Abdullayeva, M.B.Rahimqulova, G.Sultonovalarning tadqiqotlarida esa boshlang’ich ta’limda ekologik bilim berish masalalarini tadqiq etganlar. 5 – 6 yoshli bolalarning ma’naviy va amaliy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Davr esa maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarini shakllantirishini taqozo etmoqda. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatga muhabbat hissini


7


shakllantirishni dolzarb muammo sifatida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari sifatida tabiatga muhabbat hissini shakllantirish” muammosini yechishni maqsadga muvofiq hisobladik.
Tadqiqot maqsadi : Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning pedagogik asoslarini yaratish va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot obyekti: maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirish jarayoni.
Tadqiqot vazifalari:


  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning pedagogik muammo sifatida asoslash.




  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash.




  • Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishni pedagogik samaradorligini aniqlash.




  • Muammoga doir tavsiyalar ishlab chiqish.


Tadqiqotning ilmiy farazi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantiradi agarda:


      • Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirilishi.




      • “Bolajon” tayanch dasturi asosida uzluksiz tashkil etilsa;




    • Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyatlarga qiziqish va e’tiqod rivojlantirilsa;




  • Bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga bo’lgan muhabbatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda materiallar asosida, bolalarning yosh hususiyati bilim darajasini inobatga olinsa;

8


Tadqiqotning metodologik asoslari :
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning nutq va risolalarida ilgari surilgan xalq marosimlari, tabiatga doir g’oyalari, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” va Respublika Oliy Majlisi va Respublika hukumatining ta’lim –tarbiya hamda tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonunlari, Sharq mutafakkirlarini tabiat, shaxsni tarbiyalash borasidagi falsafiy, ta’limiy – axloqiy qarashlari, qarorlari hamda me’yoriy hujjatlari, pedagogika, psixologiya fanlarining ekologik ta’limga oid hulosalari.
Tadqiqot metodlari: tarixiy, falsafiy, ma’naviy-psixologik, ekologik, pedagogik adabiyotlarni ilmiy nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish; ijtimoiy pedagogik – maktabgacha ta’lim muassasalari hujjatlari, dastur va o’quv qo’llanmalari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:


  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning pedagogik muammo sifatida asolandi.




  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga

muhabbat hissini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari aniqlandi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: olingan natijalar maktabgacha ta’lim


muassasalari ish faoliyatida o’z aksini topdi maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirish mazmuni, shakl va metodlaridan tarbiyachilar foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: kirish, 2 bob, bob yuzasidan hulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

9


I- BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA XALQ MAROSIMLARI VOSITASIDA TABIATGA MUHABBAT HISSINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalq marosimlari vositasida tabiatga muhabbat hissini shakllantirishning pedagogik muammo sifatida.
Bizga ma’lumki maktabgacha ta’lim muassasalari uzluksiz ta’limning asosiy negizini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayorlashda alohida e’tibor berilishi natijasida uning samaradorligi oshdi. Maktabgacha ta’lim dasturlari qayta ishlandi. Zamonaviy o’quv – uslubiy qo’llanmalar texnik vositalar o’yinchoqlar ishlab chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy, ruxiy, jismoniy, shaxsiy, madaniy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun pedagogik shart sharoitlar yaratildi. Ilmiy – tadqiqot ishlari amalgam oshirildi.
P.Yusupovaning maktabgacha yoshdagi bolalarni o’simliklar, ularning nomlari va xususiyatlari, o’sish va rivojlanishi, parvarish etilishi bilan tanishtirish shuningdek, ularga ekologik tarbiya berishining ayrim muammolariga doir tadqiqotlari va maxsus, metodik qo’llanmali alohida ajralib turadi.

Ular tarbiyachilarga amaliy ish jarayonida mavzuga mos adabiy asarlar tanlash yuzasidan tavsiyalar hamda tabiatni kuzatish yo’llarini ko’rsatib bergani uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.


Ma’lumki, bolalarga estetik tarbiya berishda ona – tabiatning tutgan o’rni beqiyosdir. Bu borada qator metodik qo’llanmalar yaratilgan bo’lib, ularda asosan, tabiatning go’zallik manbai ekanligi, bunday go’zallikdan estetik tarbiya vositasida foydalanish muammolari va usullari bolalarni tabiat go’zalligini ko’ra bilish va his qilishga o’rganish, tabiat manzaralarini himoya qilishga undashga katta e’tibor qaratilgan.
N.Tillyabovaning “Maktabgacha katta gurux bolalarida insonparvarlik his – tuyg’ularini tarbiyalash” risolasida katta gurux bolalarida insonparvarlik his –

10


tuyg’ularini tarbiyalash uslublari o’rganilgan. Yosh nihollarrni axloqli – odobli, vatanparvar, insonparvar qilib tarbiyalashning yo’l – yuriqlari ko’rsatilgan. Maktabgacha katta gurux bolalarida insonparvarlik his – tuyg’ularini tarbiyalash uslublari, mashg’ulotlar mazmuni metodik jihatdan ishlab chiqilgan.

“Bolangiz maktabga tayyormi?” kitobida respublikamiz hamda xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha ta’lim bo’yicha mutaxassisliklarning bolani ruxiy, fiziologik, aqliy rivojlantirish borasidan tajribalari, uslubiy tavsiyalari berilgan. Bu kitobda testlarning, qiziqarli topshiriqlarning o’ziga xos tarzda berilishi ota – onalar uchun ham, maktabgacha ta’lim muassasalari hodimlari uchun ham bolalarni maktabgacha tayorlash jarayonida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Kitobda jismony, psixologik aqliy rivojlanish hususiyatlari, o’qish malakalarini va o’quv faoliyatining shart sharoitlari ko’rsatilgan.

Bolajono’quv qo’llanma bolalarni rivojlantirish va maktabga tayorlash tayanch dasturini amaliyotga tadbiq etishga yo’naltirilgan. Unda haftalik, oylik, yillik, taqsimotlar respublika miqyosida 1998-2000 yillar davomida o’tkazilgan tajriba – sinov natijalari asosida yozilgan mashg’ulotlar tarbiyachilarga taqdim etilgan. Bolajono’quv qo’llanmada chaqaloq, kichik, o’rta, katta, maktabgacha tayorlov yosh davridagi bolalar bilan ishlash vazifalari metodik jihatdan ko’rsatilgan.
Bolajon tayanch dasturida asos esa, O’zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom. O’zbekiston respublikasida davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha bolalar ta’lim – tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari, chaqaloqlik, ilk yosh davrlarda bolalarning nutqni va tafakkurini ma’nan rivojlanishi tarbiyachilarga tavsiya etilgan.
M.Solixova, M.Rasulova, M.Musurmonovalarning “Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning davlat talablari asosida egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan minimal talablarni amaliyotda qo’llash” metodik qo’llanmasida davlat talablari ko’rsatkichlariga erishish Bolajontayanch dasturi asosida bolalarning ilk yoshdan boshlab, 6 – 7 yoshga yetguncha qadar

11


egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan minimal talablar o’z ifodasini togan.
M.Ikromovaning “Davraga chorlar bolajon” uslubiy qo’llanmasi maktabgacha ta’lim muassasalari bolalar dunyoqarashini boyitishda,ularning jismonan sog’lom bo’lishida muhum ahamiyatga egadir.
Chunki, unda davra qo’shiqlarini o’rgatishda bolalarning tuyg’u va harakatlarining mustahkamlanishi kabi masalalarni ifodalash bilan birga maktabgacha ta’lim muassasalari musiqa rahbarlariga musiqa tarbiyachisi bo’yicha ishlarni yanada jonli, qiziqarliroq tashkil etishga yordam beradi.

G.Jalilovaning “Bolalarni Maktabgacha tayorlashda noan’anaviy o’yinlardan foydalanish (oila sharoitida)” mavzusidagi tavsiyanomasida oila sharoitida qo’llashi mumkin bo’lgan o’yin – mashqlar ko’rsatilgan. Tavsiya etilgan rivojlantiruvchi o’yinlar o’zining o’tkazilishi jihatidan ham sodda, ham noan’anaviyligi bilan bog’cha ruxshunoslari, tarbiyachilari, mahallalar qoshidagi yosh onalar maktabi tinglovchilari uchun qo’l keladi. Idrokni, diqqatni, xotirani, tafakkurni o’stirishga qaratilgan o’yinlar mazmuni va metodikasi ishlab chiqilgan.


Tabiatga oid pedagogik, maktabgacha ta’lim yo’nalishidagi adabiyotlarni o’rganish, ularni tahlil qilish natijasida shu narsa ma’lum bo’ladiki, katta gurux yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy – pedagogik jihatdan to’liq o’z yechimini topmagan. Lekin, bizning fikrimizcha maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarda aqliy, axloqiy, jismoniy, huquqiy, tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirish ularning ma’naviy rivojlanishida va barkamol bo’lishida muhim o’rin tutadi. Chunki, tusuncha buyumlarning umumiy va muhim belgilarini inson ongida yaxlit aks ettiradi. Tushuncha fikrning mahsuli sifatida dunyodagi narsa va hodisalarga munosabat bildirishning shaklidir.
Tushuncha sezish, idrok, tasavvur qilish, tajribalar bilan bevosita bog’liq bo’lib, inson bilimlarini rivojlantiradi.So’zlarini mustahkamlaydi. Tushuncha ilmiy tafakkurning asosiy shakli bo’lib so’zlarda, muloqotda ifoda etiladi va mustahkamlanadi. Tushunchalar ko’p qirrali munosabatga ega bo’ib, ta’lim –

12


tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, va ular asosida aniqlanadi, umumlashtiriladi, tizimga solinadi, taqqoslanadi. Tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida bolalarning bilimlari, hayotdagi voqea – hodisalarga bo’lgan munosabatlarida kamol topadi. Shuning uchun ham maktabgacha katta gurux bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirishda tabiatdagi voqea va hodisalar muhim ahamiyatga egadir. Chunki bola tushunchalar orqali tashqi olamni va undagi narsalarni sezadi va idrok qiladi. Tushuncha bolaning atrofdagi narsalar bilan bo’lgan faoliyati davomida tobora takomillashib boradi va bilimlarning asosini tashkil etadi.

Tushunchalar asosida bolalarda mantiqiy fikr rivoflanadi. Bilim orqali tushuncha paydo bo’ladi va tushunchalarni umumlashtirish asosida bilimlar shakllanadi.


Demak, tushuncha bu – umumiy fikrga ega bo’lishdir. Masalan, fan tushunchasi, san’at tushunchasi. Nima haqidadir ma’lumotga ega bo’lish, nima haqidadir tushunish qobiliyatini namoyon etishdir.
Shuni aytish kerakki, tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirish murakkab, uzoq davom etuvchi va ko’p qirrali jarayon bo’lib, u butun ta’lim va tarbiya jarayonida amlaga oshiriladi, bolalarda tabiat tushunchalarini shakllantirish
– bu bolalarda yoshiga muvofiq keluvchi atrof – muhitga bo’lgan ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, tabiat haqidagi ko’nikmalarni egallashga qiziqishni tarbiyalash demakdir. Tarbiyachining vazifasi tabiatni muhofaza etish bu har bir kishining vijdoni va burchi ekanligini bolalarga yoshligidan boshlab, tushuntirishi lozim. Inson o’z ongi va mehnati tufayli tabiatni sharaflash, uning go’zalligini asrash yo’lida qilingan mehnati tufayli uni rivojlanishiga yordam berishi jamiyatning hayoti va faoliyati, uning farovonligi uchun zarur hisoblanishi bolalar ongiga yetkazishi, har bir kishi suvsiz, havosiz, ersiz yashay olmasligini uqtirishi maqsadga muvofiq.
Tabiatga muhabbat hissini shakllantirish bolaning sezish, anglash, hissiy idrok, diqqat, xotira, tafakkur qilish kabi imkoniyatlarini nazarda tutish, tabiat haqidagi bilim jarayonini takomillashtirish zarur. Ma’lumki, tabiat haqidagi tushunchalar mashg’ulot jarayonida kamol topadi. Shuning uchun tarbiyachilar

13


tabiatga sayohat jarayonida bolalarda gulga, daraxtga bo’lgan munosabatlarini faollashtiradilar. Bolalar ularni ushlaydilar. Sezgilarini jalb qilib, daraxtlarni qanday shitirlashiga quloq soladilar. Sezgilarning bunday faolligi tabiat haqidagi to’liqroq tasavvurlariga ega bo’lishga yordam beribgina qolmay, balki bu psixologik jarayonni rivojlantiradi, takomillashtiradi.
Tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda bolalarning xotiralarini o’stirish muhim hisoblanadi. CHunki, bolalar tabiat haqidagi materiallarini eslab qolish va ularga nisbatan o’z munosabatini bildirishi tabiat haqidagi tushunchalarning rivojlanishini ko’rsatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalardagi katta gurux yoshidagi bolalar tabiatga sayohat jarayonida ularni ko’rib idrok etish bilan birga fikran tinglab fahmlaydilar. Tarbiyachi mashg’ulotlarda faqatgina tabiatni tushuntiribgina qolmay, balki tabiat haqidagi ma’lumot berishi maqsadga muvofiq. SHuning uchun mashg’ulot jarayonida tabiat va o’simliklar haqidagi xotira muhim o’rin egallaydi. Bolalarda mashg’lot jarayonida yangidan – yangi bilim va ko’nikmalar mujassamlashib boradi, ularni esa anglash hamda xotirlab qolish kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida ekologik ko’nikma va malakalarini rivojlanganligi, bosh miya nazorati ostidagi mushak – harakat apparatining takomillashganligiga bog’liqdir.
Bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, boshlangan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy his – tuyg’ular tabiatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir. Tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda diqqatning jamlanishi, qiziqish, mustaqil fikr yuritish, qoniqmaslik kabi tuyg’ular namoyon bo’ladi.
Tabiatga bo’lgan qiziqish natijasida qobiliyat, temperament kabi individual psixologik hususiyatlari shakllanadi.
Tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda bolalarni ma’naviy va psixologik tayorlash tarbiyachining – bilim, amaliy ko’nikma va malakalariga bog’liq. Agarda bola tabiatni sevishga o’rgatilmagan bo’lsa, uning uchun ekologik

14


faoliyat maqbul mashg’ulotga aylanmaydi, unda kerakli ijobiy his – tuyg’ularni va boshqa psixologik ko’rinishlarni keltirib chiqara olmaydi. Bunday hollarda tabiatgacha muhabbat ham, boshqa axloqiy sifatlar ham namoyon bo’lmaydi.
SHu munosabat bilan maktabgacha ta’lim muassalaridagi katta gurux yoshidagi bolalar ongiga tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi nazariy bilimlarni singdirish, ularda tirik tabiatga nisbatan g’amhurlik qilish hissini qaror toptirish, yashil tabiatni asrab – avaylash borasida g’amhurlik qilishlarini ta’minlash, tabiat boyliklarini asrashga yo’naltirilgan ma’sullikni tarkib toptirish, yer va suv manbalaridan oqilona foydalanish, atmosfera ifloslanishini oldini olish, ekologik vaziyatni to’g’ri baholay olish, ekologik faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash va boshqalarni amalgam oshirish maqsadga muvofiqdir. CHunki, bolalar tabiat haqidagi tushunchalarni egallab olib, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini o’rganib, tabiatni kuzatish, uning go’zalliklarini ko’ra olishni bilib olgan taqdirdagina, ularda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik va g’amhurona munosabatda bo’lishni tarbiyalash imkoniyati tuziladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish